Qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalari ishlab chiqarish



Download 20,24 Mb.
bet105/166
Sana17.03.2023
Hajmi20,24 Mb.
#919930
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   166
Bog'liq
УМК БТБТ 21 asosiy

Suv o‘tkazmaslik. Temir-beton konstruksiyalar qalinligi 200 mm dan ortiq bo‘lganda zich beton odatda, suv o‘tkazmaydi. Betonning bu xossasi suv o‘tkazuvchanlik darajasi, ya’ni suv hali beton namunasidan sizib o‘tmaganda uning eng kichik bosimi bilan harakterlanadi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha betonlar 12 ta markaga: V2, V4, V6, V8, V10, V12, V14, V16, V18, V20, V25 va V30, ya’ni tegishlicha kamida 0,2; 0,4; 0,6; 0,8 va hokazo bosimga (3 MPa gacha) bardosh bera oladigan betonlarga bo‘linadi.
Betonning suv o‘tkazmasligini oshirish uchun maxsus qoplamalar, masalan, plastmassalardan tayyorlangan yupqa parda yoki zichlovchi qo‘shimchalar qo‘llaniladi. Kengayadigan sementlar ishlatilganda betonning suv o‘tkazmasligi ancha ortadi.
Sovuqqa chidamlilik. Foydalanish jarayonida doimo suv va manfiy haroratlar ta’siriga uchraydigan beton va temir-beton konstruksiyalarning chidamliligi betonning sovuqqa chidamliligiga bog‘liq bo‘ladi.
Sovuqqa chidamliligi jixatdan og‘ir beton SCH 50, 75, 100,150,200 va hokazo, SCH 700 gacha (raqamlar muzlatish va eritish sonini ko‘rsatadi) markalarga bo‘linadi. Sovuqqa chidamliligi bo‘yicha beton markasi konstruksiya turi, inshoot sinfi va undan foydalanish sharoitlariga qarab belgilanadi. Turar joy va sanoat binolari uchun betonning sovuqqa chidamliligi, odatda SCH 50 marka bilan harakterlanadi. Lekin gidrotexnik inshootlarda, ko‘priklarning tayanchlari va boshqalarda foydalaniladigan betonlarning sovuqqa chidamliligiga ancha yuqori talablar qo‘yiladi.
Betonning sovuqqa chidamliligi ishlatiladigan sement turiga, to‘ldirgichlar sifatiga, beton zichligi va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi.
Kirishish va kengayish. Gidravlik bog‘lovchilar asosida tayyorlangan betonlar (kirishmaydigan va kengaymaydigan sementlar asosida tayyorlangan betonlar bundan istisno) hajman o‘zgaradi. Beton havoda qotganda kirishadi, nam sharoitlarda qotganda esa u xajmi umuman o‘zgarmaydi yoki bir oz shishadi. Og‘ir betonning kirishish kattaligi beton inshootning 1 m uzunligiga odatda taxminan 0,15 mm ni tashkil qiladi. Betonning kirishishi natijasida og‘ir va katta o‘lchamli konstruksiyalarda darzlar hosil bo‘lishi mumkin, bu esa o‘z navbatida betonning yaxlitligini buzadi, uning mustahkamligi va chidamliligini pasaytiradi.
Betonning kirishishini kamaytirish uchun sement ko‘p sarflanadigan betonlardan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik kerak, bunda dona tarkibi yaxshi yirik to‘ldirgichlardan foydalanish va betonni nam muhitda qotishini ta’minlash zarur.
Katta konstruksiyalarni betonlashda beton qotayotgan birinchi davrda u sement suv bilan birikayotganda ajralib chiqadigan issiqlikdan qizib kengayishi mumkin. Betonning issiqlik ajratib chiqarishini kamaytirish maqsadida kichik ekzotermikli sementlarni ishlatish, shuningdek, harorat choklarini hosil qilish zarur.

Download 20,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish