Qurilish materiallari


Issiq bitum-mineralli mastikalar



Download 11,91 Mb.
bet144/234
Sana03.06.2022
Hajmi11,91 Mb.
#631778
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   234
Bog'liq
87335e24eba21a87db21910cfd00a2cb QURILISH MATERIALLARI

Issiq bitum-mineralli mastikalar bitum bog'lovchi tarkibiga 30-64% mineral kukunlar kiritib tayyorlanadi. Ular qurilish konstruksiyalari, gidrotexnik inshootlar choklarini berkitishda quyma kompozitsiya sifatida ishlatiladi.
Sovuq asfalt mastikalar bitum-ohakli pastani mineral kukun bilan sovuq holatda aralashtirib tayyorlanadi. Ular sovuq gidroizolatsiyada va deformatsion choklarni berkitishda ishlatiladi.
Gidrofob gazoasfalt bitum-ohakli pastaga 10-15% sement va gaz hosil qilish uchun aluminiy kukuni qo'shib olinadi. U kompleks tom yopma panel konstruksiyalari tayyorlashda va quvurlarni issiqlik gidroizolatsiyalashda ishlatiladi.
Antikorrozion bitumli mastikalar qurilish konstruksiyalari va quvurlarni agressiv muhitlardan himoyalashda ishlatiladi. Mastika eritilgan, qiyin eriydigan bitumlar va mineral kukun to'ldirgichlar asosida tayyorlanadi. Ular kislota va ishqorlar eritmalariga, azot oksidlariga, oltingugurt gazi, ammiak va kislota bug'lari (60°C), tuz eritmalari va boshqa agressiv muhitlarga chidamli bo'ladi.
Bitum-rezinali mastikalar neft bitumlari, rezina kukuni va modifikatorlar asosida olinadi, issiq va organik erituvchilar qo'shilib sovuq holda tayyorlanadi. Ular yerosti metall quvurlarni gidroizolatsiyalashda ishlatiladi.
Bitum-polimerli mastikalar neft bitumlari va kauchuklar yoki sintetik polimerlar va mineral kukun to'ldirgichlarni sinchiklab aralashtirilib tayyorlanadi. Kauchuk va polimerlar mastikalarning issiqqa bardoshliligini va sovuqda elastikligini ta'minlaydi. Ular qurilish konstruksiyalarini korroziya muhitidan himoyalash uchun ishlatiladi.


10.5.3. Emulsiya va pastalar


Bitum va qatron emulsiyalari bitum va qatron bog'lovchilarni o'lchamlari 1 mkm bo`lgan zarrachalarining suv muhitidagi dispersiyasidir. Emulsiyaning turg'unligini ta'minlash uchun dispersiya tarkibiga sirt-tarangligini kamaytirish maqsadida sirt- aktiv moddalar kiritiladi. Emulgatorlar sifatida naften, sulfonaften, smolali organik kislotalar sovunlari va shu kabilar ishlatiladi. Qattiq emulgator sifatida o'ta mayda giltuproq ohak, sement, toshko'mir, qurum va boshqa dispers sistemalar ishlatiladi.
Emulsiya dispergatorlar, gomogenizatorlar, ultratovush uskunalarda tayyorlanadi. Bitum (qatron) emulsiyasi tayyorlash quyidagi jarayonlardan iborat: bitum (qatron) 50-120°C eritiladi, emulgator tayyorlanadi, emulgatorning suvdagi eritmasi qo'shilgan suv muhitida organik bog'lovchi dispersiyalanadi. Emulsiya tarkibidagi bitum (qatron) 50-60% ni tashkil etadi. Suvda eriydigan emulgatorlar 3% gacha, qattiq emulgatorlar 5-15% gacha qo'shiladi.
Pastalar bitum (qatron) emulsiyasi yoki organik erituvchilardagi eritmalarga o'ta mayda (changsimon) mineral kukunlar sinchiklab aralashtirilib tayyorlanadi. Pastalar yuqori konsentratsiyadagi emulsiya va qattiq emulgatorli emulsiyalarni kerakli quyuqlikkacha suv bilan aralashtirib olinadi.
Emulsiyalar bitumli (qatronli) o'rama materiallarni yelimlashda, gidroizolatsiya va paroizolatsiya qoplamalari olishda, asfalt (qatron) qorishmalari va betonlari tayyorlaslida ishlatiladi.
Lok-bo'yoq qoplamalar bitumlar va organik yog'larni organik erituvchilarda eritib tarkibiga aluminiy kukuni kiritib issiqqa bardoshli bo'yoqlar tayyorlanadi. Bitumli lok-bo'yoqlar sanitariya-texnika uskunalarini, qurilish konstruksiyalarini gidroizolatsiya-lashda ishlatiladi.



Download 11,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish