Qurilish materiallari va buyumlari



Download 2,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/119
Sana20.06.2022
Hajmi2,2 Mb.
#680245
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   119
Bog'liq
2 5199583182013337775

Sanoat bino karkaslari
uchun temirbeton ustunlar, kran osti to‘sinlari, tom to‘sinlari, fermalari 
va arkalari ishlatiladi.
Sanoat binolari ustunlari yaxlit va panjarali, bir va ikki konsolli turlarda M200-M500 markali og‘ir 
va yengillashtirilgan betonlar asosida ishlab chiqariladi. Ustunning balandligi sanoat binosi 
balandligiga mos ravishda, ko‘ndalang kesimining o‘lchamlari 300x300 mm dan 400x600 mm 
gacha va undan ortiq o‘lchamlarda kvadrat, to‘g‘ri burchak va tavr shaklida tayyorlanadi (3-rasm).
Kran osti to‘sinlari va konstruksion to‘sinlar tayanishi uchun chetki qator ustunlari bitta konsolli, 
o‘rta qatordagi ustunlar ikkita konsolli qilib ishlab chiqariladi. Ustunlar avvaldan taranglangan 
armatura va armatura karkaslari bilan armaturalangan bo‘ladi.
3-rasm. Yaxlit kesimli va ikki tarmoqli temirbeton ustunlar 
a-binoning tashqi qatori (bir 
konsolli); b-binoning ichki qatori (ikki konsolli). 
Kran osti temirbeton to‘sinlari M400-M500 markali betondan, armaturasi avvaldan 
taranglangan holda ishlab chiqariladi. To‘sin tavr kesimli bo‘lib, uzunligi ustunlar orasidagi 
masofalarga bog‘liq bo‘ladi va odatda 12m qilib tayyorlanadi.


- 54 - 
4-rasm. Temirbeton balkalar 
a-bir nishabli; b-ikki nishabli; v-segmentli. 
Kran osti to‘sinlari ustiga maxsus po‘lat relslar o‘rnatilib ko‘prik krani yurishiga mo‘ljallanadi. 
Tombop to‘sinlar bir va ikki nishabli, ko‘ndalang kesimi to‘g‘ri burchak, tavr va qo‘shtavr shaklida 
tayyorlanadi. To‘sinlar ishlab chiqarishda M400-M500 markali og‘ir va g‘ovak to‘ldirgichli yengil 
betonlar ishlatiladi. Ular sterjenli Yoki o‘rilgan avvaldan taranglangan armaturalar bilan 
armaturalanadi. To‘sinlar uzunligi 6, 9, 12 va 18 m (16.4-rasm).
5-rasm. YOpmalarning segmentli (a) va qiya kergisiz (b) temirbeton fermalar
Temirbeton fermalar tayanchlar orasidagi masofa 12, 18 va 24 m bo‘lganda tomlarni ko‘tarib 
turishga mo‘ljallangan. M400-M600 markali og‘ir va g‘ovak to‘ldirgich asosidagi yengil betondan 
armaturasi avvaldan taranglangan holda ishlab chiqariladi. Fermalarning kesimlari trapetsiya, 
uchburchak Yoki egri chiziqli segment shaklida bo‘lishi mumkin (5-rasm).
Sanoat binolarida ferma konstruksiyalarini ishlatish binoning xususiy massasini kamaytiradi, 
beton va metall armaturalarni tejaydi, seysmik mustahkamlikni ta’minlaydi.
Temirbeton arkalar tayanchlar orasidagi masofa 100 m va undan ortiq bo‘lgan sanoat binolari 
tomini Yopishda ishlatiladi. Arkalar yaxlit Yoki panjarasimon devorli qilib yasaladi va odatda 
ikkita yarim arkadan yig‘iladi.
Sanoat binolari isitilmaydigan va isitiladigan turlarga bo‘linadi.
Isitilmaydigan binolarning devor panellari uzunligi 6-12 m va eni 1,21,5 m o‘lchamlarda yassi 
va qobirg‘ali plitalar ko‘rinishida og‘ir, yengil va yacheykali betonlar asosida tayyorlanadi. 
Isitiladigan sanoat binolari plita va panellari g‘ovak to‘ldirgichli betonlar, gaz va ko‘pikbetonlar, 
yirik g‘ovakli betonlar, ikki va uch qatlamli konstruksiyalar asosida tayyorlanishi mumkin.
Plita va panel og‘ir betondan, o‘rtasiga yengil samarali issiqlik izolyasiyasi materiallari qo‘yib, 
uch qatlamli holda tayyorlanadi. Ularni isitiladigan sanoat binolari qurilishida ishlatish maqsadga 
muvofiq bo‘ladi.
Issiqlik izolyasiyasi materiali sifatida yarim bikr mineral paxta plitalari, ko‘pikpolimer plitalar, 
arbolit va boshqalar ishlatilishi mumkin.
Sanoat binolarida qavatlararo va tombop plitalar va panellar jamoat binolari qurilishida 
ishlatiladigan konstruksiyalar kabi konstruksiyalar qo‘llaniladi. O‘rta qator ustunlar qo‘yish 
imkoniyati bo‘lmagan sanoat bino va inshootlarda, sport komplekslari va sh.k. bino tomlarini 
Yopishda qobiq havoyi konstruksiyalardan foydalaniladi.
Qobiq konstruksiyalarda ikki Yo‘nalish bo‘yicha qobiqlar hosil qilingan bo‘lib, kuchaytirish 
maqsadida uzunasi bo‘ylab maxsus qobirg‘achalar muayyan masofalarda hosil qilinadi. Qobiq 
konstruksiyaning xususiy massasini kamaytirish uchun asosiy Yopma qismi armotsementdan
(to‘ldirgichsiz) tayyorlanadi.


- 55 - 

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish