Jamoat binolari karkaslari M200-M500 markali og'ir va g'ovak to`ldirgichlar asosidagi yengil betonlardan temirbeton ustunlar, to'sinlar va boshqalar tayyorlanadi. Ustunlar uzunligi binoning ikki qavatiga mo'ljallangan bo'ladi. To'sinlar maxsus quyma detallarni payvandlab ustunlar bilan biriktiriladi. Devor bloklari M50, M100 markali yengil betonlardan (pm<1200 kg/m3) yaxlit
yoki ichi kovakli tayyorlanadi. Ularning o'lchamlari unifikatsiyalashtirilgan bo'lib, binoning seriyasiga moslashtiriladi. Jamoat binolari tashqi va ichki devorlari uchun panellar ishlab chiqariladi.
Isitiladigan jamoat binolari tashqi panellari M50-M100 markali g'ovak to'ldirgichlar asosidagi yengil betonlardan (pm=700-1000 kg/m3) va M35-M5O g'ovak betonlardan (pm=550-700 kg/m3) bir qatlamli tayyorlanadi. Panellarning uzunligi 3600 va 7200, balandligi 2900 va qalinligi 400 mm.
Ularning o'ng yuzasi manzarali qorishmalar qatlami, chaqiqtosh, keramik plitkalar va ob-havoga chidamli bo'yoqlar kompozitsiyalar bilan bezatiladi.
Ichki devorlarning panellari Ml00-M300 markali og'ir, yengil va yacheykali betonlardan tayyorlanadi. Ularning qalinligi betonning turi va markasi, ta'sir etadigan yukka qarab 120-160 mm bo'ladi (7.1-rasm). Qavatlararo plita va panellar uzunligi 3-6,5 m gacha bo'ladi. Panellar xonaning to'rtta devoriga suyanadigan o'lchamlarda ishlab chiqariladi. Ularning qalinligi 160 mm. Plitalar qalinligi 220 mm, eni 1,6-2,4 m bo'ladi.
Qavatlararo plita va panellar M200 va M300 markali og'ir va g'ovak to'ldirgichli yengil betonlardan yassi yaxlit hamda yumaloq, oval kovakli hamda qobirg'ali tayyorlanadi. Bo'shliqlar plita va panellar massasini kamaytiradi, issiqlik va tovush izolatsiyasi xossalarini yaxshilaydi, beton sarfini kamaytiradi.
Tombop yopma konstruksiyalar jamoat binolari qurilishida strapila to'sin, plita, panel sifatida ishlatiladi. Strapila ustunlari va to'sinlari M300 og'ir va yengil betondan 6 m uzunlikda bir nishabli tayyorlanadi. Tombop yopma panellar va plitalar M200-M300 markali og'ir va yengil betondan yassi va qobirg'ali tiplarda (uzunligi 6 m, eni esa 1,5-3 m) tayyorlanadi. Tombop yopma plitalarning qobirg'alari ichki va tashqi tomonlarga bo'rtma bo'ladi. Tashqariga bo'rttirilgan qobirg'a baland bo'lmay. ustiga choklarni berkitishga mo'ljallangan maxsus temirbeton yopma qobirg'ali plitalar kiydi-rishga mo'ljallangan, Tombop bunday yig'ma temirbeton konstruksiya choklardan suvning sizib kirishining oldini oladi.
1200>
Do'stlaringiz bilan baham: |