Rezinali linoleum (relin) ikki qatlamli o'rama material bo'lib, pastki qatlami avval ishlatilgan rezina kukuni va neft bitumi, asbest va ip-gazlama dispers armaturalardan ozgina miqdorda qo'shilgan, vulkanizatsiyalangan aralashmasi qotishmasidan iborat. Relinning yupqa (1-1,5 mm) va mustahkam ustki qismi sintetik kauchuk asosida kukun to'ldirgich qo'shib tayyorlangan rangli rezinadan tashkil topgan. Relin uzunligi kamida 12 m, eni 1-1,6 m va qalinligi 3 va 5 mm o'rama holda chiqariladi. Relin issiq va tovush izolatsiyasi xususiyatiga ega bo'lishi uchun qalinligi 4-6 mm li yacheykali g'ovak asosda tayyorlanadi. Relin jamoat va sanoat binolari, yordamchi xonalar hamda boshqa agressiv muhit ta'sirida bo'ladigan xonalarning pollari ustiga qoplanadi.
Tukli sintetik gilam ikki qatlamli o'rama material bo'lib, ustki qatlami ko'pirtirilgan issiqlik izolatsiyasi tabiiy va sintetik polimerlar (poliuretan) hamda latekslardan iborat. Gilam qoplamaning umumiy qalinligi 8 mm, kapron tukning balandligi 3 mm, ko'pirtirilgan asos balandligi 5-6 mm. Gilam uzunligi 12 m gacha, eni 1-4 m gacha va qalinligi 8 mm bo'lgan holda turli rangda tayyorlanadi.
Tukli sintetik gilam issiqlik izolatsiyasi va tovush yutuvchi, yedirilishga bardoshli, mustahkam, namlab tozalash mumkin bo'lgan material. Asosiy xususiyatlaridan biri, olov ta'sirida yonmasdan, faqat eriydi. Sintetik gilam xonaga quruqlayin to'shaladi va hartomonidan maxsus profilli plintuslar bilan mahkamlanadi. Ular asosida mehmonxonalar, auditoriyalar, kinokonsert zallari, teatr binolarining pollari qoplanadi.
Tukli-tikma (tafting) noto'qima gilamlar eni 450 sm gacha bo`lgan ilmoq yoki qirqma tukli mato yoki poyandozdan iborat bo`lib, ma'muriy, turarjoy va boshqa binolar pollarini qoplashda ishlatiladi. Igna-namat gilamlar sintetik tolalarning bitta yoki bir necha qatlamlaridan iborat o'rama materialdir, qalinligi 2-6 mm ni tashkil etadi.
Vorsalin (tukli linoleum) noto'qima ikki qatlamli o'rama material bo'lib, yuzaki qatlamli eshilgan polipropilendan qilingan sirtmoq tukdan, ostki qatlami esa polivinilxlorid polimeri o'ramasidan iborat. Vorsalinning uzunligi 12-20 m, eni 1 m va qalinligi 4-6 mm, o'rama material sifatida tayyorlanadi. Sirtmoq tukning rangiga qarab vorsolin turli ranglarda boiadi. Vorsalin yuqori sifatli issiqlik izolatsiyasi va tovush yutuvchi, yedirilishga chidamli, gigiyena talablariga javob beruvchi mahsulot. U xona asosiga quruq holda yotqiziladi va har tomondan maxsus plintuslar bilan mahkamlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |