Qurilish materiallari



Download 11,91 Mb.
bet125/234
Sana03.06.2022
Hajmi11,91 Mb.
#631778
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   234
Bog'liq
87335e24eba21a87db21910cfd00a2cb QURILISH MATERIALLARI

9.3. Gips asosidagi buyumlar
Gips boglovchisi ishlab chiqarish xomashyo zaxirasining ko'pligi va energiyani boshqa turdagi bog'lovchi nisbatan kam talab qilishi, buyumlar tayyorlash siklining qisqaligi gips asosida yirik o'lchamli yig'ma elementlar olishga imkon beradi. Gips bog'lovchisining oq rangda bo'lishi, tarkibiga pigmentlar kiritib, istalgan rangdagi buyumlar olishga imkon yaratadi. Gips buyumlami oson arralash, teshish, qoqish va boshqa mexanik ishlov berish mumkin. Gips buvumlarning eng afzal xususivatidan biri uning ekologik tozaligidir. Gips asosidagi buyumlarning asosiy kamchiliklariga suv muhitida chidamsizligi, nam ta'sirida kuch ostida vaqt bo'yicha plastik deformatsiyaning me'yordan oshib ketishidir.
Gips buyumlar xossalarini yaxshilash uchun tarkibiga mineral va organik modifikatorlar, mayda va yirik to'ldirgichlar qo'shiladi.
Gips va gipsbeton buyumlar ishlab chiqarishda yuqori markadagi gipslar va gips - shlakli, gipssementpussolanli murakkab bog'lovchilar ishlatiladi.


9.3.1. Poydevor uchun plitalar va panellar
Poydevor uchun plitalar gips xamiridan tayyorlangan gipsli va to'ldirgichlar qo'shilgan gips qorishmasi va gipsbetondan tayyorlanadi. Gips plitalar o'rtacha zichligi qorishma tarkibi va zichlashtirish usuliga bog'liq boladi va o'rtacha 1100-1300 kg/m3 ni tashkil qiladi. Gips plitalari 800x400 va 1500x400 mm (gipsqamishli) o'lchamlarda, qalinligi 80-100 mm bo'ladi.
Siqilishdagi mustahkamligi 3-4 MPa, namligi massasi bo'yicha ko'pi bilan 8% ni tashkil qiladi.
Gips plitalar ishlab chiqarish quyidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi: gips, to'ldirgichlar, suv, qotishni sekinlashtiruvchi (yoki tezlashtiruvchi) qo'shimchalar va plastifikatorlarni dozirovkalash; gipsqorishmasi qorgichda qorishma tayyorlash; buyumni qoliplash va quritish. Gips plitalar quyma, titratish va presslash kabi zichlash­tirish usullarida qoliplanadi (9.6-rasm).
Gips va qipiq (yoki boshqa to'ldirgichlar) kovshli elevator vositasida bunkerlarga solinadi, so'ngra dozalanib, aralashtirgich shnekka tushiriladi, qorishma shnekda aralashgach, gips qorishmasi qorgichga yuboriladi, u yerda qorishma suv bilan maromiga yetguncha aralashtiriladi. Tayyorlangan qorishma karusel mashinaga joylashtirilgan qoliplarning bo'shiga quyiladi, stol bitta pozitsiyaga buriladi va keyingi bo'sh qolipga qorishma quyiladi, buyumlar qoliplarda qotiriladi. Qoliplardan olingan plitalar maxsus mexanizm yordamida transporterga tushiriladi va buyum vagonetkalarda tunnelli quritkichga yuboriladi.






Download 11,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish