Qurilish mexanikasiga kirish


Qurilish mexanikasi fanining qisqacha rivojlanish tarixi



Download 206,67 Kb.
bet3/8
Sana28.10.2022
Hajmi206,67 Kb.
#857383
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7-ma\'ruza

7.1.3. Qurilish mexanikasi fanining qisqacha rivojlanish tarixi.

Qurilish mexanikasi fanining dastlabki rivojlanish davrida mustaqil fan bo‘lmay, umumiy mexanikaning tarkibiy qismlaridan biri sifatida rivojlangan. Mexanika fanining nazariy asoslari dastlab qadimgi Yunoniston va Misrda paydo bo‘lgan. Mexanika so‘zini ilmiy atama sifatida fanga birinchi bo‘lib kiritgan olim, eramizdan 384-322 yillar ilgari yashab o‘tgan Yunonistonlik mashhur faylasuf Aristotel (Arastu) hisoblanadi. Mexanikaning xilma-xil masalalarini hal ztishda qadimgi zamon olimlaridan Arximed, Geron, Platon, Ptolomey va boshqalarning xizmatlari benihoya kattadir.


Sharq mamlakatlarida mexanika fani IX asrdan boshlab rivojlana boshladi. Qadimgi Yunon olimlarining asarlarini ijodiy o‘rganib, mashhur vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino o‘zining «Donishnoma» asarida yuklarni ko‘taradigan uskunalar haqida fikrlarni aytadi. Al Xorazmiy «Fanlar kaliti» asarida mexanika fani to‘g‘risida g‘oyalarni ilgari suradi. SHarqning mashhur olimlaridan Abu Rayhon Beruniy, Abu Abdulloh al Xorazmiy, Umar Xayyom, Forobiy va boshqalar mexanika fanining rivojlanishida munosib hissa qo‘shganlar.
Yurtimizda YII-YIII asrlarda islom dinining kirib kelishi bilan mahobotli masjid, madrasa, minora, maqbaralar qurilishi avj olib ketdi. Shunday qadimiy yodgorliklardan hozirgi kungacha saqlanib kelayotganlaridan biri 1127 yilda muhandis va me’mor Bako tomonidan bunyod etilgan Buxorodagi Minorai Kalon ulkan minora hisoblanadi. Ushbu minoraning balandligi 50 m, asosining diametri 9 m bo‘lib, yuqoriga borgan sari ingichkalashib borgan. Hozirgi kun qurilish mexanikasi nuqtai nazari bilan qaraganda, ushbu minoraning shakli siqilishga teng qarshilik ko‘rsatuvchi jism sifatida, zilzilabardosh qilib qurilganligidir. Bunday qadimiy me’morchilik obidalarini asrlar osha shu kungacha etib kelishi bobokalon me’mor va ustalarimizning amaliy qurilish mexanikasidan yaxshi xabardor ekanliklarini bildiradi.
Qadimgi Yunon olimlarining asarlarini ijodiy o‘rganib, ularni o‘z asarlari bilan boyitgan sharq olimlari dunyoda mexanika fanini rivojlanishida ulkan hissa qo‘shdilar. Ushbu boy meros turli yullar bilan Evropaga kirib bordi. Natijada mexanika fanining keyingi rivoji Evropaga ko‘chdi.
Evropada Uyg‘onish davrida Leonarda da Vinchi, Kopernik, Galileo Galiley, Nyuton singari mexanikaning buyuk olimlari olamshumul ixtirolari va ilmiy asarlari mexanikaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shdilar. Italiyalik mashhur olim Galileo Galileyning (1564-1642) «Ikki yangi fan haqida suhbatlar va matematik isbotlar» asari, materiallar qarshiligi va qurilish mexanikasi fanlari to‘g‘risida birinchi kitob hisoblanadi. 1678 yilda ingliz olimi Robert Guk (1635-1703) o‘zining mashhur qonuni, ya’ni jismning elastik deformatsiyasi unga ta’sir qiluvchi kuchga to‘g‘ri proporsionalligini kashf qildi. Hozirgi zamon qurilish mexanikasining barcha nazariyalari ana shu qonunga asoslanadi.
XVIII asrda sanoatning keng rivojlanishi, XIX asrda temir yo‘llarning, ko‘priklar va yirik sanoat binolarining qurilishi, qurilish mexanikasi fanini yanada rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Ushbu va bundan keyingi davrlarda qurilish mexanikasi fanining rivojlanishiga chet ellik olimlardan Dalamber, Lagranj, Kulon, Lame, Sen-Venan,Eyler, Maksvell, Mor va boshqalar, rus va sovet olimlaridan D. I. Juravskiy, F. S. YAsinskiy, V. G. SHuxov, L. R. Proskuryakov, A. N Krilov, N. G. Bubnov, B. G. Galyorkin, I. M. Rabinovich, V. Z. Vlasov, K. S. Zavriev, A. F. Smirnov, N. I. Bezuxov, V. V. Bolotin, A. V. Darkov va boshqalarning katta hissa qo‘shdilar.
Qurilish mexanikasi fanini rivojlanishiga o‘zbekistonlik olimlardan akademiklar M. T. O‘rozboev, X. A. Rahmatullin, V. Q. Qobulov, T. R. Rashidov, T. Sh. Shirinqulov va boshqalar o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar. Akademik M. T. O‘rozboev o‘zbek mexaniklarining otasi hisoblanib, inshootlar seysmik mustahkamligi nazariyasini yaratilishida munosib hissa qo‘shgan va birinchi bo‘lib o‘zbek tilida nazariy mexanika va materiallar qarshiligi kurslaridan o‘zbek tilida darslik yaratgan. Akademik X. A. Rahmatullin elastik va elastik-plastik muhitlarda to‘lqin tarqalishini dinamik nazariyalarini yaratib, Moskva Davlat Universiteti talabalariga dars bergan. O‘zbekistonda kibernitikaning taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan akademik olim V. Q. Qobulov, yaxlit muhitlar mexanikasini algoritmlash, avtomatik boshqaruv sistemasini yaratishda, inshootlarni hisoblashda EHMdan foydalanish sohasida samarali ishlar olib borgan. Akademik T. R. Rashidov er osti inshootlari seysmik mustahkamligi nazariyasini yaratishda ulkan ishlarni amalga oshirgan. Akademik T. Sh. Shirinqulovning zamin va poydevorlar sohasida olib borgan ilmiy tadqiqot ishlari ko‘p davlatlarda tan olingan.



Download 206,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish