Klinkerni maydalash quvursimon sharli tegirmonlarda amalga oshiriladi. Sharli tegirmon ichki tomondan mustahkam zirhli po'lat bilan qoplangan bo'lib, 2–4 bo'lmadan iborat. Katta tegirmon-laming o'lchamlari 3,95x11 m yoki 4,6x16, 4 m bo'lib, soatiga 100 va 135 tonna klinkerni maydalaydi.
Tegirmonda klinkerni maydalash shar yoki silindrchalarning tegirmon ichida ma'lum masofaga ko'tarilib tushishiga va dumalashiga asoslangan. Klinkerni po'lat sharlar yirikroq, silindrchalar esa maydaroq tuyushga mo'ljallangan. Bu tegirmonlar to'xtovsiz ishlashga mo'ljallangan bo'lib klinker bir tomondan ichi bo'sh val orqali tegirmon ichiga kiritiladi va ikkinchi tomondan tuyulgan sement chiqarib olinadi. Tuyulgan sement maxsus nasoslar yordamida siloslarga yuboriladi.
Yopiq siklda ishlaydigan tegirmonlarda yetarli darajada tuyulmagan sement zarralari markazdan qochuvchi prinsipda ishlaydigan separatorlarda ushlab qolinib, qaytadan teginnonga yuboriladi. Bu usulda sement 4000–5000 sm2/g solishtirma yuzagacha maydalanadi. Yopiq sikl usuli tez, o'ta tez qotuvchan va maxsus sement turlarini olishda ishlatiladi.
Sement klinkeri maydalanayotganda tegirmonga 3.5% gacha gips va 15% gacha gidravlik qo'shimchalar kiritiladi. Tayyorlangan sement temirbeton siloslarda saqlanadi. Siloslar diametri 8–15m, balandligi 25-30 m, sig'imi esa 4000-10000 t gacha bo'ladi.
Sement qog'oz yoki polietilen qoplarda (50 kg gacha) yoki sement tashuvchi vagonlarda yoki avtomobillarda tashiladi. Portlandsement ishlab chiqarish texnologiyasi 5.4-rasmda berilgan.
Qotish jarayoni. Sement suv bilan aralashtirilganda mayin yelimsimon modda hosil bo'ladi va quyuqlashib qota boshlaydi. Sementning quyuqlanish davri 5–10 soat davom etadi, so'ng kristal-lanish davri boshlanadi. Sement gidrominerallarining kristallanishi muayyan sharoitda yillab davom etadi. Sement gidratatsiyasi murakkab fizik-kimyoviy jarayonlardir. Sement klinkerining har bir minerali suv bilan birikib gidrominerallar hosil qiladi.
Gidratatsiya jarayonining boshlanish bosqichida alit suv bilan reaksiyaga kirishib kalsiyli gidrosilikat va Ca(OH)2 hosil bo'ladi:
2(3CaO-SiO2)+6H2O=3CaO∙2SiO7∙3H2O+3Ca(OH)2
Belitning suv bilan reaksiyasi quyidagicha:
2(2CaOSiO2)+4H2O=3CaO∙2SiO2∙3H2O+Ca(OH)2
Uch kalsiyli aluminatning suv bilan reaksiyasi quyidagicha:
3CaO∙Al2O3+6H2O=3CaOAl2O3∙6H2O
Sementning qotishini sekinlashtirish uchun 3–5% (sement massasiga nisbatan) tabiiy gips klinker tuyulayotganda kiritiladi. Kalsiy sulfati uch kalsiyli aluminat bilan suv ishtirokida birikib kalsiy gidrosulfoaluminatni (ettringit minerali) hosil qiladi:
3Ca0∙Al2O3+3(CaS04∙2H2O)+26H20= =3CaO∙Al2O3∙3CaSO4∙32H2O "
Ca(OH)2 ga to'yingan qorishmada ettringit kolloid eritma holatida 3CaOAl2O3 yuzasini qoplaydi, gidratatsiya jarayoni natijasida sementning qotishini sekinlashtiradi.
Ettringit minerali hosil bo'lishi sement toshining boshlang'ich mustahkamligining oshishiga sharoit yaratadi.
To'rtkalsiyli alumoferrit suv bilan birikib gidroaluminat va gidroferrit hosil qiladi:
4CaO∙A12O3∙Fe2O3+mH2O = 3CaO∙Al2O3 ∙6H2O+CaO∙Fe2O3 ∙ nH2O
Hosil bo'lgan gidroferrit sement geli tarkibini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |