1) iqtisodiyotning siyosatdan ustivor bo’lishi;
2) davlat asosiy islohotchi bo’lishi;
3) qonun va qonunlarga rioya qilishning hamma narsadan ustunligi;
4) kuchli ijtimoiy siyosat;
5) bozorga o’tish bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.
Bu tamoyillarni alohida-alohida ko’rib chiqamiz.
Butun insoniyat tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, inson - u dehqonmi, ishchimi, agronommi - kim bo’lmasin, o’z ish joyida o’zini xo’jayin deb his qilishi, o’z mehnatining natijalaridan moddiy jihatdan manfaatdor bo’lish kerak. Bu narsalar, inson mehnatining mahsuloti bozorning o’zi belgilab beradigan narhlar bo’yicha erkin sotilishi kerak. Bozorning qoidasi esa shunday:- kimning mahsuloti yaxshiroq va arzonroq bo’lsa, o’sha mahsulotga talab hammadan ko’ra ko’proq bo’ladi. Bu yerda hech qanday siyosat o’z ta’sirini o’tkaza olmaydi.
Bizda, bozor iqtisodiyotga o’tilar ekan, eski iqtisodiy mehanizmni yo’qotib, o’rniga yangi bozor mexanizmini bir laxzada yaratib bulmaydi. Ularni barpo etish, shakllantirish uchun muayyan vaqt kerak. Bozor munosabatlariga o’tish uchun ishlab chiqarish va taqsimotning butun tizimi, davlatimizning va ijtimoiy tuzumning binosini qaytadan bunyod etish kerak. Bu ishlarni davlatdan boshqa hyech kim hal qila olmaydi. Mana shuning uchun ham bizning bozor munosabatlariga o’tishimizda davlatning o’zi bosh islohotchi vazifasini bajaradi.
Bozor munosabatlarini zo’ravonlik yo’li bilan shakllantirib bo’lmaydi. Bozor iqisodiyoti huquqiy meyorlar va qoidalarga tayanishi bilan ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan farq qiladi. Qonunning ustivorligi huquqiy davlat barpo etish zaruratidan ham kelib chiqadi. Qonun oldida hamma barobardir. Barcha ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar faqat qonun bilan tartibga solinadi. O’zbekistonning iqtisodiy ahvoli, xalqning turmushi, demografik vaziyat bilan bog’liq. Aholi tarkibida boqimandalarning hissasi ko’p. Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida dastlab aholi ijtimoiy jihatdan tabaqalanadi va himoyaga muhtoj bo’lgan qatlami kengayadi. Shuning uchun davlat himoyaga muhtoj qatlamlarni muhofaza qilish uchun baholi qudrat zarur tadbirlar ko’radi. Bozor iqtisodiyoti murakkab tizim bo’lib, uni birdaniga yaratib bo’lmaydi. Bir necha yillar mobaynida Respublika iqtisodiyoti Markazdan boshqariladigan yagona xalq xo’jaligi majmuining tarkibiy qismiga aylangan edi. Respublika arzon xomashyo va strategik mineral resurslar yetkazib beruvchi tayyor mahsulot sotiladigan bozorga aylanib qolaverdi. Mustaqillik yillarida O`zbekistonda chuqur tarkibiy o`zgarishlarning amalga oshirilishi natijasida respublikaning yoqilg`i-energetika resurslariga bo`lgan ehtiyoji o`zi hisobidan to`la ta’minlandi. 1996 yildan boshlab chetdan neft mahsulotlari sotib olish to`xtadi. 1997 yilda O`zbekistonning o`zi neft mahsulotlarini eksport qiluvchi mamlakatga aylandi. Agar 1990 yilda mamlakatimizda 2810 ming tonna neft va gaz kondensati ishlab chiqarilgan bo`lsa, 1998 yilda bu ko`rsatkich 8104 ming tonnani tashkil etdi. Tabiiy gaz ishlab chiqarish hajmi ham tez sur’atlarda o`sib, 1990 yildagi 40761 million kub metrdan 2010 yilda 60111,5 million kub metr hajmiga yetdi. Energetika mustaqilligini ta’minlash hamda neft va gazni qayta ishlash tarmoqlarini rivojlantirish dasturi doirasida, istiqlol yillarida eng zamonaviy texnologiyalarga ega bo`lgan chet el kompaniyalari bilan hamkorlikda Buxoro neftni qayta ishlash zavodi (“Teknip”, Frantsiya) va Sho`rtangazkimyo majmuasi (“ABB”) barpo etildi, Farg`ona neftni qayta ishlash zavodi to`liq rekonstruktsiya qilindi. Gaz-kimyo tarmog`ining tashkil etilishi tabiiy gazni qayta ishlashni chuqurlashtirish va turdosh tarmoqlarda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish imkonini yaratdi. Erishilgan bunday ijobiy natijalar muqarrar ravishda mazkur mahsulotlarni chetga eksport qilish hamda tushgan valyuta mablag`lariga xalqimiz ehtiyoji uchun zarur bo`lgan mahsulotlarni olib kelish imkonini berdi. Tarkibiy islohotlar mamlakatimiz aholisining farovonligi, eng avvalo, uning oziq-ovqat mahsulotlariga bo`lgan ehtiyojini qondirish masalasiga qaratildi. Statistik ma’lumotlarga ko`ra, 1990 yili O`zbekistonga 454,8 ming tonna un, 183,9 ming tonna kartoshka, 1401 ming tonna sut mahsulotlari va shu kabilarni qo`shni respublikalardan olib kelishga majbur bo`lingan. Bunday holat sobiq tuzum davrida yuritilgan biryoqlama iqtisodiy siyosatning natijasi edi. Buning evaziga O`zbekistondan asosan paxta xomashyosini yetkazib berish talab qilinardi. Biroq, bunday siyosat mamlakatimiz iqtisodiy xavfsizligi, uning mustaqilligiga juda katta tahdid solar edi. Xulosa qilib shuni aytish mumkunki, O’zbekistonning o’ziga xos taraqqiyot yo’lini tanlashi, davlatimiz yangilanishi va rivojlanish yo’lini ochib berdi.Respublikamiz o’z istiqboli sari odim qadamlar bilan xar tamonlama yuksala bordi.
Do'stlaringiz bilan baham: |