Hisobot strukturasi.
Har qanday hisobot strukturasi quyidagi bo’limlardan iborat:
hisobot sarlavhasi;
yuqori kolontitul;
ma’lumotlar sohasi;
quyi kolontitul;
hisobot izohlari.
MS Access dasturning asosiy ob’ektlari bilan tanishish.
Ma’lumotlar bazasining ob’ektlarini yaratish.
«Мастер таблиц» (Jadval ustasi) yordamida MB ni yaratish.
Biror MB ni yaratishdan oldin albatta uning loyihasini ishlab chiqish lozim. Buning uchun MB ning strukturasini aniqlab olish kerak bo’ladi. MB ning yaxshi strukturasi talablarga mos keladigan, samarali MB ni yaratish uchun asos bo’ladi.
MS Accessda MB ni yaratishning ikki usuli mavjud. Ulardan biri bo’sh bazani yaratib, so’ngra unga jadvallar, shakllar, hisobotlar va boshqa ob’ektlarni kiritishdan iborat. Bu usul ancha yengil va qulay bo’lgani bilan MB ning har bir elementini alohida aniqlashga to’gri keladi. Shuning uchun ikkinchi usuldan ko’proq foydalanishadi. Unda «Мастер таблица» (jadval ustasi) yordamida barcha kerakli jadvallar, shakllar va hisobotlarga ega bo’lgan ma’lum turdagi MB ni birdaniga yaratib, so’ngra tegishli o’zgartirishlarni bajarish mumkin. Bu boshlang’ich MB ni yaratishning eng sodda usulidir.
MS Access ishga tushirilgandan keyin paydo bo’lgan oynadan «Мастер таблица» (Ustani ishga tushirish) parametri tanlanib, “ok” tugmachasi bosiladi. Agar MB oldindan ochilgan bo’lsa yoki dastlabki muloqot oynasi yopilgan bo’lsa, uskunalar panelidagi «Создать базу данных» (MB ni yaratish) tugmachasi bosiladi.
Sichqoncha ko’rsatkichini kerakli MB ning «Шаблон» (andozasi) ustiga joylashtirib, chap tugmachasi ikki marta bosiladi.
Ochilgan «Файл новая баз» (Yangi baza fayli) muloqot oynasidagi «Папка» (Jild) ruyxatidan, yaratilayotgan MB ni saqlab qo’ymoqchi bo’lgan papka tanlanadi. So’ngra «Имя файла» (Fayl nomi) maydonida MB ning nomi kiritiladi va «Создать» (Yaratish) tugmachasi bosiladi.
Keyingi muloqot oynasida usta yaratilayotgan MB qanday axborotni saqlashi kerakligi haqida ma’lumot chiqaradi. Ushbu muloqot oynasining quyi qismida quyidagi tugmachalar joylashgan:
«Отмена» (Bekor qilish) - Ustaning ishini to’xtatadi;
«Назад» (Orqaga)—Usta ishida bitta oldingi qadamga qaytadi;
«Dalee» (Keyinga)—Usta ishida keyingi qadamga utadi;
«Готово» (Tayyor)—Tanlangan parametrli MB ni yaratish ustasini ishga tushiradi. Ushbu tugmachani bosishdan oldin MB da saqlanadigan axborot ekranga chiqariladi;
Ishni davom ettirish uchun «Далее» (Keyinga) tugmachasi bosiladi.
Ochiladigan muloqot oynasi quyidagi ruyxatdan iborat bo’ladi:
MB ning jadvallari ruyxati;
Tanlangan jadvalning maydonlari ruyxati.
Ushbu ruyxatda jadvalga kiritilayotgan maydonlar belgilangan bo’ladi. Odatda deyarli barcha maydonlar belgilanadi. Maydonchalar uchun bayroqcha belgisini o’rnatish yoki olib tashlash bilan jadvalga maydonlarni kiritish yoki kiritmaslik mumkin. Shundan so’ng «Далее» (Keyinga) tugmachasi bosiladi.
Ustaning keyingi qadamida taklif qilinayotgan namunalardan ekranni jixozlash tanlab olinadi va «Далее» (Keyinga) tugmachasi bosiladi.
Usta ishining keyingi bosqichida MB uchun yaratilayotgan hisobotlar ko’rinishi aniqlanadi.
Ochilgan navbatdagi muloqot oynasi hisobotga sarlavha qo’yish va rasm belgilash imkonini beradi. Ular keyingi barcha hisobotlarda tegishli joyda paydo bo’ladi. Agar rasm kerak bo’lsa «Да» (Ha) yozuvining oldiga bayroqcha o’rnatiladi va unda «Рисунок» (Rasm) tugmachasi ishlatiladi.
Bu tugmacha bosilganda rasmni tanlash «Выбор рисунка» oynasi ochiladi.
Oxirgi oynada «Готово» (Tayyor) tugmachasini bosish ustani MB ni to’zish uchun ishga tushirib yuboradi va u avtomatik ravishda yuqorida belgilangan parametrli MB ni yaratadi
Do'stlaringiz bilan baham: |