Nazorat savollari
1. Betonning kompozitsion strukturasini tushuntirib bering.
2. Betonlarni klassifikatsiyalab bering.
3. Beton to‘ldirgichlariga qo‘yiladigan texnik talablar nimalardan iborat?
4. Betonning qulay joylanuvchanligi bo‘yicha klassifikatsiyasini ayting.
5. Betonning asosiy xossalarini aytib bering.
6. Beton qorishmasi texnologiyasining asosiy jihatlari qaysilar?
7. Beton qorishmasini qanday zichlashtirish usullarini bilasiz?
8. Beton qotishini tezlashtirish usullari qanday?
9. Quruq issiq iqlim sharoitida beton texnologiyasi qanday bo‘ladi?
10. Qishda beton quyish texnologiyasi jihatlarini ayting.
11. Yengil betonlarning klassifikatsiyalab bering.
12. Yengil betonlarning asosiy xossalarini ayting.
13. Yacheykali betonlarning qanday turlarini bilasiz?
14. Betonning maxsus turlarini va ularning ishlatilishi qanday?
VII ВОВ
TEMIR-BETON KONSTRUKSIYALAR
Tayanch iboralari: po‘lat armatura, shishaplastik tolali armatura, temirbeton, yengil temirbeton, mustahkamlik, deformativlik, yig‘ma temirbeton, monolit temirbeton, fundament bloklari, devorbop konstruksiyalar, kolonnalar, rigellar, plitalar.
7.1. Umumiy ma'lumotlar
Temirbeton qurilish konstruksiyasi bo`lib, beton matritsadan va po'Iat armatura karkasidan iborat kompozitsion buyumdir. U jamoat va sanoat binolari hamda transport qurilishida, gidrotexnik inshootlar va boshqa maxsus obyektlar qurilishida keng miqyosda ishlatiladi. Monolit va yig'ma temirbeton konstruksiyalarni bino hamda inshootlar qurilishida ishlatish mehnat unumdorligini oshiradi, qurilish muddatini qisqartiradi va tannarxini pasaytiradi. Betonning cho'zilishdagi mustahkamligi siqilishdagi mustahkamligiga nisbatan bir necha o'n barobar kamdir. Shu sababli temirbeton konstruksiyalarning cho'ziluvchi qismi po'lat armaturalar bilan kuchaytiriladi,
Beton va po'Iat armaturaning yaxshi tishlashishi hamda harorat ta'sirida chiziqli kengayish koeffitsiyentlarining yaqinligi temir-betonni bir butun tizim bo'lib ishlashini ta'minlaydi. Beton po'lat armaturani ob-havo ta'sirida korroziyalanishdan saqlaydi.
Sementli kompozitlarni po’lat armaturalari bilan armaturalashda o’rtacha 200 kg po’lat armaturalari ishlatiladi. Chet el tajribalarida Hatchek jarayoni yordami bilan tolali – sementli kompozitlarni ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Bu bilan mualliflar po’lat armaturalarni o’simlik tolalari bilan almashtirish ekologik samarali qurilishga ko’proq erishish uchun muhim qadam ekanligini ta’kidlashgan. Bir tomondan sementli kompozitlarni po’lat armaturalar bilan armaturalash juda qimmat material xisoblanadi va yuqori energiya sarflanadi va shu bilan birga o’simlik tolalari yer yuzining deyarli barcha hududlarida uchraydi. Ammo quyida keltirilgan o‘simliklar tropic o‘simliklar bo`lganligi uchun ularni O`zbekiston xududida qo`llash maqsadga muvofiq emas. Biroq ularni O`zbekiston xududida o`suvchi o‘simliklar bilan o`zgartirib tajriba sinovlarini o`tkazish maqsadga muvofiqdir.
O’simlik tolalari yacheyka strukturali, tabiiy kompozitsion material xisoblanadi.
Quyida o‘simlik tolalarining tarkibi va xossalari keltirilgan (13.1-2- jadvallar).
Do'stlaringiz bilan baham: |