Qurilishda menejment



Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/159
Sana20.03.2022
Hajmi1,93 Mb.
#502550
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   159
Bog'liq
Qurilishda menejment

 
 
 


2. Kichik korxonaning foyda natijasini xisoblash 
 
Korxona (firma)ning rivojlanish bosqichlari.
Faoliyatining dastlabki 
bosqichlarida ishbilarmon qator muammolarga duch keladi. Shulardan biri o`z 
xo`jalik yuritish maqomiga ega bo`lishidir. Shu bilan birga ishbilarmon bozor holati, 
talab va taklifni o`rganishi lozim. Bundan tashqari, oldida qanday to`siq va chegaralar 
uchrashi, qanday imtiyozlar olishi mumkinligini bilishi zarur. Shu tariqa investitsiya 
kiritishning umumiy shartlari belgilanadi.
Bunday ma‘lumotlar ochiq va ular matbuotda, statistik axborotlarda, 
qonunchilik 
hujjatlarida 
mavjuddir. 
Mutasaddi 
shaxslardan 
ham 
bunday 
ma‘lumotlarni olish mumkin.
Ishbilarmon xo`jalik yuritish yo`nalishini aniqlab olgach, o`z korxonasining 
ixtisoslanishini belgilaydi. Buning uchun bo`lajak iste‘molchilarning imkoniyatini 
aniqlash, raqobatchilar haqida barcha ma‘lumotlarga ega bo`lishi lozim.
Faoliyat shakli, ya‘ni individual yoki jamoa ishbilarmonligidan birini tanlash 
muhim ahamiyat kasb etadi. Individual shakl tanlaganda ishbilarmon ixtiyoriy 
ravishda tavakkalga qo`l uradi. Ish muvaffaqiyatsiz tugaganda mulkdor korxona 
majburiyati uchun o`zi javob beradi va o`z mulki hisobidan zararni qoplaydi.
Jamoa shakli tanlanganda ishbilarmon mas‘uliyatni korxonaning boshqa 
ishtirokchilari bilan bo`lishadi. Ushbu shakl qo`llanganda tavakkal kamayadi, bundan 
tashqari, qo`shimcha resurslarni jalb etish mumkin bo`ladi.
Keyingi bosqichda ishlab chiqarish bazasi shakllanadi. Ishbilarmon ishlab 
chiqarish va omborxona, asbob-uskunalarni ijaraga olishi, xomashyo va materiallar, 
yarim tayyor mahsulotlar, ehtiyot qismlarini sotib olishi, ishchi kuchini jalb etishi 
kerak. Korxona asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchilar, xomashyo va materiallar 
ta‘minotchilari, vositachi firmalar bilan munosabat o`rnatadi. Kerakli ishchilarni 
mehnat birjalari, e‘lonlar yordamida jalb etishi mumkin.
Moliyaviy vositalarni jalb qilish muhim bosqichlardan hisoblanadi. 
Faoliyatining dastlabki paytlarida ishbilarmonning ishni boshlashi uchun moddiy 
mablag`lari yetarlicha bo`lmaydi. Pul mablag`lari kamchiligini aksiyalarni chiqarish, 
ya‘ni korxona kapitali va daromadiga huquqni qisman boshqalarga berish, tijorat 
banklaridan qarzlar olish yo`li bilan bartaraf etishi mumkin. Bunda korxona aksiya 
yoki qarz majburiyatlarini sotib oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar, tijorat banklari 
bilan o`zaro aloqa qila boshlaydi. Bank kreditlari qisqa muddatli, o`rta muddatli va 
uzoq muddatli bo`lishi mumkin. Bozor munosabatlariga o`tish jarayonida banklar 
tomonidan qisqa muddatli kredit berish shakli keng qo`llanilmo qda.
Banklarning korxonalarga kredit berishi turli sug`urta operatsiyalari bilan 
bog`liqdir. Inshoot, moddiy zahiralar va korxonaga qarashli boshqa mulklar sug`urta 
qilinishi mumkin. Bu hollarda korxonalar sug`urta kompaniyalar bilan munosabat 
o`rnatadi.
Aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatbah o qog`ozlarni sotib olish yoki ularni 
sotishda korxonalar jamg`arma bozori, ya‘ni qimmatbah o qog`ozlar bozoriga 
murojaat etadi. Korxona aloqa qilayotgan tashkilotlar soni juda ko`p bo`ladi. Ular 
ichida turli xil fond birjalari, kredit-moliya institutlari, investitsion jamg`armalar, 
individual investorlar yetakchi o`rinni egallaydilar.



Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish