12.3.2. Pigmentlar va to'ldirgichlar
Pigmentlar bo'yoq tarkiblariga rang berish, fizik-mexanik xossalarini yaxshilash, atmosfera va korroziya muhitiga bardoshliligini oshirish maqsadida qo'shiladi. Pigmentlar suvda, moyda va boshqa erituvchilarda'erimaydigan quruq kukunlardir. Ular bo'yoq tarkiblarga rang berishdan tashqari to'ldirgich vazifasini o'taydi. Pigmentlar kelib chiqishiga ko'ra mineral va organik, olinishiga nisbatan tabiiy va sun'iy klasslarga bo'linadi (12.2-jadval).
Tabiiy mineral pigmentlar tog' jinslarini, tuzlarni kukunlab, elab olinadi (12.2-rasm). Sun'iy mineral pigmentlar mineral xomashyoga termik ishlov berib tayyorlanadi (kuydirilgan oxra, umbra) yoki metall oksidlari asosida olinadi (ruxli belila, titanli belila va boshq).
12.2-jadval
Pigmentlarning hosil bo'lish tabiatiga ko'ra tasniflanishi
Pigmentlar
|
|
Mineralli
|
Organik
|
Metall kukunli
|
Tabiiy
|
Sun'iy
|
Во'г
|
Ruxli belila
|
Sariq pigment
|
Aluminiy
|
Ohak
|
Titanli belila
|
Och qizil
|
pudrasi (upasi)
|
Kaolin
|
Qo'rg'oshinli belila
|
pigment
|
Ruxchangi
|
Oxra
|
Quruq litopon
|
Qizil pigment
|
Oltin rangli
|
Mumivo
|
Ruxli kron
|
Havo rang
|
bronza
|
U mbra
|
Kuydirilgan umbra
|
pigment
|
|
Temirli
|
Saja
|
Tabiiy kinovar
|
|
sunk
|
Ruxli yashilrang
|
|
|
Marganets
|
Xrom oksidi
|
|
|
perikisi
|
Lazur
|
|
|
Grafit
|
|
|
|
12.2-rasm. Tabiiy mineral pigmentlar.
Hozirgi kunda oq pigmentlar ichida titan dioksidi belilasi zararsizligi va xususiyatlarining noyobligi bilan ajralib turadi. Litopon va ruxli belila bo'yoq tarkiblari tayyorlashda keng miqyosda ishlatiladi. Pigmentlar odatdagi kukun holatidan tashqari konsentrlangan pasta, emulsiya, mikrokapsula ko'rinishida olinadi.
Qo'rg'oshinli belila asosida bo'yoq tarkiblarini turar joy, ma'muriy- maishiy binolarda ishlatish maqsadga muvofiq emas.
Pigmentlarning dispersligi, yopuvchanligi, ranglash kuchi, nurga chidamliligi, moy sig'imi, atmosfera va ishqor muhitiga bardoshliligi asosiy xossalarini va ishlatilish sohalarini belgilaydi.
Pigmentning dispersligi bo'yoq tarkiblarining xossalarini belgilovchi ko'rsatkichdir. Disperslik ortgan sari pigmentning yopuvchanligi, ranglash kuchi va moy sig'imi oshib boradi. Pigmentning tarkibi bir-birini to'ldiruvchi fraksiyalardan iborat, ya'ni polidispers bolsa, bog'lovchining sarfi kamayadi va sifatli bo'yoq qoplamasi hosil boiadi.
Pigmentning yopuvchanligi- l m2 yuzani qoplash uchun bo'yoq tarkibidagi pigment (g) sarfi bilan o'lchanadi.
Pigmentning ranglash kuchi oq pigment bilan aralashtirilganda rangli tus berish xossasi bilan belgilanadi. Pigmentlarning yopuvchanligi va ranglash kuchi ularning turiga, tabiatiga va dispersligiga bog'liq.
Pigmentning nurga chidamliligi ultrabinafsha nurlar ta'sirida uzoq muddat rangini saqlab qolish xususiyati bilan ifodalanadi. Odatda, tabiiy mineral pigmentlar nur ta'siriga chidamli bo'ladi, organik pigmentlar esa ultrabinafsha nur ta'sirida vaqt davomida rangi va xususiyatlarini o'zgartiradi.
Pigmentning moy sig'imi 100 g pigmentni pastasimon holatga keltiruvchi olif miqdori (g) bilan o'lchanadi. Uning moy sig'imi dispersligiga va kukun donachalarining mikrog'ovakligiga bog'liq.
Pigmentning atmosfera muhitiga chidamliligi suv, kislorod, nordon gazlar, ho'llanish va qurishning almashishi, muzlash va erish kabi atmosferada yuz beradigan tabiiy jarayonlar ta'siriga uzoq muddat bardosh berishi bilan belgilanadi. Xususiy hollarda pigmentning ishqor muhitiga chidamliligi talab etiladi. Tabiiy pigmentlar va ko'pchilik sun'iy pigmentlar ishqoriy muhitlarga chidamli bo'ladi. Xrom oksidi, titanli belila, grafit va shu kabi kislotali muhitlarga bardoshli bo'ladi.
To’ldirgichlar bo'yoq tarkiblariga pigmentlarni tejash, muayyan yangi xususiyatlar berish maqsadida kiritiladi. Ma'lum bir turdagi dispers to'ldirgich bo'yoqning mustahkamligini, korroziya bardoshligini, olovbardoshligi va shu kabi xususiyatlarni yaxshilashi mumkin. To`ldirgichlar sifatida talk, kaolin, kvars, asbest, sluda, diatomit, ohaktosh, bo'r, polietilen, polipropilen, polivinilxlorid kabi termoplastik polimer kukunlari va boshqalar ishlatiladi.
Pigmentlar va to'ldirgichlar bir-biriga tabiati jihatidan mos kelishi va polistruktura hosil qilishi bo'yoq tarkiblarining xususiyatlarini mukammal bo'lishini kafolatlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |