Qurilishni boshqarish


O‘zbekiston uy-joy mulkdorlari shirkatlarida amalga oshirilayotgan ishlar va rivojlanishi tendensiyasi



Download 154,7 Kb.
bet9/19
Sana17.01.2021
Hajmi154,7 Kb.
#55850
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
Ismoilova Vazira

O‘zbekiston uy-joy mulkdorlari shirkatlarida amalga oshirilayotgan ishlar va rivojlanishi tendensiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 apreldagi Respublikaning barcha shahar va tumanlari bo‘yicha ko‘p qavatli uy-joylarni tartibga keltirish bo‘yicha PQ-2922-son qarori qabul qilingan.

Qarorga muvofiq 2017-2021 yillarda:


  • ko‘p xonadonli uylarning 11 mln. 709 ming kv.m. tom qismini, 18 697 ta uylarning ichki muhandislik tarmoqlarini, 66 079 ta kirish yo‘laklarini ta’mirlash;

  • 33146 ta ko’p xonadonli uylarga tegishli hududlarni obodonlashtirish, 6861 ta yangi bolalar maydonchalarini qurish va 7663 tasini ta’mirlash, 3 mln. 538 ming kv.m. trotuarlarni beton qoplamasi bilan qoplash, 3017 ta lift uskunalarini ta’mirlash va almashtirish belgilangan. Ushbu maqsadlarga 1 trln. 281 mlrd. so’m mablag’lar yo’naltirilishi rejalashtirilgan.

2017 yil dasturiga muvofiq 9915 ta uyning 4,3 mln. kv.m tom qismi (100%) va 9300 ta (117%) uyning yerto‘la qismi ta’mirlandi, 21,5 (112%) mingta pod’yezdlar ta’mirlandi. 11,2 mingta (106%) kirish yo‘laklariga temir eshiklar va kodli qulflar o‘rnatildi, hamda 123 ming kv.m. (121%) framugalarga oynalar o‘rnatildi.

Natijada, 1,1 mln. nafar aholining turmush tarzi va yashash sharoitlari tubdan yaxshilandi. Ushbu maqsadlarga tijorat banklari tomonidan 3 588 ta xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga 586,6 mlrd. so‘m miqdorida (rejaga nisbatan – 521,9 mlrd. so‘m (112,4%)) imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi.

2018 yil hisobot davriga 6944 ta ko‘p qavatli uy-joylarning 3 mln. 474 ming kv.m tom qismi (56%), 5588 ta yerto‘la (85%), 18052 ta kirish yo‘laklari (72%), 96 199 ta framugalarga oynalar solish (52%), 433 ta lift moslamalari (75%), 11 024 ta elektr taqsimlovchi shitlari (86%), hamda 655 mingdan ortiq (78%) tik quvurlari ta’mirlanmoqda.

Ushbu maqsadlarga XUJMSHlarga tijorat banklari tomonidan 453 mlrd. 638,0 mln. so‘m (78%) imtiyozli bank kreditlari jalb etildi.


Shu bilan birga, ko‘p qavatli uy-joy fondi tutash hududlarni obodonlashtirish maqsadida:

  • 12 mlrd. 998 mln.so‘m hajmdagi ishlar bajarildi, ushbu mablag‘lar evaziga 161 dona bolalar maydonchalari qurildi (reja - 324 dona (51%)) va ta’mirlandi;

  • 6 kmdan ziyod (85%) irrigatsiya tarmoqlari ta’mirlandi, 70,8 ming kv.m. (54%) trotuarlarni beton qorishmasi bilan qoplandi va uy-joy hududlarida 232 ta (67 %) yoritish tizimi o‘rnatildi;

  • Buxoro, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida jami 566 dona (72%) tandirxona va 555 dona sanitar uzellar (51 mlrd.so‘m) qurilishi davom etmoqda (81%);

  • Toshkent shahridagi uy-joylarda jami 162 dona (22,3 mlrd. so‘m yoki rejaga nisbatan 100%) yangi liftlar o‘rnatilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashriflari davomida berilgan topshiriqlarga asosan Surxondaryodagi barcha 526 ta ko‘p qavatli uy-joylar va Yangiyo‘l shahridagi mavjud 241 ta ko‘p qavatli uy-joylar 5 yillik dasturida belgilangan ishlar muddatidan avval joriy yilda to‘liqligicha ta’mirdan chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

Bundan tashqari, 2018 yilda Obod qishloq dasturi doirasida Respublika bo‘yicha 416 ta qishloqlarda joylashgan 1227 ta (58%) ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash ishlari olib borilib, ularning hududida 4685 ta (98,5%) noqonuniy qurilmalar buzilgan.

Tasdiqlangan dasturlar doirasida ko‘p qavatli uy-joylarni saqlash va ta’mirlash ishlarini sifatli tashkil qilish maqsadida vazirlik tizimidagi 90 ta “Ta’mirlash-tiklash xizmati” davlat unitar korxonalari tashkil etildi.
Aholiga sifatli kommunal xizmatlarni ko‘rsatish maqsadida dispetcherlik xizmatlari tashkil etilib, quyidagi ishlarni amalga oshirilmoqda:


  • Innovatsion texnologiyalarini (IT) joriy qilish sohasida Yagona hisob-kitob markazi (YAHKM) tizimiga ulanish, to‘lovlarni elektron bank to‘lovi orqali amalga oshirish ishlari olib borilib, yagona axborot tarmog‘iga birlashtirilmoqda (kommunal xizmatlar, to‘lovlar bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratish);

  • Eksperiment doirasida Olmazor tumanida suv ta’minoti va issiqlik ta’minoti tashkilotlarining aholi bilan ishlash va hisob-kitoblar sohasidagi faoliyatini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan “Suv iste’moli va issiqlik ta’minotini hisobga oluvchi Billing tizimi” axborot tizimi ishlab chiqildi;

  • “Suv iste’moli va issiqlik ta’minotini hisobga oluvchi Billing tizimi” bu abonentlarni hisobga olish bo‘yicha axborotlarni yig‘ish, ishlov berish va saqlash, pul mablag‘larining hisoblanishi va tushishi, abonentning shaxsiy hisobiga pul mablag‘lari tushganda avtomatlashtirilgan tarzda nazorat qilish nazarda tutilgan;

  • Naqd pulsiz to‘lov shakllarini boshqarish, avval amalga oshirilgan to‘lovlar to‘g‘risida, qarzdorlik mavjudligi to‘g‘risida axborot va axborot xarakteriga ega boshqa ma’lumotlarni real vaqt rejimida taqdim qiluvchi tizim ishlab chiqildi;

  • Kommunal xizmat ko‘rsatishning hamma sohalari (elektr ta’minoti, ichimlik suvi, oqova suv, issiqlik ta’minoti) avariya-dispetcherlik xizmatlarining faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman yagona dispetcherlik xizmati yaratilmoqda va faoliyatini tashkillashtirish, ularni yagona vertikal tizim bo‘yicha boshqarishni ta’minlash ishlari olib borilmoqda. Eksperiment tariqasida Toshkent shahrining Olmazor va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida amalga oshirildi.

  • Kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida yuz bergan avariyalarni tegishli avariya guruhlari tomonidan tezkor bartaraf qilish, aholidan tushadigan buyurtmalarni hisobga olishni avtomatlashtirilgan tarzda olib borish va ularni bartaraf qilish bo‘yicha harakatlarni tashkillashtirish, avariya vaziyatlarini prognozlash imkoniyati paydo bo‘ldi.



Download 154,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish