Shakllar yaratish.
Shakl-bu ma’lumotlarni kiritish uchun maydonlarga ega bo’lgan elektron blankadir. Quyida shakllarni yaratishning turli usullari bilan tanishib chiqamiz.
Foydalanuvchi shaklni mustaqil yaratadi yoki shakl ustasidan foydalanadi. Shakl ustasi asosiy ishlarni avtomatik bajargani uchun shaklni yaratish jarayoni tezlashadi. Undan foydalanganda Microsoft Access dasturi shakl yaratish uchun asos bo’ladigan ma’lumotlarni kiritish so’raladi va shaklni sozlash uchun «Конструктор» holatiga o’tiladi.
Bitta ustundan iborat sodda shaklni yaratish uchun «Новый объект» (Yangi ob’ekt) tugmachasi ishlatiladi.
«Автоформа» (Avtoshakl) yordamida shakl yaratish.
«Автоформа» tanlab olingan jadval yoki so’rovning barcha maydonlari va yozuvlari aks etgan shaklni yaratadi va har bir maydon alohida satrda joylashadi. Uning chap tomonida maydonga tegishli yozuv aks ettiriladi.
Avtoforma.
MB oynasida «Таблицы» (Jadvallar) yoki «Запросы» (So’rovlar) ilovasi tanlanadi;
Shakl yaratishga asos bo’ladigan jadval yoki so’rov tanlanadi yoki ular ixtiyoriy holatda ochiladi;
«Новый объект» (Yangi ob’ekt) tugmachasi yonidagi ruyxatni ochib, tugmacha bosiladi va «Автоформа» (Avtoshakl) elementi tanlanadi;
Shakl ustasi yordamida shakl yaratish.
Buning uchun quyidagi algoritm bajariladi:
MB oynasida «Форм» (Shakllar) ilovasi tanlanadi;
«Создать» (Yaratish) tugmachasi bosiladi;
«Новая форма» (Yangi shakl) muloqot oynasida kerakli usta tanlanadi; Ustaning qanday vazifani bajarishi oynaning chap qismida paydo bo’ladi.
Shakl yaratish uchun asos bo’ladigan ma’lumotlarni o’z ichiga olgan jadval yoki so’rov tanlanadi;
Ok tugmachasi bosiladi;
Agar 3-qadamda «Мастер форм» (Shakllar ustasi), «Диаграмма» yoki «Сводная таблица» (Umumiy jadval) tanlangan bo’lsa, shaklni yaratishda tegishli muloqot oynalarida chiqariladigan ko’rsatmalarga rioya qilish zarur.
«Автоформа: в столбец» (Avtoshakl: ustunli), «Автоформа: ленточная» (Avtoshakl: tasmali) yoki «Автоформа: табличная» (Avtoshakl: jadvalli) elementlari tanlanganda shakl avtomatik ravishda yaratiladi. Yaratilgan shaklni «Конструктор» holatida o’zgartirish mumkin.
Shakl ustasi yordamisiz shakl yaratish.
Buning uchun quyidagi algoritmdan foydalaniladi:
MB oynasida «Form» (SHakllar) ilovasi tanlanadi;
«Sozdat» (Yaratish) tugmachasi bosiladi;
«Novaya forma» (Yangi shakl) muloqot oynasida «Konstruktor» bo’limi tanlanadi;
Shakl yaratish uchun asos bo’ladigan ma’lumotlarni o’z ichiga olgan jadvallar va so’rovlar nomi tanlanadi;
Shaklning oynasi «Konstruktor» holatida ekranga chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |