Ko`rsatilgan beshta bo`lim uchun 11 yordamchi shakl tuziladi.
1-shakl. Qarz olish uchun berilgan arizaning maqsadi va uning asoslanishi.
2-shakl. Shaxsiy moliyaviy deklaratsiya.
3-shakl. Korxonaning batafsil ta‘rifi.
4-shakl. Bozorning tahlili.
5-shakl. Raqobatchilar.
6-shakl. Korxonaning joylashtirilishi.
7-shakl. Korxonaning xodimlari.
8-shakl. Boshqaruv.
9-shakl. Tashkil etilayotgan yoki kengaytirilayotgan korxona uchun moliyaviy
ma‘lumot.
10-shakl. Harakatdagi korxonani sotib olish uchun moliyaviy ma‘lumot.
11-shakl. Rahbar uchun qisqacha xulosa.
Qator xorij mualliflari biznes-rejaning rasmiylashtirilishi shakliga e‘tiborni
qaratmoqdalar. Qog`oz, papka, yozuv, varaqlarning sifati, ya‘ni tashqi ko`rinishi
hujjatni o`qiyotganda ma‘lum taassurot qoldirishi mumkin. Xatosiz, toza yozilgan
hujjat ishonch va hurmat uyg`otadi.
G.Berl
AQSH
turli
shtatlarining
to`qqiz
rayonlari
tadbirkor
boshqaruvchilarining tresti hisoblanmish ishbilarmonlar forumi ma‘qullagan
namunali biznes-rejaning ta‘rifini keltiradi. Bu quyidagilardan iborat:
hajmi 40
betgacha. Spiral mahkamlagich bilan mahkamlangan. Muqovada kompaniyaning
nomi yozilgan. Titul varag`ida esa kompaniyaning nomi va manzili yozilgan. Reja
ikki betda yozilgan kompaniyaning bugungi operatsiya va rejalari haqidagi qisqacha
axborotdan boshlanadi. Bo`linmalarning nomlari ilova qilingan. Matnda yetakchi
xodim va investorlar haqida batafsil ma‘lumotlar berilgan. Buxgalteriya hisoboti
bo`yicha maslahatchilar va maslahatchi -yuristlarning taqrizlari keltiriladi.
Biznes-rejani ishlab chiqishda undagi bo`limlar ta‘rifi qisqa, tushunarli
bo`lishiga alohida e‘tibor berish lozim. Chunki bular biznes-rejaga qiziquvchi shaxs
yoki bank xodimining undagi materiallarni o`qish-o`qimasligini belgilab beradi.
Xulosa qisqa bo`lib, biznes-rejaning barcha bo`limlarini qamrab olishi lozim.
Xulosada quyidagi ma‘lumotlar mavjud bo`lishi tavsiya etiladi:
- korxonaning nomi, uning yuridik manzili;
- aloqa qilish uchun shaxs, uning telefoni;
- biznes turi;
- kerakli qarz;
- qarzning maqsadi;
- mavjud aktivlar;
- mahsulot va bozor (mahsulotning qisqacha ta‘rifi, uning real sotish
imkoniyatlari);
- boshqaruv (asosiy mulk egasi va uning yordamchila ri ta‘rifi);
- moliyaviy rejalar;
- sotish va daromad hajmining o`sish imkoniyatlari ko`rsatiladi .
Do'stlaringiz bilan baham: