«Автоотчет» (Avtohisobot) yordamida hisobot yaratish.
«Автоотчет» hisobot yaratish vositasi bo’lib, unda ombordagi jadvallar va so’rovlardagi barcha maydonlar va yozuvlar chiqariladi. Bunda asosiy qilinadigan ishlar quyidagilardan iborat:
MB muloqot oynasida «Отчет» (Hisobotlar) ilovasi tanlanadi;
«Создать» (Yaratish) tugmachasi bosiladi;
«Новый отчет» (Yangi hisobot) muloqot oynasida quyidagi bo’limlardan biri tanlanadi:
«Автоотчет: в столбец» (Avtohisobot: ustunli)-har bir maydon sarlavhasi chap yonida bo’lgan alohida satrni tashkil etadi.
«Автоотчет: ленточный» (Avtohisobot: tasmali)-har bir yozuv maydoni alohida satrni tashkil etadi. Bunda sarlavha har bir sahifaning ustida chop etiladi.
Hisobotga kiritiladigan ma’lumotlarni o’z ichiga oluvchi jadval yoki so’rov tanlanadi;
Ok tugmachasi bosiladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |