Beton qorishmasi - murakkab ko‘pkomponentli polidispersion tizimni o‘zida ifodalovchi beton qorishmasini suv, sement va to‘ldiruvchilarni bevosita qorishtirish orqali olinadi.
Vollastonit - xom ashyosining tuzilishi juda mustahkam bog‘langan polimerli silikatdir.
Gidravlik bog‘lovchi moddalar - ham havoda, ham suvda qotib o‘z mustahkamligini havoda ham, suvda ham (suvda yaxshiroq) oshirib boradi.
Gilli cherepitsa – loydan qolipga quyilgan, so‘ngra pishirilgan to‘g‘ri burchakli plitkalar yoki novlar ko‘rinishidagi qurilish materialidir.
Gipskarton – pardozbop qoplama material bo‘lib, oson montaj qilish ishlarida qiyinchilik bo‘lmaydi. Binoning faqat ichki qismida ishlatiladi. Namlik ta’sir qilmaydigan sharoitda ishlatiladi. Gipskarton ikki tomonlama qog‘oz karton orasiga, gips bo‘tqasini joylab zichlanadi, keyin quritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |