Qurilish iqtisodiyoti va smeta ishi


Uy-joy Kommunal xo'jaligi korxonalarining xo‘jalik faoliyati samaradorligini baholash ko'rsatkichlari



Download 0,77 Mb.
bet8/8
Sana03.06.2022
Hajmi0,77 Mb.
#631149
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
531-18M. Razzoqov Ulug\'bek. kurs ishi

3.3 Uy-joy Kommunal xo'jaligi korxonalarining xo‘jalik faoliyati samaradorligini baholash ko'rsatkichlari
Hozirgi kunga qadar kommunal xo'jaligi korxonalari faoliyatini baholashda asosiy ko'rsatkich mahsulot (xizmatlar)ni yetkazib berishdan kelgan daromadlar hisoblangan. Korxonalar iqtisodiy faoliyatini o'rganish bo'yicha o'tkazilgan tajribalar natijasiga ko'ra bu ko'rsatkich korxonalarning issiqlik, elektr energiyasi, suv, gaz va boshqa resurslardan tejamli foydalanishlarini va o'z faoliyatlarini tejamkorlikka intilish asosida tashkil etishlari rag'batlantirilmagan.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tarm oq tasarrufidan qat’iy nazar har bir korxonaning iqtisodiy samara olish bilan birga energiyaresurslardan oqilona foydalanishga intilishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Resurslar tejamkorligiga intilish ayniqsa monopol hisoblanuvchi kommunal xo'jalik korxonalarning iqtisodiy faoliyatida muhim ko'rsatkich hisoblanadi. Kommunal xo'jaligi korxonalarining moliyaviy xo'jalik faoliyatini o'rganishda amaliyotda qo'llanilayotgan iqtisodiy qonuniyatlar va uslublar asosida tahlil etish bilan bir qatorda tarm oq xususiyatiga tegishli ko‘rsatkichlarni o‘rganishni taqozo etadi.
Quyida ushbu ko‘rsatkichlar tizimini o'rganishni amaliyotga bog‘lagan holda tushuntirish maqsadida gaz xo'jaligi korxonalari misolida o'rganib chiqamiz. Ushbu tizimdan kommunal xo'jaligi sohasining faoliyatlari o'xshash bo'lgan suv ta’minoti, isitish, elektr energiyasi va boshqa soha korxonalari iqtisodiy faoliyatini o'rganishda foydalanish mumkin. G az xo'jaligi korxonalarida ekspluatatsiya jarayonini ta’minlovchi xodimlarining m uhim vazifalari, aholi va korxonalarni gaz bilan muntazam , xavfsiz va tejamli ta’minlashdan iborat bo'ladi. M azkur iste’m olchilarga xizmat ko'rsatish ishlari gaz xo'jaligida ekspluatatsiya xarajatlarining asosiy qismini tashkil etadi.
Gaz xo'jaligi korxonalarining muhim vazifalaridan biri nafaqat yoqilg'i bilan uzluksiz ta ’m inlash, balki gaz resurslaridan tejamli foydalanishga erishishdan iboratdir. Bu o'z navbatida, gaz xo'jaligida ishlab chiqarish jarayonining eng kam ekspluatatsiya xarajatlariga yo'l qo'ygan holda belgilangan maqsadga erishish imkonini beradi.
Shu munosabat bilan ular faoliyatini baholovchi asosiy ko'rsatkichlardan biri sifatida aholi va kommunal korxonalarga gaz yetkazib berishdan tushgan daromad ko'rsatkichini olish mumkin, u quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi:

Hozirgi vaqtda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish omillaridan asosiysi resurslami iqtisod qilishdir. Hozirgi kunga qadar gaz ta’m inoti korxonalari ko'proq gaz yetkazib berish yo'li bilan katta foyda olish rejasini iqtisod va tejamkorlik uchun kurash bilan bog'lamas edilar. Bunga sobiq tizimdan qolgan taqsimlash mexanizmi — limit ajratish yo'l qo'ymasdi. Korxonada gaz qancha tejalsa, tejalgan ko'rsatkich keyingi yilgi limitdan kesib qolinardi.


Uning ustiga, gazni tejagani uchun rag‘batlantirish tizimi mavjud bo'lmay, gaz iste’mol qilishning kamayishi korxona darom adini kamayishiga va o'z navbatida rag'batlantiruvchi fondlarning kamayishiga olib keiardi. Amalda tejash imkoni mavjud bo'lishiga qaramay sarflangan gazning qiymati korxona tomonidan uni sotishdan olgan darom addan bir necha o‘n marta katta summani tashkil etardi.

Respublika gaz ta’minoti korxonalarining xo'jalik faoliyatlari ma’lumotlarini eng kichik kvadratlar uslubi asosida tahlil qilinib gaz ta’minoti korxonalari ekspluatatsiya xarajatlari me’yoriy bir birligi quyidagini tashkil etishi aniqlandi:



Jamlangan koeffitsientlar yig'indisi eng yuqori bo'lgan gaz xo'jaligi korxonasi ish hajmi va gaz ta’minoti bo'yicha eng yaxshi korxona deb hisoblanadi. Yuqorida keltirilgan ko'rsatkichlar tizimi uy-joy kommunal xo'jaligining boshqa soha korxonalaridan foydalanish mumkin. Ular faoliyatining o'ziga xosligini hisobga olgan holda ko'rsatkichlar soni qisqartirilishi, kengaytirilishi yoki ayrim farqlanuvchi ushbu sohalarga taalluqli ko'rsatkichlar boshqa mos ko'rsatkichlar bilan almashtirilishi mumkin. Bunday baholash yil choraklari va bir yillikda o'tkazilishi mumkin. Bu uslubning joriy etilishi respublika uy-joy kommunal xo'jaligi korxonalari ishlab chiqarish faoliyatining haqqoniy miqdori va sifat jihatidan baholash imkonini berib, natijada soha ishlarining samaradorligini oshirishga olib keladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kommunal xizmatlar ko'rsatuvchi korxona va tashkilotlarda o'z-o'zini moliyalashtirish sharoitida ko'rsatilayotgan xizmatlar uchun qilinayotgan sarfxarajatlar m azkur xizmatlarga belgilanadigan to'lov tariflari va to'lovlar miqdoriga katta ta’sir ko'rsatadi. Kommunal xizmatlar uchun to'lovlar tariflari davlat mahalliy hokimiyat organlari tomonidan belgilansa-da, ularni shakllantirishda m azkur xizmatlar tannarxi kalkulyatsiyasi asos qilib olinadi.
Shu sababli monopol hisoblanuvchi xizm atlar ko‘rsatayotgan korxonalar tomonidan ko'rsatilayotgan kommunal xizmatlar qiymatining asossiz o ‘sib ketishining oldini olish eng avvalo mazkur korxonalarda aylanma mablag‘lardan samarali foydalanishning yo‘lga o‘yilishi va xizm atlarning real tannarxini aniqlashga bog'liq.
Kommunal xo'jaligi korxonalarida ko'rsatilayotgan xizmatlar tannarxi kalkulyatsiyasi odatda hisobot davri boshida, rejalashtirilayotgan davr uchun va hisobot davri yakunida hisoblanadi. Mazkur kalkulyatsiyalar ishlab chiqarish faoliyatini tahlil qilish va resurslardan foydalanishni yaxshilash yo'llarini izlab topish uchun xizmat qiladi.
Yakuniy kalkulyatsiya bilan rejalashtirilgan kalkulyatsiya o'rtasidagi tafovud aylanma mablag'lardan foydalanish darajasini bildiradi. Taqqoslash jarayonida hisobot davri davomida minimal ish haqi miqdorining oshishi va energiya resurslari narxining qimmatlashgani inobatga olinadi. Rejalashtirilayotgan davr uchun kalkulyatsiya ko'rsatiladigan xizmat birligi uchun sarf-xarajatlar yig‘indisidan tashkil topadi. Bu kalkulyatsiyada barcha resurslar sarfi bir birlik mahsulot va xizmat uchun sarflanadigan me’yor ko'rsatkichidan iborat bo'ladi. Hisobot davri yakuniy kalkulyatsiyasi tuzilishi jihatidan yuqorida keltirilgan kalkulyatsiyadan farq qilmaydi va undagi ko'rsatkichlar haqiqatda qilingan xarajatlardan tashkil topadi.
Yakuniy kalkulyatsiyaning xarajatlar qismida, alohida qatorda, ko'zda tutilmagan zarar va yo'qotishlar qo'shiladi. Ikkala kalkulyatsiyalarning solishtirma tahlili tannarxni pasaytirish yo'llarini aniqlash, ishlab chiqarish resurslaridan yanada samaraliroq foydalanish yo'llarini o'rganish imkonini beradi.

XULOSA
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va bunyodkorlik ishlari respublikamiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish orqali ijtimoiy sohani rivojlantirish va xalqimizning farovon hayot kechirishini ta ’minlashga qaratilgan.


Barkamol avlodni tarbiyalash va xalqimizning farovon hayot kechirishlarini ta’minlashda ijtimoiy soha oldiga qo‘yiladigan vazifalar ikki guruhga bo‘linib, birinchi guruhga inson ongini rivojlantirishga va ma’naviy barkamol qilib tarbiyalashga qaratilgan: ta’lim, fan, madaniyat, san’at, sport kabi sohalar kirsa, ikkinchi guruh insonlar moddiy ehtiyojlarini qondirishga va yaxshi yashashlari uchun shart-sharoitlar yaratib berishga xizmat qiluvchi: savdo, maishiy xizmat, uy-joy qurilishi, kom m unal xo‘jaligi sohalaridan tashkil topadi.
Albatta aholining moddiy ehtiyojlari va yashash sharoitlari to‘g‘risida gapirganda eng awalo, uy-joy qurilishi va kommunal xo‘jaligi tizimining rivojlanish darajasi asosiy ko‘rsatkich sifatida o‘rganiladi. Aynan uy-xo‘jaligini, tururjoy binolari va ulardan foydalanishni tashkil etishni, kom m unal xo‘jaligi tizimi va kommunal xizmatlarni ko‘rsatishni tashkil etishni o‘rganish va chuqur tahlil qilgan holda, ilmiy asoslangan xulosalarga tayanib rivojlantirish aholiga farovon hayot kechirishlari uchun yetarli sharoit yaratish imkonini beradi.
Shu sababli m azkur darslikda asosiy e’tibor eng avvalo tayyorlanayotgan mutaxassislarga uy-joy kommunal xo‘jaligi tizimi va unining faoliyati to‘g‘risida tizimli va mantiqiy bog'liqlikda bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan.
Shuningdek, kommunal xo'jaligi korxonalarining faoliyatini samarali tashkil etish uchun muhim ahamiyatga ega bo'Igan korxonalami hududda joylashtirish va ular faoliyatini tashkil etish hamda kommunal xizmatlar ko'rsatuvchi korxonalarda tejamkorlik, resurslarning texnologik sartlarini o'rganish va texnologik yo'qotishlarni hisoblashga alohida e’tibor qaratilgan.
Respublikamizda uy-joy fondini boshqarishda xususiy uyjoy mulkdorlari shirkatlarini tashkil etish muhim ahamiyatga ega bo'lib, darslikda shirkatlar faoliyati va rivojlanishi bilan bog'liq m a’lumotlar, shirkatlarining tashkiliy-huquqiy asoslari va vazifalari, shirkatlar faoliyatini yanada rivojlantirish va turar joylarga xizmatlar ko'rsatish ishlari bozorini shakllantirish masalalari o'rganilgan.
Yangi tashkil etilgan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining moliyaviy-iqtisodiy faoliyatini tashkil etish, buxgalteriya hisobini olib borish masalalarini mukammal o'rganish uchun zarur m a’lumotlar keltirilgan. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini rivojlantirishda amaldagi kredit siyosati yoritilgan.

АSOSIY ADABIYOTLAR


1. K.S.Tashmuxamedova Ekonomika stroitelьstva. Uchebnoe posobie .- TАSI, T.: 2018 g. -162 s.
2. Isamuhamedova Sh.A., Davletov I.X., Saidov M.S., Berdieva D.A. Qurilish iqtisodiyoti. O`quv qullanma. I-qism. – T.: TAQI, 2011
3. Maxmudov E.X., Isakov M.Yu. Kapital qurilish iqtisodiyoti. Maʼruza matnlari. - TDIU, 2007. – 8-18 b.
4. Yodgorov V.U., Butunov D.Ya., Xaitov E.B. Qurilishda bahoni shakllantirish. TАQI. «AQIIM» ShK, T.: 2014g.-245 b.
5. Yodgorov V.U., Butunov D.Ya., Xaitov E.B. Senoobrazovanie v stroitelьstve. TАSI. DP «AQIIM», T.: 2012g.-188s.
6. Isoqov M.Yu. Kapital qurilish iqtisodiyoti (maʼruzalar matni) - T.: TDIU, 2006. - 219 b.
7. Buzыryova V.V. Ekonomika stroitelьstva. Uchebnoe posobie .- M.: 2007.

QOʼSHIMCHA ADABIYOTLAR


1. Gavrilov D.А Proektno-smetnoe delo : Uchebnoe posobie / rets. V.V Bыchkov. - [b. m.] : Infra-M, 2017. - 352 s
2. “Qurilish bahosini shartnomaviy joriy narxda aniqlash qoidalari. Shaharsozlik normalari va qoidalari. (ShNQ 4.01.16–09 Iqtisodiy normativlar). Oʼzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʼmitasi. Toshkent 2009.
3. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 11 iyundagi qabul qilingan 261 sonli qaroriga 1-ilova "Obʼektlarni qurish qiymatini shartnomaviy joriy narxlarda belgilash tartibi toʼgʼrisida" Vaqtinchalik Nizom.
4. Metodicheskie rekomendattsii po opredeleniyu raschetnix tekuщix sen na ekspluatatsiyu stroitelnix mashin i mexanizmov. Sentr ekonomicheskix reform i senoobrazovanie v kapitalьnom stroitelьstve. Tashkent 2004g.
5. Metodicheskie rekomendatsii po opredeleniyu “Prochix zatrat” zakazchika i podryadchika pri raschete stoimosti stroitelьstva obektov v dogovornix tekuщix senax. Razrabotanы Senrom ERiTsKS. Utverjdenы prikazom Gosedarstvennogo Komiteta Respubliki Uzbekistan po arxitekture i stroitelьstvu ot 28 dekabrya 2007 goda №129. T.: IVS “AQATM”, 2008.
6. «Sbornik smetnix resursnix norm na ekspluatatsiyu stroitelnыx mashin i mexanizmov». Ekonomicheskie normativы. ShNK 4.03.01-04. Gosarxitekstroy Respubliki Uzbekistan. Tashkent 2004g.
7. Oʼzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish Qoʼmitasining 2008 yil 10 noyabrdagi Qarori bilan tadiqlangan “Loyiha –tadqiqot ishlarining qiymatini aniqlash tartibib toʼgʼrisida” Nizom
INTERNET SAYTLARI:
1. www.gkas.uz (Oʼzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʼmitasi)
2. www.stat. uz (Oʼzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʼmitasi)
3. www.mf.uz Oʼzbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi.
4. www.stroyinfo.uz (Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar va narxlarni shakllantirish Markazi sayti)


1 1 I.A.Karimov «O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida»: Toshkent, O'zbekiston nashriyoti.

2 0‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 24-dekabrdagi 713-I-soni Qonuni bilan tasdiqlangan, 1999 yil 1 apreldan amalga kiritilgan.

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish