rasm. Ikki valikli maydalagich: 1, 2~silliqyuzali valiklar .
15-rasm. Podshipnikli valikli maydalagichlar: e-bir jufti qo‘zg‘almas; y-ikki jufti qo‘zg‘aluvchan.
Valikli maydalagichlar asosiy ko‘rsatkichlarining hisobi
Ikki valikli maydalagichlarda qamrov burchagi deb material bo‘lagi juva sirtiga tegib turgan nuqta orqali o‘tkazilgan urinmalar hosil qilgan burchakka aytiladi. Bunda a — ishqalanish burchagi, a < 21, tgcp =f — sirpanma ishqalanish koeffitsiyenti qattiq jinslar uchun /— 0,3; nam va yumshoq jinslar uchun f= 0,45.
Valiklarning uzunligi L, juvalar orasidagi masofa I bo‘lsa, chiqayotgan material lentasining kesim yuzasi F = L l. Vaqt birligida juvalardan chiqayotgan materialning hajmi nazariy jihatdan l -L W m3/s. Chiqayotgan material lentasining tezligi Wm3/s ni tashkil qiladi.
Faraz qilaylik, material lentasining chiqish tezligi taxminan valiklarning aylanma tezligiga teng bo‘lsin,
Vayl =nDn
Q = n ■ D ■ n -L I ■ fi - p kg/s
Bunda D — valiklar diametri, m; I — valiklar orasidagi tirqish eni, m; L — valiklar uzunligi, m; n — sekundiga aylanishlar soni; p — materialning hajmiy zichligi, kg/m3; /J — yum shat ish koeffi- tsiyenti. Qattiq jinslar uchun m = 0,2—0,3; nam va yopishqoq materiallar uchun [i = 0,5—0,7.
Valiklarning aylanishlar soni qancha katta bolsa, ish unumdorligi shuncha yuqori bo‘ladi, lekinbu ma’lum chegaragacha o‘rin1i, chunki ishqalanish kuchi valiklar orasidagi tirqishdan materialni tutib qolish uchun yetarli bolmasligi mumkin.
Professor Levinson aylanishlar sonini quyidagi formuladan topishni tavsiya qiladi:
Bunda p — aylanadigan bolaklar olchami, m; D — valik diametri, m; j — materialning hajmiy massasi, kg/m3;/— materialning valiklarga ishqalanish koeffitsiyenti, sekin ishlaydigan maydalagichlarda qattiq materiallami maydalashda 0,5 —2,5 m/s, tez ishlaydigan maydalagichlarda yumshoq materiallami maydalashda 6—8 m/s.
V.P. Romadin valikli maydalagichning quwatini (ko‘mirni maydalashda) quyidagicha aniqlashni tavsiya qiladi:
N = 0,1 i-GkVt,
Bunda i — maydalash darajasi; Q — ish unumdorligi, t/soat. Quyidagi emperik formula ham tavsiya qilinadi:
N = k-D L h kVt.
Bunda k — koeffitsiyent, 0,85 ga teng.
Elektr energiyasining solishtirma sarfi 0,4—3 kVt/soat.
ZARB BILAN ISHLAYDIGAN MAYDALAGICHLAR
Bolg‘ali maydalagichlar o‘rtacha qattiqlikdagi va yumshoq, biroz nam va yopishqoq materiallami maydalashda qo‘llaniladi. Quyidagi asosiy alomatlari bo‘yicha xillarga bolinadi:
rotorlaming soni bo‘yicha: bir rotorli va ikki rotorli;
bolg‘alami tutqichga mahkamlash bo'yicha: shamirli o‘matilgan bolg‘ali va bikr mahkamlangan bolg‘ali;
kolosnik panjara mavjud bo‘lganda: maydalagichning material solish va materialni bo‘shatish qismlarida kolosnik panjarali va kolosnik panjarasiz;
bolg‘alaming tuzilishi bo‘yicha: tuzilishi oddiy, ixcham.
Bolg‘ali maydalagichlaming ishlash prinsipi materialga zarbiy va
ishqalab ta’sir qilishdan iborat. Bikr yoki shamirli mahkamlangan bolg‘alarda to‘plangan kinetik energiya hisobiga maydalash yuz beradi.
Zarbiy ta’sir qiladigan maydalagichlarda material zarbiy kuch hisobiga maydalanadi. Bu kuch material bilan maydalovchi jism tushayotganda urilishi hisobiga, tushayotgan material qo‘zg‘almas sirtga urilishi hisobiga, maydalanayotgan zarralaming tushayotganda bir-biriga urilishi hisobiga paydo bo‘ladi. Qisilgan va erkin zarblar mavjud. Qisilgan zarbda material ikkita sirt orasida yemiriladi va yemirilayotgan jism bo‘laklari yon devorlarga erkin uchib borib tegadi. Urilayotgan jismning urilish paytidagi kinetik energiyasi
F -PWu by ~ 2 g
formuladan topiladi. Bunda p — uriladigan jismning og‘irlik markazi; Wu — zarb paytida jismning harakat tezligi.
Jism yemirilganda energiyaning bir qismi sarflanadi, bir qismi esa zarb bergan jismga qaytadi. Zarbdan so‘ng jismning kinetik energiyasi:
E=^r~. (38)
2s •
Bunda Wn — zarbdan so‘ng jismning tezligi
Щ.=uK
Maydalanganjismgaberiladigan energiya (37), (38) tenglamalardan:
AE = Ey-En=^(l~u2). (39)
bunda u — to‘qnashadigan jismlaming shakli va jinsiga bog‘liq bo‘lgan tiklash koeffitsiyenti.
Maydalanadigan jismni yemirish uchun AE ezishda bir gal yemirishga ketadigan ishga teng yoki undan katta bo‘lishi lozim. Ish formula bo‘yicha quyidagiga teng:
a2-1?
A = -ud -; A E> A-
Formula asosida zarb beradigan jismning og‘irligi bilan harakat tezligi orasidagi va materialning yemiriladigan bolaklarining mexanik xossalari va olchamlari orasidagi munosabat topiladi.
Elastik zarraning yemirilish ishi quyidagiga teng:
A = —
l 2 Ep '
Bunda Pb — yemiriladigan bolakning oglrligi; p — materialning zichligi.
Material bolaklari to‘qnashganda hosil boladigan yemiruvchi tezlik quyidagi munosabatlardan topiladi:
PSWu (i E2\^cj2pS'
2g V ^ ) 2Ep ’
W >a ?
U ^£p(i-g2) sm/s- (40)
Bunda g — sm/s2da berilgan.
Bolg‘ali maydalagichlaming ishlash prinsipi tez aylanayotgan bolg‘alaming zarbi ta’sirida materialning maydalanishidan iborat. Bolg‘alar har xil shaklda bo‘lishi mumkin, lekin prizma yoki trapetsiya shaklidagi bolg‘alar ko‘p ishlatiladi. Agar abraziv materiallami
maydalashga to‘g‘ri kelib qolsa, bolg‘alar halqasimon qilib yasaladi, shunda ular bir tekis yeyiladi. Maydalagichdagi bolg‘alaming soni 3 dan 300 donagacha, og‘irligi 3 dan 70 kg gacha bolishi mumkin.
Bolg‘alar maydalash usuliga ko‘ra shamirli o‘matilgan va bikr mahkamlangan xillarga bolinadi. Rotorlar soni bo‘yicha bir rotorli va ikki rotorli maydalagichlar boladi. Rotorlaming aylanishlar soni 300—2500 ayl/min.
Bolg‘ali maydalagichlaming afzalliklari: tuzilishi oddiy, ixcham, yengil va maydalash darajasi yuqori.
Kamchiliklari: bolg‘alar, kolosniklar va zirh plitalar tez yeyiladi, ancha nam plastik materiallami maydalashda kolosnik panjaralarga material tiqilib qolaveradi.
Maydalagichning quyma polat korpusi bo lib, asos va voronkali qopqoqdan iborat. Material solinadigan voronkada kolosniklar 3 joylashgan bolib, ular orasida rotor bolg‘achalar harakatlanadi. Kolosniklar orasidagi masofa bolg‘alar qalinligidan 1,5—2 marta katta.
Uchta podshipnikka o‘rnatilgan oltiyoqli valga rotor montaj qilingan, u uchburchak tutqich (koromislo) 1 va presslangan vtulkalardan iborat (16- rasm). Presslarning teshiklaridagi o‘qlarga bolg‘alar 2 osib qo‘yiladi. Har qaysi juft tutqich yonidagiga nisbatan 60° nari turadi. Rotor bolg‘alar ostiga bo‘shatish kolosnik panjarasi 3 o‘ma- tilgan. Kolosniklar orasidagi masofani o‘zgartirib, maydalangan mahsulotning mayda-yirikligini o‘zgartirish mumkin. Panjara kolosniklari qovushqoq polatdan tayyorlanib, ustiga qattiq qotishma qoplanadi, bu esa ulaming xizmat muddatini oshiradi.
Ikki rotorli maydalagichlar materialni birlamchi dag‘al maydalash uchun ishlatiladi. Unda bolg‘ali ikkita rotor bolib, ular bir-biriga tomon aylanadi (rasm). Ikki rotorli maydalagichlar kam joy egal- laydi, dastlabki xarajatlami kam talab qiladi, ish unumdorligi ikkita bir rotorli maydalagichnikiga yaqinlashib qoladi. Ikki rotorli maydalagichlarda ikkita yuritgich va ikkita tez yeyiladigan kolosnikli panjara bolganligi uchun tez-tez to‘xtatib turiladi. Shuning uchun ikki rotorli maydalagichlardan foydalanish koeffitsiyenti bir rotor- linikidan kam boladi.
va rotor aylanganda paydo boladigan kuchlar kamayadi, bu esa, maydalagichning ish unumdorligining kamayishiga sabab boladi.
Bolg‘ali maydalagichlaming eng muhim ish ko‘rsatkichlari — yirik materialni maydalashi, ish unumdorligi va quwat sarfi bir-biriga va boshqa omillarga ham bogliq. Rotor aylanishlar sonining oshishi bilan maydalangan materialning yirikligi kamayadi, maydalash darajasi esa ortadi, biroq bunda bolg‘alar va kolosnikli panjaralaming yeyilishi ham oshadi.
Aylanishlar soni yirik materiallar uchun 300—800 ayl/min, mayda materiallar uchun 1100—2500 ayl/min.
Ish unumdorligi kolosnikli panjaraning teshiklari olchamlariga hambog‘liq. Kolosniklar orasidagi tirqishlar (ichki sirtda olchanadi) normal olchami yirik materialni maydalashda maydalanadigan mahsulot bolaklaridan 1,5—2 marta katta, mayda materialni maydalashda esa 3—4 marta katta.
6
rasm. Tuyadigan va quritadigan maydalagich:
1—bo'shatish xonasi; 2— rotor; 3— issiq havo olib keluvchi quvur; 4—tashqi havo so'rilishini kamaytiruvchi zatvor; 5—bo'shatish xonasi; 6— ishlatib bo'lingan qurilish agenti; 7—qaytariluvchi tiraklar.
Do'stlaringiz bilan baham: |