Ma'ruzani mustahkamlash uchun savollar
Maydalangan mahsulotlarning o‘lchamlariga qarab qanday fraksiyalarga bo‘linadi?
Maydalashning qanday asosiy qonunlari bor?
Maydalash uchun ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan usullar?
Maydalovchi va kukunlovchi mashinalar qanday sikllarda ishlashi mumkin?
2-MA’RUZA:
Mavzu: Texnologik uskunalarning tasniflari.
Reja:
Maydalovchi va kukunlovchi mashinalar klassifikatsiyasi
Kukunlovchi mashinalar konstruksiyasiga ko‘ra turlari
Jag‘li maydalagichlarning ishlashi va ishlatilishi
Konusli maydalagichlarning ishlashi va ularning qo‘llanilishi.
Tayanch iboralar: maydalovchi kukunlovchi mashinalar, jag‘li maydalagich, konusli maydalagich, ishlash prinsipi.
1. C
Qurilish materiallarini maydalash quyidagicha amalga oshiriladi:
a) mexanik usulda maydalash, bunda qurilish materiallari maydalashgichni harakatdagi detallari yordamida maydalanadi (yoki harakatdagi detal va qo‘zg‘almas statika).
b) portlatish usulida maydalash, bunda qurilish materiali bo‘laklari gaz bosishining keskin pasayishi yoki uchqun razryadi ta'siri ostida suvda portlash tuskining ta'siri natijasida (elektrogidravlik hodisa) dars (siniq) ketgan yerlardan maydalaniladi.
v) elektrotermik maydalash, bunda materiallar tokning yuqori chastotasi yordamida ayni bir joyni chizdirish natijasida maydalaniladi.
Qurilish materiallari sanoatida asosan mexanik usulda maydalovchi maydalagichlar qo‘llaniladi va ular quyidagi asosiy tiplarga bo‘linadi
a) Jag‘li maydalagichlar, bunda materiallar harakatsiz 1 va harakatlanuvchi 2 jag‘lar orasida maydalanadi. Bu vaqtda harakatlanuvchi jag‘lar oddiy yoki murakkab shaklda harakatlanishi mumkin, birinchi holatda material maydalanishi ezilish hisobiga bo‘lsa, ikkinchidan esa ezilish ishqalanish hisobiga amalga oshiriladi.
b) Konusli maydalagichlar, bunda qurilish materiallari harakatsiz 1 va harakatlanuvchi 2 konuslar orasida maydalanadi, harakatlanuvchi konus harakatsizligiga nisbatan ekssentrik holatda aylanadi.
v) Barabanli maydalagichlar, bunda qurilish materiallari ikki bir biriga qarama-qarshi harakat qiluvchi barabanlar 1,2 orasida yoki aylanuvchi baraban va qo‘zg‘almas jag‘ orasida maydalanadi.
g) Urib maydalovchi maydalagichlar, bunda qurilish materiallari asosan korpus 2 ichida joylashgan bir yoki ikki aylanuvchi rotorlar 1 dinamik kuchlari ta'sirida maydalanadi.
d) Aylangichlar birida qurilish materiali aylanuvchi katok 1 va harakatlanuvchi (yoki harakatsiz) idish 2 orasida ezilish va ishqalanish natijasida maydalanadi.
Qurilish materiallari sanoatida qo‘llanuvchi kukunlovchi mashinalarni ishlashi bo‘yicha quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
a) Mexanik usulda maydalovchi jismlar bilan kukunlovchilarda zarralarning maydalanishi ularning urishish va ishqalanish hisobiga amalga oshadi.
b) Mexanik usulda maydalovchi jismlarsiz kukunlovchi mashinalarda materiallarni maydalash dinamik kuchlar ta'siri ostida amalga oshiriladi.
Kukunlovchilarni konstruksiyalariga qarab quyidagilarga bo‘lish mumkin.
a) Barabanli kukunlovchilar, bunda maydalovchi jismlar bilan aylanayotgan barabanda 1 materiallarning maydalanishi maydalovchi jismlar bilan urish va qisman ishqalanishi hisobiga amalga oshadi.
b) Doiraviy sharli kukunlovchilar, bunda materiallarni maydalash harakatsiz 1 va aylanuvchi 2 doira va sharlar 3 orasida amalga oshiriladi. Sharlar aylanuvchi doiraga purjinalar yordamida qisib qo‘yilgan.
v) Doiraviy rolikli kukunlovchilar, bunda materiallarning maydalanishi aylanib turuvchi o‘qga o‘rnatilgan harakatlanuvchi roliklar 1 va harakatlanmaydigan doira 2 o‘rtasida amalga oshadi.
g) Diskali kukunlovchilar, bunda materiallarning maydalanishi bir-biriga qisib o‘rnatilgan harakatdagi 1 va harakatsiz disklar o‘rtasida amalga oshiriladi.
d) Urib kukunlovchilar, bunda materiallar dinamik kuchlar va qisman ishqalanish ta'sirida maydalanadi.
ye) Tebranma kukunlovchilar, bunda maydalash sharlarning materialga davomli ta'siri ostida amalga oshiriladi.
j) Oqimli kukunlovchilar, bunda materiallar zarralari havoning turbulent oqimida o‘zaro urilib maydalovchi kamera devoriga ishqalanib maydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |