Qurilish fakulteti


-Mavzu . Mustaqillikka erishish arafasida O’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar



Download 3,63 Mb.
bet37/237
Sana16.01.2022
Hajmi3,63 Mb.
#373697
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   237
Bog'liq
УМК11

2-Mavzu .
Mustaqillikka erishish arafasida O’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar.

Reja:

1.XX asr 80-90 yillarida O’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-madaniy inqirozli xolat. (”Farg’ona voqealari” qatag’on qurbonlari va axoli turmush tarzining og’irlashishi.)

2. Mustaqillik sari tashlangan dastlabki qadamlar.

3. “Mustaqillik deklarasiyasi” va uning tarixiy ahamiyati. Mustaqil O’zbekiston Respublikasining tashkil topishi.





1.Reja:

XX asr 80-90 yillarida O’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy,iqtisodiy-madaniy inqirozli xolat(”Farg’ona voqyealari” qatag’on qurbonlari va axoli turmush tarzining og’irlashishi.)
Mustaqillik tushunchasi o’zida azaldan insoniyatning orzu-umidlarini, armon va iztiroblarini mujassam etgan. Darhaqiqat, inson tabiatning gultoji sifatida hamisha ozodlik va hurriyatga intilib yashaydi. U hamisha har jihatdan o’zini erkin his qilishga, ozod yashashga, tahlikasiz tur­mush kechirishga ehtiyoj sezadi. Shuning uchun ham kishilik tarixi turli davrlarda Yer sharining barcha mintaqalarida ozodlik uchun kurashni, shaklan turlicha, mohiyatan o’xshash bo’lgan hurriyatga intilish hodisalarini ko’p ko’rgan.

XX asr intihosida dunyoning qariyb uchdan bir qismida misli ko’rilmagan hodisalar sodir bo’ldi. Sotsializm deb atalgan totalitar tuzum, zo’ravonlik va tazyiqqa asoslangan kommunistik mafkura tanazzulga uchradi. Jahonga, Yer yuziga hokimi mutloqlikni da’vo etgan SSSR jamiyat sifatida ham, davlat sifatida ham «jar»ga quladi. Uning tarkibiga kirgan ittifoqdosh respublikalar tom ma’nodagi mustaqil davlat maqomini oldilar. Mustaqillikka erishish g’oyasi xalqimizga azaldan meros. Bu orzu avloddan avlodga o’tib, ming yilliklar qa’ridan bizgacha yetib kelmoqda.

Ma’lumki, XX asrning 80-yillari oxirlariga kelib sobiq ittifoqda iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy inqiroz jarayonlari kuchayib, betartiblik avj olib ketdi. O’z navbatida necha yillar davomida hal yetilmagan, xalqning sabr kosasini to’ldirgan muammolar oxir-oqibatda ijtimoiy larzalarga, milliy nizolarga sabab bo’ldi. Bunday salbiy holatlar, afsuski, O’zbekistonni ham chetlab o’tmadi. 1989 yilning may oyi oxirlari, iyunning boshlari butun “Farg’ona voqyealari” janjal-to’polonlar alangasi ichida qoldi. Dastlab 23 may kuni boshlangan fojia ikki kundan keyin Toshloq tumaniga, undan so’ng Marg’ilon va Qo’qon shaharlariga tarqaldi.Bu fojiya o’zbeklar va mesheti turklar o’rtasida bo’lib o’tdi.

O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov ulkan jasorat bilan, haqiqiy holatga real ko’z bilan qarab, shiddatli kurash maydoniga mardona bel bog’lab chiqdi. U Farg’ona voqyealariga keng nazar bilan qaradi, ya’ni bu voqyealar, ularning negizidagi sabablar faqat bitta viloyatga xos emas, bunday fojialar O’zbekistonning xohlagan joyida yuz berishi mumkin, deb hisobladi. Chunki ularni yuzaga chiqargan sabablar, muammolar O’zbekistonning boshqa joylarida ham keskin bo’lib turganini aniq dalillar bilan isbotlab berdi.

1989 yilning 25 iyunida I. Karimov janjal-to’polonlar alangasi ichida qolib ketgan Farg’onaga yo’l oladi. Lovullab yonayotgan uylar, tahlika va sarosimaga tushgan shahar va qishloqlar, qahr-g’azabga to’lgan kishilarning ichiga bir o’zi hyech qanday qo’riqchilarsiz kirib borib, ular bilan chin dildan, hyech narsani yashirmasdan ochiq gaplashdi. Bu insonlarning shu vaqtga qadar hyech kim yeshitmagan oh-u nolalarini tinglab, o’zining yurakdan chiqqan samimiy va haqqoniy so’zlari bilan, bamisoli ularning qalbidagi jarohatlariga malham qo’ygandek bo’ldi, ko’ngillarda so’ngan umid uchqunlarini uyg’otdi.

O’zbekistonning mustaqillikka erishish arafasi (1989–1991)dagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni aniq tasavvur yeti etish prezidentining “Ozbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” asariga yana bir marta murojaat qilish maqsadga muvofiqdir. Sobiq mustabid tuzum davridagi paxta yakkahokimligi, mustamlaka tuzumiga xos, biryoqlama rivojlangan iqtisodiyotning halokatli oqibatlari avvalo odamlarning turmush tarzida, eng yomoni, ularning jon boshiga to’g’ri keladigan daromad darajasining o’ta pastligida, tomorqa erlarining keskin kamayib borishida, millatning salomatligi, uning genofondiga salbiy ta’sirlarning kuchayishida, bolalar va onalar o’limining avj olishida, o’lkaning yekologik nochor holatida va boshqa ko’plab masalalarda yaqqol namoyon bo’lgan yedi.

Bu ijtimoiy muammolarning asl ildizlari, salbiy oqibatlari ochib berilgan keng ko’lamli tadqiqotlar yeski tuzum davrida hyech qayerda, hyech qaysi ilmiy muassasada olib borilmagan va olib borilishi mumkin ham yemasdi. Bordi-yu ana shunday tadqiqotlar amalga oshirilsa, ularning asosida chiqariladigan xulosalar muqarrar ravishda Sovet ittifoqi degan ulkan imperiyaning tomiriga bolta urish, deb baholanar yedi. Chunki bunday fakt va raqamlar sobiq ittifoq hududida temir devorlar orasida yashagan xalqlarning naqadar huquqsiz, ularning hayoti yesa qanday nochor bo’lganini yaqqol isbotlab, bu tuzumning asl qiyofasini fosh yetib qo’ygan bo’lardi. Binobarin, bunday mavzuda ilmiy ish olib borgan odam so’zsiz-so’roqsiz xalq dushmani deb e’lon qilinardi.

Shuning uchun ham boshqa respublikalar qatori O’zbekistonning ham haqiqiy iqtisodiy-ijtimoiy ahvolidan dalolat beradigan real fakt va raqamlar biror-bir nashrda chop yetilmas, aksincha, jamoatchilikdan sir tutilar yedi.

I.A.Karimov o’sha davrdagi faoliyatida O’zbekistonning hayotiga daxldor bo’lgan har bir masalaga kompleks yondashadi, ularning yagona to’g’ri va muqarrar yechimi – bu mustaqillik va faqat mustaqillik, degan mantiqiy xulosaga keladi. Bunday dadil fikrni sobiq ittifoqning katta-katta minbarlaridan turib bayon yetishdan cho’chib ham, tortinib ham o’tirmaydi. Jumladan, biz uchun mustabid tuzumning butun davri davomida yeng og’riqli masala bo’lib kelgan paxta xomashyosi yetishtirish va xalq o’zining mashaqqatli mehnati uchun munosib haq olishi, munosib turmush sharoitiga yega bo’lishini takrorlab o’tgandi.

80-yillarning o’rtalariga kelib qatag’onlik va qonundan chekinishlar yana bo’y ko’rsata boshladi. Galdagi qatag’onlik to’lqiniga nafaqat ijod ahli, balki xo’jalik xodimlari va davlat arboblari ham tortildi.O’zbekistonning milliy ziyolilari hech qachon, hattoki mustabid tuzumning «gullab-yashnagan» davrida ham o’zbek xalqining milliy mustaqilligi g’oyalaridan voz kechmadilar. Ochiq kurash imkoni bo’lmaganda ham milliy mustaqillikni qo’lga kiritish uchun zimdan kurash olib bordilar.O’zbekistonda qonunchilik va huquqiy tartiblarni tiklash, partiya davlat organlarini kadrlar bilan mustahkamlash degan niqoblar bilan Markazdan katta vakolatga ega bo’lgan mas’ul xodimlarning «desant» guruhlari kela boshladi. Ularga partiya, sovet va sud organlaridan muhim ahamiyatga ega bo’lgan lavozimlar berildi. Uydirma, to’qib chiqarilgan «paxta ishi» va «o’zbeklar ishi» deb ishlarga siyosiy tus berildi. Oqibatda go’yoki butun O’zbekiston jinoyatchilar makoniga aylanib qolgandek tasavvur uyg’otishga harakat qilindi. Ittifoqning Gdlyan va Ivanov boshliq emissarlar guruhi respublikadagi turli sohalarda ishlayotgan bir necha minglab rahbar xodimlarni tergov jarayoniga tortdilar.Ularga poraxo’rlik, ko’zbo’yamachilik va jinoyatchilikning boshqa ko’rinishlaridagi aybnomalar qo’yildi. Mahbuslarni «o’z aybiga iqror qilish» uchun jismoniy zo’ravonliklar, ruhiy azoblar qo’llanildi. O’zbekiston Kompartiyasi MK ning sobiq birinchi kotibi Sh.R. Rashidov nomiga ham nohaq tuhmatlar qilindi, o’zbek xalqining milliy g’ururi toptaldi. Bunda O’zbekiston SSRning o’sha davrdagi qo’g’irchoq rahbarlarining mash’um hissasi bo’ldi.Ommaviy qamoqqa olishlar avj oldi, qiynoqlarga ko’plab halol, sof vijdonli kishilar ham tortildi. Qo’shib yozishlar, ko’zbo’yamachilik va poraxo’rlik kabi illatlar sotsialistik jamiyatda tabiiy holat bo’lib, o’sha paytdagi barcha respublikalarda mavjud hodisa edi. O’zbekistonga nisbatan «paxta ishi» oldindan, maxsus tayyorlangan uzoqni mo’ljallab tashkil qilingan siyosiy fitnadan boshqa hech narsa emasdi.O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng «paxta ishi» qayta ko’rib chiqildi va minglab begunoh kishilar oqlandilar. O’z navbatida O’zbekistonning mohir, taniqli davlat va jamoat arbobi Sh.R. Rashidovning pok nomi tiklandi. Shuningdek, mehnatkash o’zbek xalqining yuzi yorug’ ekanligi asoslandi.O’zbekiston Prezidenti I.A. Karimovning tashabbusi bilan 2000 yil 12 mayda Toshkent shahrida Yunusobod mavzesida mustabid sovet rejimi davrida qatag’on qilingan shahidlar xotirasiga bag’ishlab o’rnatilgan yodgorlik majmuining ochilishi bugungi minnatdor avlodning ajdodlarimiz oldidagi chuqur ehtiromi ramzidir




Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish