Kommunal maishiy xizmatlarni tashkil etishda shirkatlarning roli.
Mamlakatimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirilayotgan barcha islohotlar zamirida inson manfaatlarini ta’minlashdek ezgu maqsad turadi. Kommunal-maishiy sohadagi kommunal xizmatlar esa har bir fuqaroga dahldor bo‘lgan muhim masalalarni o‘z ichiga oladi. Bu borada hayotga tadbiq etilayotgan tub o‘zgarishlar, birinchi navbatda, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini va xalqimiz turmush farovonligini oshirishga qaratilgan. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari (XUMSH) faoliyatida esa sohada amalga oshirilayotgan ishlar yaqqol aks etib turadi.
Mamlakatimizda ko‘p xonadonli uylarni boshqarish tizimida o‘lkan o‘zgarishlar ro‘y bermoqda: ko‘p uyli shirkatlar kichiklashtirilib, ko‘proq bir uyli xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, ular bilan bir vaqtda professional boshqaruv kompaniyalari tashkil etilmoqda. Bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish uchun yangicha yondashuvlar kerak. Mamlakatimiz rahbariyati tomonidan sohani rivojlantirish maqsadida o‘z vaqtida ko‘rilgan choralar tufayli ijobiy natijalarga erishilmoqda. Istiqlol yillarida kommunal xo‘jaligini isloh qilish, uy-joy fondidan foydalanish va unga xizmat ko‘rsatish tizimiga bozor mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha yuzdan ortiq me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Soha oldida aholiga sifatli kommunal xizmatlar ko‘rsatish, professional boshqaruv kompaniyalari va kommunal xizmatlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, XUMSH rahbarlarining malakasini oshirish kabi ko‘plab dolzarb muammolar turibdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Toshkent shahrida aholiga kommunal xizmatlar ko‘rsatish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida professional boshqaruv kompaniyalarini jadal tashkil etishga bag‘ishlangan majlisida ushbu masalalarni hal etish yo‘llari amalga oshirilmoqda.
Uy-joy-kommunal xo‘jaligini rivojlantirishning muhim yo‘nalishlarini amalga oshirish uchun zarur moliya, soliq imtiyozlari va preferentsiyalar berildi.
Mamlakatimizda kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash, uy-joy fondini zamonaviy hisobga olish priborlari bilan ta’minlash bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu muhim ishlarning muvaffaqiyatli bajarilishi faqat mahalliy davlat boshqaruvi organlari yoki tajribali raisga emas, balki uy egalarining tashabbuskorligi, faolligi, yashayotgan uyining obod, toza hamda issiq bo‘lishi uchun nechog‘li harakat qilishiga ham bog‘liq. Eng muhimi, har bir odam qilinayotgan va bajarilishi ko‘zda tutilayotgan barcha ishlar u va oilasi uchun, turmush darajasi hamda sifatini yanada oshirish maqsadida amalga oshirilayotganini anglab etishi darkor. Buning uchun esa fuqarolarning huquqiy madaniyati va faolligini oshirishga doir ishlarni izchil davom ettirish kerak. Uy-joy-kommunal sohani zamonaviy uskunalar va texnologiyalar bilan ta’minlash, ushbu sohada mehnat qilayotgan xodimlar malakasini oshirish, XUJMSH rahbarlarining ishchanlik qobiliyatini kuchaytirish belgilangan maqsadlarga erishish imkonini beradi. Bu borada ishlab chiqilgan chora-tadbirlar esa aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, ko‘p xonadonli uy-joylarning texnik holatini yaxshilashga va samarali faoliyat yuritishiga xizmat qiladi. Respublika aholisining sifatli uy-joy kommunal xizmatlari bilan qamrab olinishini tubdan yaxshilash, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida barcha tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi uyg‘unlashgan texnologik zanjirini shakllantirish asosida uy-joy fondidan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish, ko‘p xonadonli uylarning saqlanishi talablariga rioya etilishi ustidan texnik nazoratning samarali tizimini yaratish, shuningdek, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining ish sifatini oshirish va moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlash maqsadida: O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va uning tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmalari va Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi hamda uning tuman (shahar) bo‘limlari tashkil etildi.
Quyidagilar davlat boshqaruv organi sifatida mazkur vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi:
uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida yagona davlat siyosati yuritish va idoralararo muvofiqlashtirishni amalga oshirish;
ko‘p xonadonli arzon uy-joylar qurish davlat dasturlarining hayotga tatbiq etilishini ta’minlash, bunday uy-joylarni, suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti ob’yektlarini barpo etish bo‘yicha buyurtmachi vazifasini bajarish, eski va avariya holatidagi uylarni buzishni tashkil etish;
uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ko‘p xonadonli uy-joy fondini saqlash, undan foydalanish va ekspluatatsiya xarajatlarini belgilash talablariga, ko‘p xonadonli uylardan texnik foydalanish qoidalari va me’yorlariga rioya etilishini nazorat qilish, ko‘p xonadonli uylarga tutash hududlarni sanitariya me’yorlari, qoidalari va gigiena normativlariga muvofiq holatda saqlash;
aholi punktlarini rivojlantirish sxemalari va bosh rejalari bilan bog‘liq holda, suv ta’minoti hamda kanalizatsiya ob’yektlarini rivojlantirish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish dasturlarini ishlab chiqish, hamda ularning sifatli amalga oshirilishini tashkil etish, soha tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarishni ta’minlash;
uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimiga resurs va energiya tejaydigan texnologiya hamda uskunalarni joriy etish, jumladan, uy-joy kommunal xo‘jalik ob’yektlarini zamonaviy hisobga olish-o‘lchash priborlari bilan ta’minlash, qurilish-montaj ishlari tannarxini kamaytirish imkonini beradigan mamlakatimizda ishlab chiqarilgan zamonaviy, sifatli qurilish materiallari va buyumlaridan keng foydalanish;
uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasiga oid me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, rivojlangan xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasi hisobga olingan holda, uy-joy kommunal xizmat
ko‘rsatishning zamonaviy shakl va usullarini ishlab chiqish hamda joriy etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |