Joriy nazorat uchun nazorat savollar:
Namunaviylashtirish deb nimaga aytiladi?
Binolarda birxillashtirish nima?
Yagona modul tizimi haqida gapiring?
Darsni o’tishda qo’llaniladigan pedagogik texnologiya turi:
- Aqliy hujum
Darsni o’tishda qo’llaniladigan texnik vosita turi:
Ko’rgazmali qurol
Proektor
Slayd
Tarqatma material
4-mavzu (4 soat).
XONADONLI VA MAXSUS TURDAGI TURAR-JOY BINOLARI. FUNKSIONAL, DEMOGRAFIK VA SANITARIYA–GIGIENA TALABLARI.
Reja:
Turar joy binolarining turlari.
Kam qavatli turar joy binolari.
Kam qavatli turar joy binolarining hajmiy rejali yechimlari.
Tayanch so’zlar: loyihalash, namunaviy loyihalar, kam qavatli turar joy binolari, xonadon, yashash xonalari, oshxona, dahliz, yuvinish va xojat xonalari.
O’zbekiston Respublikasida turar joy binolarini loyihalash va qurilish ishlarini amalga oshirish O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi tomonidan TASDIQLANGAN “Shaharsozlik normalari va qoidalari” ShNK 2.08.01-05 “TURAR JOY BINOLARI” qoidalari va meyorlari asosida olib boriladi.
Hozirgi vaqtda turar joy binolarini loyihalash va qurilish ishlarini amalga oshirish namunaviy loyihalarni qo’llash va ishlab chiqarishni sanoatlashtirish asosida amalga oshirilmoqda. Respublikamizda qurilgan va hozirgi kunda ekspluatatsya qilinayotgan uy-joylar bilan birgalikda hozirgi kunda ko’plab yangi turar joy binolari qurilishi xam amalga oshirilmoqdaki, bunga Respublikamizda har yili o’tkazilib kelinayotgan yangi qurilish materiallari va bino hamda inshootlarni barpo etish texnologiyasi bo’yicha o’tkazib kelinayotgan turli yarmarkalar va ko’rgazmalar hamda loyihalar namoyishlari misol bo’la oladi, jumladan “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi ” yili munosabati Respublikaning barcha viloyatlari va shaharlarida o’tkazilgan qishloqlarda quriladigan uy joy binolarining loyihalar ko’rgazmalari va tanlovlari buning yaqqol misolidir.
Bizga malumki turar joy binolari muljallanishi bo’yicha xonadonli uylar, yotoqxonalar, mexmonxonalar va qariyalar va nogironlar uchun mo’ljallangan yashash joylariga ajratiladi. Turar joy binolarining asosiy turi bu - xonadonli turar joylardir.
Xonadonli turar joy binolarining ikki xil turi mavjuddir: kam qavatli alohida yer maydoni uchastkasiga ega (doma usadebnogo tipa) bo’lgan va ko’p qavatli alohida yer maydoni uchastkasiga ega bo’lmagan.
Kam qavatli alohida yer maydoni uchastkasiga ega (doma usadebnogo tipa) bo’lgan kam qavatli turar joy binolari asosan qishloq aholi punktlari va shahar tipidagi yashash joylari (posyolkalar) uchun loyihalanib, qurilish ishlarini amalga oshirish maqsadga muvofiq sanaladi.
Alohida yer maydoniga ega bo’lgan xonadonli turar joy binolari qavatlar soni bo’yicha bir qavatli va kam qavatli, xonadonlar soni bo’yicha bir, ikki va ko’p xonadonli tarzda loyihalanib qurilish ishlari amalga oshiriladi.
Alohida yer maydoniga ega bo’lgan xonadonli turar joy binolarini ularni loyihalashga qo’yiladigan talablardan kelib chiqqan holda alohida, turkumli yoki bloklashtirilgan holda loyihalash mumkin. Hajmiy rejali yechimlaridan kelib chiqqan holda alohida yer maydoniga ega bo’lgan xonadonli turar joy binolarini bir yoki ikki balandlik darajasida joylashgan holda loyihalash ishlarini amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |