5.4. Qurilishda marketing axboroti tizimi
Qurilishda marketing axborot tizimi (MAT) - qurilish sohasidagi marketingli rejalashtirishni takomillashtirish, marketing tadbirlarini amalga oshirish va tadbirlar ijrosi ustidan nazorat maqsadlarida foydalanish yuzasidan aniq qarorlar qabul qilish uchun zamon va makonda axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish, baholash va tarqatish jarayonlar yig‘indisidir.
Marketingni boshqarish ishini amalga oshirishda bizning bilimlarimizni ko‘paytiradigan ma’lumot va axborotlarning barcha turlari (og‘zaki, yozma, tasvirli va shu kabilar) axborotga kiradi. Bular yangi texnika vositalar, yangi texnologik jarayonlar, ishlab chiqarishni tashkil qilish, tovarlarni sotish, raqobatbardoshlik, ularning holati, kelajagi va hokazolar to‘g‘risidagi axborotlardir. Har bir korxona, tashkilot yoki marketing bo‘limi, qanday guruh bo‘lishdan qat’iy nazar axborotning statistika, operativ, reja-iqtisodiy, buxgalteriya axborotlari, moliyaviy axborot, moddiy-texnika ta’minotiga oid axborot, kadrlarga oid axborot, texnologiya, konstruktorlik, ma’lumotnoma)kabi turlari bo‘ladi. Kompaniya marketing axborot tizimini tashkil qilish jarayonida o‘zi bilmagan holda “qopqonga” tushib qolishi mumkin. Chunki ko‘p hollarda olinayotgan axborotlarni mutaxassislar, boshqaruvchilar to‘liq qabul qilib olishga va uni idrok qilishga qodir emaslar. Axborotlarning uzluksiz oqimidan muhimlarini ajratib olish esa mushkul ishdir. Shunday vaziyat ham vujudga kelishi mumkinki, olingan axborot bir-biriga mos kelmasligi ham mumkin. Shuning uchun axborot aniq foydalanuvchiga mo‘ljallangan bo‘lishi lozim va shu maqsadda marketing axborot tizimini yetkazib beruvchilar uni joriy qilgunga qadar quyidagilarni aniqlab olishlari zarur:
doimiy ravishda qabul qilinayotgan qaror turlari;
qarorlar qabul qilish uchun zaruriy axborot turlari;
doimiy ravishda kelib tushayotgan axborot turlari;
hozirgi vaqtda kelib tushmayotgan axborotlardan foydalanish vaqtini belgilash;
har kuni, har haftada, har oyda va har yilda zaruriy axborot turlarini aniqlash;
qurilish sohasini rivojlantirishga kerakli nashr axborotlari (jurnallar, gazetalar, savdo tahlillari tasvirlangan axborot manbalari);
kerakli axborotlarni yig‘ishda maxsus mavzularni aniqlash;
o‘rganish uchun kerakli hisobot analitik dasturlarni belgilash;
mavjud marketing axborot tizimini takomillashtirish yuzasidan eng muhim tadbirlarni o‘tkazish.
Xulosa qilib aytganda, qulishda marketing axborot tizimi kompaniyani ishlab chiqarish, sotish va keyingi servis xizmatini samarali amalga oshirishda, keng ko‘lamli iste’molchi, xaridor va mijozlarni jalb etishda, brend kategoriyasini joriy etishdshia juda ham zarurdir. Demak, har qanday soha singari qurilish sohasi ham marketing axborot tizimi yordamida savdo faoliyatini amalga oshirishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |