Qurilish mexanikasidan test savollari
Qurilish mexanikasidan test savollari.
1.Qurilish mexanikasi fani nimani o’rgatadi?
Inshoot va uning konstruksiyalarini mustahkamlikka, bikrlikka va ustuvorlikka hisoblash usullari va qoidalarini o’rgatadi
2.Qurilish mexanikasi fanining maqsadi nima?
Inshootlarni mustahkam, chidamli, maqbul (rasional) shaklda, tejamli qilib loyihalashdan iborat
3.Inshootlarni mustahkamlikka hisoblashdan maqsad nima?
Inshootlarni tashqi yuklar tasiriga chidamli bo’lishini taminlash
4.Inshootlarni ustuvorlikka hisoblashdan maqsad nima?
Inshootlarni tashqi yuklar tasiridan deformasiyalangandan keyingi muvozonat holatini saqlash
5.Qurilish mexanikasi fanining vazifalari nimalardan iborat?
Inshootlarda tashqi yuklar tasiridan inshootlarda hosil bo’ladigan ichki zo’riqish kuchlarini, salqilik, ko’chish va tebranish xarakteristikalarini aniqlashdan iborat
6.Tashqi yuklar tasiridan inshootlarda hosil bo’ladigan ichki zo’riqish kuchlarini aniqlashdan iborat
Asosan matematika, fizika, nazariy mexanika, materiallar karshiligi
7.Inshootlar qanday tashqi yuklarga hisoblanadi?
Inshootga qo’yiladigan asbob uskunalar, mashina mexanizmlar, odamlar, xarorat, atmosfera va inshoot o’z og’irligidan bo’ladigan yuklar
8.Tashqi kuchlar tasiridan inshoot kesimlarida qanday ichki zo’riqish kuchlari hosil bo’ladi?
Eguvchi moment, ko’ndalang va bo’ylama kuch
9.Inshootlarni hisoblash tarhlari qanday belgilariga qarab turlarga bo’linadi?
Elementlarining uzaro bog’lanishi va joylashish tayanch reaksiyalari yunalishi, geometrik va kinematik belgilariga qarab
Do'stlaringiz bilan baham: |