1.36 - rasm. (yuqorida) Yirik panelli uysozlik zavodining bosh loyihasi
1-asosiy ishlab chiqaruvchi korpus; 2-ma'muriyat korpusi; 3-armatura sexi; 4-beton qoruvchi sex; 5-qo‘shimchalarni tayyorlovchi bo‘lim; 6-to‘ldiruvchilarni uzatuvchi galereya; 7-sement omborxonasi; 8-emulsion suyuqligi omborxonasi; 9-yoqilg‘i va moylash materiallari omborxonasi; 10-kompressor xona; 11-gaz balonlari omborxonasi; 12-komplektlash bazasi; 13-panel tashuvchilarning turar joyi; 14-tayyor mahsulotlar omborxonasi
1.37 - rasm. (pastda) Sanoat qurilishi uchun yiliga 200 ming kubmetr temir-beton mahsulot ishlab chiqaradigan zavodni bosh loyihasi
1-ma'muriyat korpusi; 2-moylashga tayyorlovchi bo‘lim bilan beton qoruvchi sex; 3-asosiy ishlab chiqaruvchi korpus; 4-tayyor mahsulotlar omborxonasi; 5-material-texnik omborxonasi; 6-to‘ldiruvchilar omborxonasi; 7-qo‘shimchalarni tayyorlovchi bo‘lim; 8-sement omborxonasi; 9-sement o‘tkazuvchi truba(quvur); 10-emulsol suyuqligi omborxonasi; 11-to‘ldiruvchilarni uzatuvchi galereya; 12-yoqilg‘i va moylash materiallari omborxonasi; 13-po‘latni tayyorlash bo‘limi; 14-kompressorxona; 15-gradirxona (issiq suvni sovutadigan minorsifat xona) 1.15. Qurilish turlari Sanoat loyihalarini loyihalashtirishda qurilish ko‘rinishlari to‘g‘risidagi tushunchalar ta'rifi bilan fikr yuritiladi. Ular yangi qurilish, qayta qurish(rekonstruksiya) yoki mavjud qurilish (faoliyatdagi korxona)ning kengaytirilishi ham bo‘lishi mumkin.
Dastlabki, belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha bo‘yicha korxonalarning yangi yer uchastkalaridagi qurilishi yangi qurilishga taaluqli hisoblanadi. Bu qurilishning tugatilishi va uning to‘laligicha loyiha quvvatidan foydalanilishga kiritilishiga qadar yangi qurilish hisoblanadi. Agarda qurilish davrida yakuniy mahsulot chiqarilishini ta'minlovchi quvvatning ishga tushirilishiga qadar loyiha qayta ko‘rib chiqilsa, bu qurilishning o‘zgartirilgan loyiha bo‘yicha davom ettirilishi ham yangi qurilishga taaluqli hisoblanadi.
Shuningdek, quyidagilarning:
keyingi faoliyat ishi texnik va iqtisodiy shartlardan kelib chiqib, maqsadga muvofiq emas deb topilgan va faoliyati bekor qilinayotgan korxona o‘rniga, quvvatidan qat'iy nazar oldingi yoxud yangi hududda qurilayotgan korxonalar;
mavjud korxonalarning alohida loyiha bo‘yicha, belgilangan tartibda tasdiqlanuvchi yer uchastkalaridagi filiallarining qurilishi ham yangi qurilishga taaluqlidir.
Faoliyatdagi korxonaning qayta qurilishi(rekonstruksiyasi)ga quyidagilar kiradi:
yagona loyiha bo‘yicha ishlab chiqarishning to‘liq yoki qisman qayta jihozlanishi va qayta qurilishi (asosiy ishlab chiqarishga moslashtirilgan yangi sexlarning qurilishisiz, ammo zarurat tug‘ilganida, yordamchi va xizmat ko‘rsatishga moslashtirilgan ob'ektlarning qurilishi bilan), bunda:
-ma'nan va jismonan eskirgan jihozlar almashtiriladi, ishlab chiqarish mexanizatsiyalanadi va avtomatizatsiya qilinadi;
-yangi, ancha takomil texnologiyalar asosida ishlab chiqarish miqdorini oshiruvchi texnologik bo‘g‘inlar va yordamchi xizmatlardagi mavjud kamchiliklar barataraf etiladi;
-mahsulot assortimenti(turi) va sifati kengaytiriladi;
-texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar yangi korxonalarning qurilishi va mavjud korxonalarning kengaytirilishiga nisbatan kam xarajatlar va qisqaroq muddat ichida yaxshilanadi;
korxona profilinining o‘zgartirilishi va mavjud ishlab chiqarish maydonlarida yangi mahsulot ishlab chiqarishni tashkillashtirish;
texnik va iqtisodiy shartlardan kelib chiqib, foydalanish uchun maqsadga muvofiq emas, deb topilgan va bekor qilingan sexlar va ob'ektlar o‘rniga, o‘sha quvvatdagi yangi sex va ob'ektlarni qurish.
Qo‘shimcha ishlab chiqarish kompleksi va korxonadagi ishlab chiqarish;
Faoliyatdagi yordamchi va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishidagi ishlab chiqarishlar, mavjud korxona va unga taaluqli maydonlardagi xo‘jalik va kommunikatsiyalarning o‘tkazish qobiliyatining oshishi;
Ikkinchi yoki navbatda turgan qurilish.
Faoliyatdagi korxonaning kengaytirilishi, xuddi shunga o‘xshash korxonani yangidan qurishdan ko‘ra kamroq xarajatlar bilan ishlab chiqarish quvvatini qisqaroq muddat ichida oshishiga olib keladi.
Agarda faoliyatdagi korxonaning qayta qurilishi bilan bir vaqtda, uning kengaytirilishi ham amalga oshirilsa, bunday korxonalar muayyan turdagi ishlarning ko‘payishiga qarab kengaytiriladigan yoki qayta quriladigan korxonalar tasnifiga kiradi.