9.8-rasm. Gipskarton listi.
9.1-jadval
Gipskarton listi turlari
№
|
Nomi
|
Rangi
|
kartoni
|
markirovkasi
|
1.
|
Oddiy (GKL)
|
Kul rang
|
Havorang
|
2.
|
Namlikka chidamli
|
Yashilrang
|
Ha vo rang
|
3.
|
Ochiq alanga ta'siriga yuqori bardoshli
|
Kul rang
|
Qizil
|
4.
|
Ochiqalangata'sirigavanamlikkayuqoribardoshli
|
Yashilrang
|
Qizil
|
9.2-jadvat
GKL turlari bo'yicha o'lchamlari
Nomi
|
Qalinligj, mm
|
Eni, mm
|
Uzunligi, mm
|
GKL
|
8; 9,5; 12,5; 14; 16
|
1200
|
2000 dan 4000 gacha
|
18 yuqori
|
600
|
GKLV
|
10; 12,5; 14; 16
|
1200
|
GKLO
|
12,5; 14,16
|
600
|
GKLVO
|
12,5; 14,16
|
1200
|
va 2 holatlardagi qirralar singari choklarni berkitishni hisobga olgan
holdagi universal qirra;
qirrasi aylana shaklida (3K), keyinchalik suvoq ishlarini nazarda tutgan holda mahkamlash uchun. Yuza tomoni qirrasi ingichkalashtirilgan uzunligi 2500, 3000 mm, eni 1200 mm,qalinligi 9,5 va .12,5 mm gipskarton listlari ko'p tarqalgan. Shpaklovka qilingan tekis yuza hosil qilish uchun list oxiri ingichkalashtirilgan bo'lib, mustahkam va bilinmas chok hosil bo'lishi ta'minlangan. Yarim aylanali qirra armaturalovchi tasma ishlatmasdan choklarni berkitisltga imkon beradi.
KLV va GKLO lar namligi yuqori xonalarni bezashda ishlatish uchun mo'ljallangan bo'lib, suv shimuvchanligi 10% kam bo'lishi kerak. Oddiy GKL suvda yumshash koeffitsiyenti Kr- 0,45 bo'lib, ular suv shimganda mustahkamligi keskin pasayishidan darak beradi.
GKLO va GKLVO listlarining ochiq alanga ta'siriga chidamliligi 200°C dan kam emas. GKL, GKLV, GKLO va GKLVO listlari yonuvchan P guruhiga kiradi. (ГОСТ 30244) alangalanuvchi V3 (ГОСТ 30402); tutun hosil qilish xususiyati bo'yicha Dl (ГОСТ12.1.044); taqsimlovchi xususiyati bilan Tl (ГОСТ 12.1.044).
Tomon o'lchamlariga ruxsat etilgan o'zgarishlar va tashqi nuqsonlar soni ГОСТ 6266 - 97 talabi bo'yicha quyidagi ikki A va В guruhga bo'linadi. A guruhi bo'yicha listlarni tayyorlash aniqligi yuqori sanaladi.
GKL quyidagicha shartli belgilanadi: harf belgilari (GKL); lisl guruhlari belgilari (A va B); ko'ndalang qirra belgilari tipi (LJK); nominal uzunligi, eni va qalinligini ifodalovchi raqamlar (mm); Rossiya va Germaniya standartlari belgilari. Oddiy gipskarton listining shartli belgilariga misol: GKL - A - UK -2500 x 1200 x 12,5 ГОСТ 6266 - 97 DIN 18180.
GKL massasi o'rtacha 10 kg/m3 bo'lib, uning turiga va list qalinligiga bog'liq (9.3-jadval).
9.3-jadval
GKL binolarning ichki interyerini, ya'ni devor, eshik va rom chetlarini, xonalararo pardevorlar, osma shiftlar barpo etishda ishlatiladi. GKL va GKLO turlari quruq hamda namlik rusumdagi xonalarda, GKLV va GKLVO - quruq, normal, nam va yuqori namlikdagi xonalarni harakatdagi qurilish teplotexnikasi bilan mutanosib ravishda bezashda ishlatiladi.
GKLV va GKLVO rusumdagi listlarni nam va o'rta nam xonalarni bezashda ishlatilganda ularning yuzalarini suvga chidamli gruntovka, shpaklovka, bo'yoq, keramik plitka yoki poliviniloxlorid qoplamalar asosida himoyalash maqsadga muvofiqdir. Ushbu xonalar qurilish me'yorlari va qoidalarida ko'zda tutilgan shamollatish tizimlari bilan ta'minlanishi kerak. Yong'in havfi yuqori bo'lgan binolarda metall va yog'och konstruksiyalarni GKLO yoki GKLVO bilan qoplash maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |