- 85 -
Atmosfera
muhitiga
chidamli
1
Ochiq maydonda ishlatiladigan turli
klimatik ta’sirlarga
chidamli qoplamalar
Atmosfera muhitiga
chegaralangan darajada chidamli
2
Isitilmaydigan xonalar va Yopmalar ostida
ishlatiladigan qoplamalar
Konservatsiyalovchi
3
Bo‘yaladigan yuzalarga vaqtinchalik
ishlatilgan qoplamalar
Suv muhitiga chidamli
4
Suv va suv bug‘i ta’siriga chidamli
qoplamalar
Maxsus
5
Maxsus xossalarga ega bo‘lgan qoplamalar:
rentgen nurlariga chidamli, nurlanadigan,
biologik
muhitiga chidamli va boshq.
Maxsus bo‘Yoq tarkiblarini quyidagicha davom ettirish mumkin: 6-moy va benzin muhitiga
chidamli, 7-kimyoviy muhitga chidamli, 8-termik (issiqlik) muhitga bardoshli, 9-elektr izolyasiyasi.
Bo‘yoq tarkiblarini markalashda bosh xarflar indeksi ishlatiladi: suv dispersiyali-VD,
organodispersiyali-OD, suvda aralashuvchan-V, poroshokli (kukunli)-P. Muayyan bo‘Yoq tarkibini
tavsiflash uchun misol keltiramiz: Emal XV-16, ya’ni perxlorvinilli emal (XV), 1-atmosfera
muhitiga chidamli, registratsiya raqami-6. Bo‘Yoq qoplamalarini markirovkalashda tashqi
ko‘rinishi sifati ham hisobga olinadi. GOST bo‘yicha bo‘Yoq qoplamalari defektlari turi va soni
jixatidan tashqi ko‘rinishi sifatiga nisbatan 7 klasslarga bo‘linadi: I-hech qanday defekt bo‘lishiga
ruxsat etilmaydi; II-VII-defektlar uzunligi, eni, diametri va ular orasidagi masofalarga bog‘liq
ravishda sonini hisobga olgan holda (dona/m
2
) ba’zi notekisliklar ruxsat etiladi; III-VII klasslarda
to‘lqinsimonlik ruxsat etiladi; V-VII klasslarda oqmalar va IV-VII klasslarda turli soyalar bo‘lishi
ruxsat etiladi.
Bo‘yoq tarkiblari qoplama usuliga nisbatan mo‘yqalamda suriladigan, pulverizatorda
sepiladigan, qurish sharoitiga ko‘ra sovuq va issiq sharoitda qoplama qatlami hosil qiladigan
turlarda bo‘ladi.
Bo‘yoq tarkiblari konsistensiyasiga (quyuqligi) ko‘ra suyuq, qovushoq, pastasimon, reologik
xususiyatlarga nisbatan strukturalanuvchi tizimga ta’luqlidir. Ularning quyuqlik darajasi sepish
usuliga mutanosib ravishda tayyorlanishi kerak.
Lok-bo‘yoqlarning quyuqligini (qovushoqligini) viskozimetrlar Yordamida o‘lchanadi va
sekundlarda (s) ifodalanadi. Ularning quyuqlanish davri qovushoqlikning orta boshlash vaqti bilan
belgilanadi.
Bo‘yoq tarkiblarning xossalarini aniqlash uchun metall Yoki shisha yuzasida yupqa qattiq
qatlam hosil qilinadi. Bo‘Yoq qoplamasi hosil bo‘lishi fizik-kimyoviy va kimyoviy jarayonlar
borishi, tarkibdan erituvchining bug‘lanishi Yoki suvli dispersiyalarning parchalanishi va boshqa
jarayonlar bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Bo‘yoq qoplamalar qotish jarayonining tugallanishini qattiqlik darajasi orqali aniqlash
mumkin. Lok-bo‘Yoq qoplamalarning qurish tezligi ularning sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Ular bu
jihatdan 5 bosqichli turlarga bo‘linadi. Zarurat bo‘lsa, lokbo‘Yoq qoplamalarning haroratdan
chiziqli kengayish koeffitsienti, egilishdagi mustahkamligi, agressiv qorishmalarga chidamliligi
kabi maxsus xossalari aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: