6-mavzu: Tadbirkorlik faoliyati natijalari taxlili. Tadbirkorlik faoliyatini
rejalashtirish
Reja:
1.Faoliyat samaradorligi taxlili. Maxsulotni bozorda sotish taxlili
2.Raqobat yutug‘i taxlili. Bozor xissasi. Tanqidiy baxolash va taxlil tizimi
3.Rejalashtirishning
asosiy elementlari
4.Rejalashtirishning
bosqichlari. Rejalashtirishning turlari
5.Strategik muomalalar taxlili
1. Faoliyat samaradorligi taxlili. Maxsulotni bozorda sotish taxlili
O‘zbekiston iktisodieti ruy beraetgan tuxtovsiz uzgarishlar va raqobat
darajasining usib borish sharoitida fakat mashakkatli mexnat orkali biznesda
muvaffakiyatga erishish mumkin, deyish kiyin. Muvaffakiyatli bo‘lishi uchun
biznesimiz anik maqsadga va unga erishish uchun esa, yaxshi rivojlangan
strategiyaga ega bo‘lish lozim. Boshkacha Qilib aytganda, bizga biznes - reja zarur.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida biznes- reja tadbirkorlikning
xamma soxalarida
kullaniladigan guyo bir ish asbobidar. U firmaning ish jarayonini tasvirlab, firma
rahbarlarining uz maqsadlariga kay tarika erishishlarini, birincha galda ishning
daromadliligini kay tarika oshirish mumkinligini ko‘rsatib beradi. Yaxshi ishlab
chikilgan biznes- reja firmaga usib borishga, bozorda yangi mavkelarni kulga
kiritishga, uz tarakiyotining istikbollarini
belgilab olishga, yangi tovarlar ishlab
chikarish va yangi xizmat turlarini yaratishga xamda muljallarni amalga oshirishning
maqsadga muvofik usullarini tanlab olishga yordam beradi. Biznes- reja doimiy
xujjat bo‘lib, muntazam ravishda yangilab beriladi, unga xam firmaning ichida, xam
umuman iqtisodiyotdagi sharoitlarga karab ruy bergan uzgarishlar kiritiladi. Biznes-
reja firma ichi tahlilini maxsus ilmiy tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan
makroiqtisodiy tahlillar bilan boglaydi. Odatda xar bir firma biznes- reja tuzadi,
lekin
bunday xujjatlarni tayyorlash imkoniyatlari xar xil bo‘lishi mumkin: biznes- rajani
ishlab chikish uchun kichik firmalar konsalting tashkilotlarining mutaxassislarini jalb
etishlari mumkin.
Biznes- reja firmaning muayyan bozordagi faoliyatning anik yunalishini
urganish maqsadida utkaziladigan tadkikotlar va tashkiliy ishning natijasi bo‘lgan
munosabati bilan u kuyidagilarga asoslanadi:
ma‘lum tovarni ishlab chikarish (xizmatlar ko‘rsatish) ning anik loyixasiga- yangi
turdagi buyumlar yaratish yoki yangi xil xizmatlar ko‘rsatishga;
firmaning zaif
va kuchli tomonlarini aniklab, olish maqsadida xar tomonlama
utkaziladigan ishlab chikarish- xo‘jalik va tijorat tahliliga;
anik masalalarni amalga oshirish uchun kullaniladigan moliyaviy, texnik- iqtisodiy
va tashkiliy mexanizmlarga asoslanadi.
Biznes- reja firmaning rivojlanish strategiyasini belgilab beradigan asosiy
xujjatlarning biridir. Shu bilan birga u firma tarakkiyotining umumiy
kontseptsiyasiga asoslanadi, strategiyaning iqtisodiy va moliyaviy jixatlarini bir
muncha
batafsil bayon etadi, anik- tayin chora tadbirlarni texnik- iqtisodiy jixatdan
asoslab beradi. Strategiyani amalga oshirish texnik, tashkiliy va iqtisodiy
uzgarishlarning ma‘lum vaktgacha o‘zaro maxkam boglangan butun bir tizimi
sifatida tugilgan kenginvestitsiya dasturlariga asoslanadi, biznes- reja investitsion
dasturning odatda bir necha yil ichida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan bir kismini uz
ichiga oladi.
Shunday Qilib, firmaning strategik ishida kuyidagi tartib kuzga tashlanadi.
1- bosqich. Rivojlanish kontseptsiyasini ishlab chikish.
2- bosqich. Rivojlanishning investitsion dasturi.
3- bosqich. Urtacha muddatli davrga biznes- reja tuzish.
4- bosqich. Biznes- rejani amalga oshirishga doir chora- tadbirlar.
Biznes- rejaning bir kancha vazifalarni xal kilishga imkon beradi, lekin
bularning asosiylari kuyidagilardir:
firma tarakkiyoti (strategiyasi, kontseptsiyalari, loyixalari) yunalishlarining iqtisodiy
jixatdan muvofikligini asoslash;
faoliyatining kutilayotgan moliyaviy natijalarini, birinchi galda, sotuv xajmlarini
sarmoyadan olinadigan daromadlar, foydani xisoblab kurish;
tanlab olingan strategiyani amalga oshirish uchun kerakli mablaglar manbalarini,
ya‘ni moliyaviy resurslarni jamlash usullarini belgilash;
mazkur rejani amalga oshira oladigan xodimlarni tanlab olish.
Rejaning xar bir bandini boshka bandlar bilan maxkam boglangan xolda olib
echish mumkin xolos. Biznes rejaning asosiy markazi moliyaviy resurslarni
jamlashdir.
Kompaniya sarmoyasini kupaytirib borishning muxim vostasi ayni shu biznes-
rejadir. Bu rejani tuzish jarayoni boshlangan ishning xamma tafsilotlarini sinchiklab
tahlil Qilib chikishga imkon beradi. Biznes- reja bulgusi sheriklar bilan muzokaralar
olib borilayotganda biznes- taklif uchun asos bo‘lib xizmat kiladi, u firmaning asosiy
xodimlarini ishga taklif etishda katta rol uynaydi.
Biznes- reja firmaning ichki xujjati bo‘libgina komay, balki undan investorlar
va kreditorlarni taklif kilishda xam foydalanish mumkin.Investorlar
tavakkal Qilib
sarmoya berishdan avval loyixaning sinchiklab ishlab chikilganligiga ishonch xosil
kilishlari va uning samarali ekanligidan xabardor bo‘lishlari kerak.
Investorlar tavakkal Qilib pullarni ishga solishdan avval ularning pulini oluvchi
korxona rahbarlari uz maqsadlarini xar tomonlama uylaganligiga nima kilish
kerakligini ravshan tasavvur kilishlariga, Qanday yul tutishligi va nimaga
erishmokligiga etarlicha ishonch xosil kilish kerak. Investorlarning kupiligi
investitsiya kilishdan avval biznes – rejani talab kiladilar va odatda, usiz tadbirkor
bilan xatto gaplashib xam utirmaydilar.
Demak, biznes – reja potentsial investor tanishmokchi bo‘lgan
korxona haqidagi
dastlabki ma‘lumot bo‘lib, agar reja ishonchli bulmasa va investorni jalb kilmasa,
shartnoma haqida gap xam bo‘lishi mumkin emas. Shuni esda tutish lozimki,
bizdagi yagona imkoniyat bu birinchi uchrashuvdaek ijobiy taassurot
koldirishdadir!
Boshqacha Qilib aytganda biznes–reja Quyidagilarni amalga oshiradi
-
korxonamizning kelajagini aniklab beradi;
-
korxonaning eksplutattsion xarakteristikalarini, ya‘ni mavjud ishlab chikarish
kuvvatlarini, ishlab chikarilgan maxsulot va ko‘rsatiladigan
xizmat turlarini, xom
ashe va materiallarni olish mumkin bo‘lgan manbalarni, bozorni va sotish
strategiyasini baen Qilib beradi va xokazo;
-
korxonaning boshkarish tuzilmasini ko‘rsatadi;
-
korxonani Qanday sarmoyalashni batafsil ko‘rsatib beradi;
-
potentsial investorlar va kreditorlarga yunaltiruvchi vosita bo‘lib xizmat kiladi;
Umuman aytganda, biznes-reja loyixaning muvaffakiyat darajasini belgilab
beruvchi ko‘rsatkich hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: