Taqrizchilar:
Abduvasikova М.Х. -
―Qurilish sohasidagi menejerlarning malakasini oshirish va
qayta tayyorlash Markazi‖ direktori
IsakovM.Yu. -
TDIU ―Sanoat iqtisodiyoti‖ kafedrasi mudiri vazifasini
bajaruvchi, i.f.n., dots.
Toshkent arxitektura-qurilish instituti Ilmiy-uslubiy kengashining 10-sonli
majlisida oquv qo‗llanma sifatida nashr etish uchun tavsiya etilgan.
4
Kirish
O‗zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Islom
Karimovning
mamlakatimizni 2013-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va
2014-yilga mo‗ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor
yo‗nalishlariga bag‗ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma‘ruzasida,
2009-yildan boshlab mamlakatimizning 159 ta qishloq tumanida namunaviy
loyihalar asosida 900 dan ortiq yangi uy-joy massivlari barpo etildi, umumiy
maydoni 4 million 500 ming kvadrat metr bo‗lgan 33 ming 500 dan ziyod
yakka tartibdagi uy-joy foydalanishga topshirildi, debta‘kidlab o‗tdi.
2013-yilda qishloq joylardagi 353 ta massivda umumiy maydoni 1
million 500 ming kvadrat metr bo‗lgan 10 mingta shinam uy-joylar barpo
etildi, bu ko‗rsatkich 2012-yilga nisbatan 17 foizga ko‗pdir. Ushbu maqsadlar
uchun qariyb 650 million dollar qiymatidagi mablag‗ yo‗naltirildi. Buning
106 million dollari Osiyo taraqqiyot bankining kredit mablag‗laridir. 2014-
yilda 388 ta massivda umumiy maydoni 1 million 500 ming kvadrat metr
bo‗lgan 11 mingta namunaviy uy-joy barpo etish ko‗zda tutilmoqda.
Bozor munosabatlariga o‗tish va bu munosabatlar to‗la shakllangan
davrda marketing xizmati xalq xo‗jaligining mahsulot ishlab chiqaruvchi har
bir soxasida muxim rol o‗ynaydi.
Ma‘lumki bozor munosabatlari shakllangan bir davrda mahsulotning
xaridorgir bo‗lishi va o‗z vaqtida egasini topishi ishlab chiqaruvchining
nafaqat bugungi, balki ertangi kuni (kelajagi)ni ham belgilab beradi. Shuning
uchun ishlab chiqaruvchi oldida bozorni o‗rganish, undagi talab va ehtiyojni
to‗g‗ri aniqlay bilish, yaratilgan mahsulotni ayirboshlash, yoki sotish va shu
bilan birgalikda o‗z raqobatchilarining ish faoliyatini ham nazardan chetda
qoldirmaslik zaruriyati tug‗iladi. Bu masalalar bilan shug‗ullanish
marketingning vazifasi hisoblanadi.
Har qanday qurilish tashkilotining to‗la-to‗kis faoliyat ko‗rsatishi
raqobatbardosh mahsulot yaratishi uchun unda marketing xizmatini tashkil
qilish zarur. Aks xolda, u bozor munosabatlari davrida o‗z o‗rnini topa
olmaydi, raqobatlarga dosh berolmay tez fursatda sinadi.
Qurilish tashkilotlarida tashkil qilingan marketing xizmati o‗z
faoliyatini quyidagi vazifalarni bajarishga qaratmog‗i lozim:
1. Marketing xizmati maqsadini aniq qilib olish va uni doimo nazorat
qilish imkonini beruvchi shaklga solish.
2. Bozorni doimo o‗rganib borish va shu asosda mahsulot turlari, sifat va
5
miqdorini oldindan belgilash.
3. Qurilish ishlab chiqarishini bozordagi talab va ehtiyojga moslashtirish.
4. Mahsulotni chetga chiqarish imkoniyatlarini qidirish va bunday
mahsulot turlari va miqdorini oldindan belgilash.
5. Raqobatchilarning ish faoliyatini, ularning strategiya va taktikasini
o‗rganish.
6. Mahsulotlarni ayirboshlash va sotish rejalarini tuzish hamda amalga
oshirish.
7. Bozorda muhim o‗rin egallash, xaridorlar safini kengaytirish
maqsadida reklama ishlarini tashkil qilish.
Qurilishda meiejment deganda uni bozor munosabatlari shakllangan
davr talab va qoidalariga binoan boshqarish tushuniladi. Shuning uchun
menejerlar maxsus tayyorgarlik ko‗rgani, boshqarishning sir-asrorlari, qonun
qoidalarini chuqur biluvchi malakali mutaxassislar hisoblanadi. Ularni
«yollanma boshqaruvchilar» deb ham yuritiladi. Firmani boshqarish
menejerlarning kasbiy faoliyati hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti davrida qurilish soxasini menejment va marketingsiz
tasavvur ham qilib bo‗lmaydi. Chunki faqat o‗z kasbining ustasi bo‗lgan
menejergina o‗zi ishlaydigan qurilish tashkilotini yuqori cho‗qqilarga olib
chiqishi mumkin.
Har qanday qurilish tashkiloti ham mahsulot yaratar va uni bozorga
solar ekan, demak bozorni uzluksiz o‗rganib borishi, undagi talab va
takliflarni, ehtiyojni hisobga olgan xolda o‗z faoliyatini tashkil qilishi
zarurdir.
Ushbu
o‗quv qo‗llаnmа 5A230201 – ―Menejment(qurilish)‖
magistratura mutaxassisligi iхtisоslik fаnlаri turkumigа kiruvchi ―Qurilishda
marketing‖ (3.03) fаnidаn o‗quv dаsturigа аsоsаn tаyyorlаngаn hаmdа u
mаgistrаturаdа ―Menejment(qurilish)‖ mutахаssisliklаri bo‗yichа tа‘lim
оlаyotgаn tаlаbаlаrgа O‗zbеkistоn Rеspublikаsidа qurilish sоhаsidа
marketing faoliyatini tаshkil etishning nazariy va uslubiy asoslarini
o‗rgаnishlаrigа yordаm bеrаdi.
O‗quv qo‗llаnmаdаn qurilish sоhаsidаgi bаrchа tа‘lim yo‗nаlishlаri vа
mutахаssisliklаr bo‗yichа tа‘lim оlаyotgаn tаlаbаlаr, magistrantar,
o‗qituvchilаr, ilmiy хоdimlаr vа tаdqiqоtchilаr, hamda qurilishda marketing
bilan qiziquvchilar fоydаlаnishlаri mumkin.
6
Do'stlaringiz bilan baham: |