6- ISH. QUM TARKIBIDAGI ORGANIK ARALASHMALARNI ANIQLASH
Umumiy tushunchalar.
Organik aralashmalardan (chiqindilardan) organik kislotalar ajralib
chiqadi, ular sementtoshni emirib, betonning mustahkamligini pasaytiradi.
Ishlash tartibi.
Organik aralashmalar miqdorini, qumga rang berish yo‘li bilan aniqlanadi. Tabiiy
namlik darajasi o‘zgarmagan qumdan 250 g olinadi. U 250 ml hajmli shisha silindrga solinadi. Qumning
sathi o‘lchangan silindrning 130 ml bilan ko‘rsatib qo‘yilgan belgisiga etib turishi lozim, so‘ngra
silindrga, uning 200 ml belgisiga etib turadigan qilib o‘yuvchi natriyning 3% li eritmasi (NaOH)
quyiladi. Qum shisha tayoqcha yordamida aralashtiriladi va 24 soat tindirib qo‘yiladi. SHu muddatdan
so‘ng qumning tepasidagi eritma rangi etalon eritma rangiga solishtiriladi. Etalon eritma rangi achchiq
qilib damlangan choy rangidan farq qilmaydi. Qum tepasidagi suyuqlik hech qanday rang tus olmagan
bo‘lsa yoki rangi etalon eritma rangidan to‘qroq bo‘lmasa bunday qum betonga ishlatishga yaroqli
hisoblanadi.
menzurkaning hajmi - ........ml (sm
3
) reaktiv turi-
Etalon tarkibi-
1% li etil spirti, 2% li eritmasidan 2,5 ml olinadi, unga o‘lchovli natriyning 3% li
eritmasidan 97,5 ml aralashtiriladi, aralashma 250 ml sig‘imli idishda 24 soat saqlanadi, 24 soat
saqlangandan keyin tayyor bo‘lgan etil eritmasidan foydalanish mumkin.
qumning hajmi- reaktivning hajmi-
-
124 -
saqlash muddati- qum ustidagi eritmaning rangi-
7- ISH. QUM TARKIBIDAGI MAYDA-YIRIK ZARRACHALAR MIQDORI VA
YIRIKLIK MODULINI ANIQLASH
Yiriklik moduli bo‘yicha qumning turlari.
Qum yirik-maydalik moduli bo‘yicha quyidagi turlarga
bo‘linadi: 1,0–1,5 mm gacha juda mayda qum, 1,5–2,0 mm gacha mayda qum, 2,0–2,5 mm gacha
o‘rtacha qum, 2,5–5 mm gacha yirik qum hisoblanadi.
Asbob va uskunalar.
Elaklar, tarozi.
Ishlash tartibi.
Qumning zarraviy tarkibini bilish uchun uni elab ko‘rish kerak. Massasi 2 kg
keladigan o‘rtacha namuna avval quritiladi, so‘ngra dumaloq ko‘zli va ko‘zining diametri 5 hamda 10 mm
bo‘lgan g‘alvirda elanadi. G‘alvirlardagi qoldiklar tarozida tortiladi, yirikligi 5-10 mm bo‘lgan (Gr
5
) va 10
mm dan yirikroq zarralar miqdori (Gr
10
) quyidagi formula bo‘yicha 0,1% gacha aniqlikda hisoblab
chiqariladi:
;
100
5
5
m
m
Гр
;
100
10
10
m
m
Гр
bu erda: Gr
5
- 5 va 10 mm yiriklikdagi qum zarralari miqdori, %;
Gr
10
– 10 mm dan yirik qum zarralari miqdori, %;
t - namunannng massasi, g;
t
5
, t
10
- ko‘zining diametri 5 mm va 10 mm bo‘lgan g‘alvirdagi qoldiq, g.
Ko‘zlari 5 mm diametrli g‘alvirdan o‘tgan namunadan 1000 g tortib olinadi va ko‘zlarini o‘lchami
kamaya borishiga qarab muayyan izchillikda ustma-ust o‘rnatilgan g‘alvirlardan o‘tkaziladi. Bunda
ko‘zlari dumaloq va diametri 2,5 mm bo‘lgan g‘alvir eng ustida bo‘lishi, ko‘zlari kvadrat, o‘lchami 1,25;
0,63; 0,315 va 0,14 mm li g‘alvirlar birin-ketin joylashishi lozim. G‘alvirdan toza qog‘ozga 1 minut
mobaynida tushgan qum miqdori namuna umumiy massasining 0,1% idan oshmasa, elash jarayoni
nihoyasiga etgan hisoblanadi. G‘alvirlardagi qoldiqlar tarozida tortiladi va har bir g‘alvirdagi xususiy
qoldiq quyidagi formula yordamida 0,1% aniqlikda hisoblanadi:
;
100
m
m
а
i
i
bu erda: a
1
-g‘alvirdagi xususiy qoldiq, %;
t
i
-berilgan g‘alvirdagi qoldiqning massasi, g;
t-elangan namuna qumning massasi, g.
So‘ngra har bir g‘alvirdagi to‘la qoldiq 0,1% gacha aniqlikda hisoblab topiladi. To‘la qoldiq A
i
ko‘zlari katta diametrli hamma g‘alvirlardagi xususiy qoldiqlar bilan belgilangan g‘alvirdagi qoldiqning
umumiy yig‘indisi sifatida quyidagi formuda yordamida aniqlanadi:
i
i
a
a
A
....
5
,
2
bu erda: a
2,5
+..+a
i
- ko‘zlari 2,5 mm diametrli g‘alvirdan boshlab barcha g‘alvirlardagi xususiy qoldiqlar,
%;
a
i
- belgilangan g‘alvirdagi xususiy qoldiq %.
ajratilgan o‘rtacha qum – ......kg 5 va 10mm zarrachalar miqdori -.......g.
sinash uchun olingan qumning massasi -.......kg
Elaklar ko‘zining
o‘lchami, mm
Elakdagi ayrim qoldiq, «a»
Elakdagi to‘la
qoldiq,«A»
Texnikaviy talablar
bo‘yicha to‘la qoldiq, %
g
%
2,5
0-20
1,25
15-45
0,63
35-70
0,315
70-90
0,14
90-100
0,14mm elakdan o‘tgani
Jami:
-
125 -
1-rasm. Qumning mayda-yirikligini ifodalovchi grafik.
Do'stlaringiz bilan baham: |