Qurilish materiallari


Beton tayyorlash uchun materiallar



Download 11,91 Mb.
bet70/234
Sana03.06.2022
Hajmi11,91 Mb.
#631778
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   234
Bog'liq
87335e24eba21a87db21910cfd00a2cb QURILISH MATERIALLARI

6.2. Beton tayyorlash uchun materiallar
Betonning fizik-mexanik, deformativ xossalari uni tashkil etuvchi komponentlarning aynan shunday xossalariga mos bo'ladi.
Sement. Beton tayyorlashda portlandsement va uning turlari, shlakli, pussolanli, giltuproqli va boshqa sement turlari ishlatiladi.
Sementning markasi betonning markasiga nisbatan quyidagi mutanosiblikda belgilanadi:



Beton
markasi

M150

M200

M250

M300

M350

M400

M450

M500

M600
va yuqori

Sement markasi

M 300

M300 M400

M400

M400 M500

M400 M500

M550 M600

M550 M600

M600

M600



Sement markasi muayyan beton markasi uchun tavsiya etilganidan yuqori bo'lsa, sement tarkibiga maydalab tuyilgan aktiv minerallar qo'shilishi kerak. Yuqori aktivlikdagi sementlar kabi gadiatomit, trepel, opoka, gliyej kabi tabiiy, domna va yoqilg'i shlaklari, kullar va shu kabi qo'shilib sement tejaladi.
Mayda to'Idirgich. Barcha tabiiy va sun'iy tosh materiallarning 0,15-5 mm fraksiyasi mayda to'Idirgich - qum sifatida ishlatiladi.
Oddiy og'ir beton tayyorlashda tog' jinslarining tabiiy yemirilishidan hosil bo'lgan yoki qattiq tog' jinslarini maxsus mashinalar yordamida maydalab saralangan qumlar ishlatiladi. Qum donachalari mineral tarkibi, asosan, kvars, dala shpati, kalsit, sluda kabi vulkanik tog' jinslaridan iborat, ohaktosh, dolomit kabi cho'kindi tog' jinslari kamroq bo'ladi.
Beton tayyorlashda daryo, dengiz qumlari yoki tog' qumlari ishlatiladi. Daryo va dengiz qumlari donalari silliq yuzali oval shaklda bo'lib, loy bilan ifloslangan bo'lishi mumkin. Tog' qumlari donalari serqirra shaklda bo'lib, tarkibida changsimon aralashmalar bo'ladi. Qum zich tog' jinslar shlaklar maydalab olinganida, serqirra va yuzasi g'adir-budur donachalar hosil bo'ladi. Maydalab olingan qumlar tabiiy hosil bo'lgan qumlarga nisbatan toza bo'ladi. Yuqori sifatli beton tayyorlash uchun qumlarni yuvib va quritib ishlatiladi. Betonning sifati mayda to`ldirgichning mineral va donador tarkibiga, gil tarkibida loyli aralashmalar miqdoriga, organik aralashmalar mavjudligiga bog'liq.




Elak teshiklari diametri, mm


6.1-rasm.Qumni donador tarkibining grafigi.

Qum 0,15-5 mm fraksiya oralig'ida turli o'lchamdagi donalardan iborat bo'lishi zarur. Bunda qumning oraliq bo'shliqligi kam bo'lib, undan tayyorlangan beton esa zich strukturaga ega bo'ladi. Qumning donador tarkibi quritilgan qumni (1000 g) standart elaklar yig'ilmasidan o'tkazish usulida aniqlanadi. Elaklar yig'ilmasi 5; 2,5; 1,25; 0.63; 0,315; 0,14 mm ko'zli elaklardan iborat. Qum tarkibida 5-10 mm qum-tosh aralashmasi 5% dan oshmasligi, 10 mm dan yirik donalar bo'lmasligi shart (6.2-jadval).



Download 11,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish