beshinchidan, ta’lim sifatini ta’minlash, o`qituvchilarning bilim darajasini va pedagogik mahoratini oshirish masalalarida umumta’lim muassasalari faoliyatidagi ochiqlik va shaffoflik darajasining yetarli darajada emasligi, o`quv-tarbiya jarayoni ustidan samarali jamoatchilik nazoratining mavjud emasligi;
oltinchidan, xalq ta’limi tizimi muassasalarini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash mexanizmining mukammal emasligi, ularning faoliyatiga zamonaviy me’moriy yechimlar, innovatsion ishlanmalarni va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish darajasining pastligi aytib o`tilgan. Bundan tashqari, 2018 yil 1 sentyabrdan maktablarda faoliyat olib borayotgan 450 mingdan ziyod pedagog va rahbar xodimlarning maoshi oshirildi. Xalq ta’limi xodimlariga uy, yer, maishiy texnika, chorva va mashina sotib olish uchun imtiyozli kreditlar berish tizimi joriy etildi. Ular uchun maxsus davlat mukofoti ta’sis qilindi. O`qituvchilarni boshqa ishlarga jalb etish, maktablarda asossiz tekshiruvlar o`tkazish amaliyotiga chek qo`yildi.Ushbu sa’y-harakatlar natijasida xalq ta’limi tizimi joriy yilda 16 ming nafar oliy ma’lumotli yosh kadr bilan to`ldirildi. Qariyb 13 ming nafar erkak o`qituvchi maktablarga qaytdi.Keyingi yillarda ta’lim tizimini takomillashtirish, zamonaviy kadrlar tayyorlashga qaratilgan qator ishlar amalga oshirildi. Prezident qarori bilan 2017-2021 yillarda Oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi qabul qilindi. 2018 yilda mamlakatimizda 13 ta yangi oliy ta’lim muassasasi, jumladan, xorijiy universitetlarning filiallari tashkil etildi. Fanlar akademiyasi va Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan yuqori malakali kadrlar tayyorlash ishlari boshlandi. Albatta, bunday e’tibor yaqin kelajakda o`z samarasini beradi. Lekin barcha sohalarda jadal islohotlar olib borilayotgan bir paytda shu sur’atga mos ilg`or kadrlar mamlakatimizga bugun kerak.Hozirgi tizimli o`zgarishlar jarayonida aksariyat mutaxassislarning bunga tayyor emasligi, ularning bilimi, malakasi va ko`nikmasi zamon talabiga javob bermasligi ayon bo`lib qoldi.Masalan, xorijda doktorantura va magistraturada o`qitish, malaka oshirish va stajirovkani tashkil qilish bo`yicha dastlabki ehtiyoj 3,5 mingdan ortiq. Yurtimizda xalqaro ilmiy va amaliy tajriba ega 600 nafardan ziyod vatandoshlarimizga ehtiyoj mavjud. 1000 ga yaqin xorijiy olimlar va ekspertlarni jalb etishga talab bor.
Ya’ni, bugun kechiktirib bo`lmaydigan, oddiy ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga bo`lgan ehtiyoj 5 mingdan ziyodni tashkil etadi. Agar ishlab chiqarishdagi talab ham inobatga olinsa bu raqam kamida 50-100 baravarga oshadi.«Bu hali bugungi ehtiyoj. Yaqin va uzoq istiqboldagi iqtisodiy rivojlanish nuqtai nazaridan bizga qaysi soha uchun qanday mutaxassis kerak bo`ladi? Shuni hozirdan chuqur o`ylashimiz, zamon talabi, islohotlar shiddatiga mos kadrlarni tarbiyalashimiz kerak. Bu masala bizning kelajagimiz, bizning ertangi kunimiz», – dedi Shavkat Mirziyoev.Ma’lumki, O`zbekiston Respublikasi Prezidentning 2018 yil 25 sentyabrdagi Farmoniga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo`yicha “El-yurt umidi” jamg`armasi tashkil etilgan edi. Jamg`arma oldiga o`zbekistonlik iqtidorli yoshlarni doktorantura va magistratura dasturlari bo`yicha o`qitish, turli soha mutaxassislarining malakasini oshirish va stajirovkasini tashkil etish, xorijdagi vatandoshlar bilan doimiy muloqot o`rnatish, ularni mamlakatimizda bo`layotgan ijtimoiyiqtisodiy islohotlarga jalb qilish, chet eldagi universitetlar va ilmiy markazlar bilan hamkorlikda yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qo`mak berish vazifalari qo`yilgan.Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun 2019 yilda davlat byudjetidan 45 milliard so`m ajratilishi rejalashtirilgan. Prezidentimiz ko`rsatmasiga muvofiq, bu mablag` yanada oshiriladigan bo`ldi.Vazirlar Mahkamasiga “El-yurt umidi” jamg`armasi bilan birgalikda barcha vazirlik va idoralar kesimida xorijda kadrlar tayyorlash, stajirovkasini tashkillashtirish bo`yicha “Yo`l xaritasi” ishlab chiqish vazifasi qo`yildi. Oliy ta’lim vazirligi, “El-yurt umidi” jamg`armasiga kadrlarni xorijga yuborish bo`yicha ustuvor yo`nalishlarni aniqlab, tanlov e’lon qilish bo`yicha topshiriq berildi.Jamg`arma Tashqi ishlar vazirligi, Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda xorijda qimmatli tajribaga ega bo`lgan vatandoshlarimiz to`g`risidagi ma’lumotlarni shakllantirib borishi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mamlakatlar va mutaxassisliklar kesimida vatandoshlar to`g`risida ma’lumotlar reestrini tezroq ishga tushirishi zarurligi qayd etildi.Prezident Shavkat Mirziyoev mamlakatimizga jalb etilayotgan har qanday xorijiy investitsiyaning ma’lum bir qismini malakali mutaxassislar tayyorlashga yo`naltirish kerakligini alohida ta’kidladi.Yig`ilishda yana bir masala – istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish, ularning kasb malakasini uzluksiz oshirib borishga ko`maklashish masalalari ham ko`rib chiqildi.O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 maydagi “Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorida respublika bo`yicha vazirlik, idora va tashkilotlarda rahbar kadrlarga bo`lgan ehtiyojni qoplash maqsadida tanlov o`tkazish belgilangan edi.Tanlovning dastlabki bosqichidan so`ng 8 ming 334 talabgordan 3 ming 825 nafari keyingi bosqichlarga tavsiya etildi. Yakunda 50 nafar yuqori malakali kadr tanlab olinadi.Davlatimiz rahbari tanlovning final bosqichi ishtirokchilarini qisqa muddatli kurslar orqali malakasini oshirish kerakligini ta’kidladi. Tanlov g`oliblarining stajirovkasi qaysi rivojlangan mamalakatda, qaysi tashkilotlar va qanday mezonlar asosida o`tkazilishini aniq belgilash bo`yicha topshiriqlar berildi.
Ta’lim sifatini yangi bosqichga ko`tarish masalasida bir ahamiyatli xujjatga e’tibor bersak, bu Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori. Hujjat bilan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Xalq ta’limi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Moliya vazirligining:
a) quyidagi xalqaro baholash dasturlari bo`yicha xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish:
Progress in International Reading and Literacy Study (PIRLS) - boshlang`ich 4 sinf o`quvchilarining matnni o`qish va tushunish darajasini baholash uchun;
Trends in International Mathematics and Science Study (TIMSS) - 4 va 8-sinf o`quvchilarining matematika va tabiiy yo`nalishdagi fanlardan o`zlashtirish darajasini baholash uchun;
The Programme for International Student Assessment (PISA) - 15 yoshli o`quvchilarning o`qish, matematika va tabiiy yo`nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash uchun;
The Teaching and Learning International Survey (TALIS) - rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o`rta ta’lim muassasalarida o`qitish va ta’lim olish muhitini hamda o`qituvchilarning ish sharoitlarini o`rganish uchun;
b) O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Ta’lim sifatini baholash bo`yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazini tashkil etish to`g`risidagi takliflariga rozilik berildi.Yuqorida ta’kidlanganlardan kelib chiqib xulosa qiladigan bo`lsak, hozirgi davrda har bir mamlakat raqobatbardoshligi avvalo, uning ta’lim va fan darajasiga bog`liq. Iqtisodiyot va jamiyat rivojlanishining zamonaviy holati inson faoliyatining kasbiy va kasbiy tayyorgarlik sifati darajasiga har qachongidan ham ko`proq talablar qo`ymoqda.Zamonaviy xodimning ma’lum bir ish faoliyatiga moslik darajasini baholash borasidagi talablar doimiy ravishda o`zgarib va kuchayib bormoqda. Bunda “Kasbiy kompetentlik” sifatida uning nafaqat kasbiy bilimlari, malaka va ko`nikmalari, balki mantiqiy fikrlashi, tashabbuskorligi, uddaburonligi, guruhda ishlash va hamkorlik qilishga bo`lgan qobiliyati, ma’lumotliligi va boshqa sifatlari muhim ahamiyat kasb etadi.
3. Mustaqillik sharofati ila O`zbekiston ma’naviy hayoti, madaniy taraqqiyoti uchun yangi davr boshlandi. Istiqlol tufayli xalqimiz ma’naviyat zug‟umlaridan ozod bo`ldi, erkin fikrga milliy, tiklanishga keng yo`l ochildi. Ma’naviy hayotdagi tub sifat o`zgarishlar xalqimiz ma’naviy salohiyatini mamlakatimizning ertangi porloq istiqboli uchun, milliy o`zligimiz va qadriyatlarimizning tiklanishi uchun va qolaversa milliy ongi va gururi, uyg‟oq vatanparvar insonni tarbiyalash uchun qaratilgan. Prezidentimiz Karimov I.A. ta„kidlaganidek: “Davlatimizning qanchalik tez ulg‟ayishi, kuch-quvvat ado etishi, dunyo hamjamiyatida o`zigamunosib o`rin egallashi, avvalombor, halqimiz ma’naviy saviyasi, g‟ururi va fahri nechog‟lik yuksak bo`lishiga bog‟liqdir Ana shuni inobatga olgan holda yangi jamiyat barpo etmoqchi bo`lib, eng asosiy yo`nalishlardan biri sifatida halqimiz tarixini, ma’naviy qadriyatlarimizni tiklash vazifasini quydik”. Darhaqiqatni, mustaqilligimizni dastlabki kunlaridanoq xalqimizning ko`pasrlar mobaynida yaratgan g’oyat o`lkan bebaho ma’naviy va madaniy merosini tiklash davlat siyosati darajasiga ko`tarilgan nihoyatda muhim vazifa sifatida qaralib, keng ko`lamli jiddiy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu boradagi tarixiy ishlarning amalga oshirilishi yangi jamiyatimiz ma’naviyati binosining qad rostlashiga muhim omil bo`lmoqda. Natijada respublikamizda ma’naviyat sohasining yangi tizimi vujdga kela boshladi. “Ma’naviyat va ma„rifat” jamoatchilik markazi, “Ta’lim markazi”, “O`zbekkino”, “O`zbeknavo”, “O`zbekraqs”, “O`zbekteatr”, “O`zbekmo`zei”, Badiiy akademiya, O`zbek amaliy san„at markazi, Milliy madaniy markazlar, o`rtaOsiyo madaniyat xodimlari assotsiatsiyasi kabi madaniy-ma„rifiy tashkilotlar va ko`plab jamg’armalarning tuzilishi respublika ma’naviyati asosiy sohalarining tarkib topishi va rivojlanishiga zamin bo`ldi
Mustaqillik yillarida Vatanimiz tarixini yoritish va o`rganish masalalariga alohida e„tibor berilmoqda. Sovet davridagi sinfiylik yondashuv va hukmron kommunistik mafkura tayziqi ostida taqiqlangan tarixiy mavzulardagi asarlar chop etilib, xalqimiz tarixini holislik, haqqoniylik asosida tiklash va chuqur, har tomonlama tadqiq qilishga kirishildi. Bu borada o`zbek xalqi va o`zbek davlatchiligi tarixini, tariximizning boshqa sahifalarini holisona ilmiy asosda yoritish vazifalarini Prezident I.A. Karimov bir guruhi tarixchilar bilan 1998 yil iyun oyida bo`lgan suhbati va Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to`g‟risida”gi qarorida belgilanishi alohida ahamiyat kasb etdi.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq dunyo taraqqiyotiga, jahon tsivilizatsiyasiga katta xissa qo`shgan ajdodlarimiz - buyuk mutafakkirlar, davlat arboblari ma’naviy merosini va hayotini o`rganish avj oldi. Jumladan, Imom Buxoriy, At-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Qubro, Bahovuddin Naqshband, Burxonuddin Rabg‟o`ziy qabilarning asarlari chop etilishi milliy qadriyatlarimizni tiklashda katta yuto`q bo`ldi Vatanimiz ozodligi yo`lidashahid ketgan Abdulla Qodiriy, Cho`lpon, Fitrat, Behbudiy, Usmon Nosir va boshqa allomalarimizning xurmati joyiga qo`yildi va ma’naviy meroslari xalqimizga qaytarildi. Buyuk ajdodlarimiz tavalludlarining yirik sanalarini nishonlash ham xalqimizning ulug‟vor an„analariga aylanmoqda. Jumladan, istiqlol yillarida Alisher Navoiy (1991), Zahiriddin Bobur (1993), Bahovuddin Naqshband (1993), Abduholiq G‟ijduvoniy (1993), Fer (1995) kabi buyuk ajdodlarimizning tavallud kunlari, shuningdek, Mirzo Ulug‟bekning 600 yillik (1994), Najmiddin Kubroning 850 yillik (1995), Amir Temurning 660 yillik (1996), Imom Buxoriyning 1225 yillik (1998) va Ahmad Farg’oniyning 1200 yillik (1998) yubileylariga bog’liq tadbirlar nafaqat o`lkamizda, balki Yunesko orqali xalqaro doiralarda nishonlanishi vatandoshlarimizda milliy faxr tuyg‟ularini yuksaltirdi. Cho`lpon, Fitrat, Behbudiy, Fayzulla Xo`jaev, Jaloliddin Manguberdi va boshqa arboblarning yubileylarini o`tkazish yuzasidan ko`rilgan chora tadbirlar ham ma’naviy hayotdagi muhim qadamlar bo`ldi Yosh avlodni ma’naviy barkamollik ruhida tarbiyalashda “Alpomish” dostoni yaratilganligining 1000 yilligini nishonlash (1999) ham xissasini qo`shdi.
Respublika rahbariyati, eng avvalo xalqimizning extiyoji, orzu istaklarini hisobga olib, azaliy milliy bayramlarni tiklashga yangi istiqlol bayramlarini xalqning qadimiy an„analariga monand holda shakllantirishga katta e„tibor berdi. Masalan, Prezident farmonlari asosida “Navro`z”, “Ramazon hayit”, “Qurbon hayit”lar qonuniy nishonlana boshlandi. Undan tashqari, istiqlol sharofati bilan “Mustaqillik kuni”, “Konstitutsiya kuni” va “Murabbiylar kuni” bayramlari joriy etildi. Davlat tili haqidagi qonun chiqqan kun - 21 Oktabr tabiiy raviishda “Til bayrami”ga aylandi. Tilimizga Davlat maqomining amalda qaytarilishi, o`zbek tilida rasmiy idoraviy ish yuritish, boy adabiy-tarixiy merosimizni o`qib o`rganish, milliy qadriyatlarni tiklash va izchil davom ettirish imkoniyatini berdi. Shuningdek, lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosining joriy etilishi mamlakatning har tomonlama kamol topishi va jahon komunikatsiyasi tizimiga kirish uchun ancha qulay shart-sharoit yaratib berdi.
Ma’naviy-madaniy merosimizni tiklashda katta ahamiyatga molik yana bir tadbirlardan biri olamshumul tarixiy me’morchilik inshootlarining keng ko`lamda ta„mirlanishi, jumladan Buxoro, Samarqand, Xiva, Termiz, Shahrizabz kabi shaharlarda hamda Quva, Chelak tumanlarida tarixiy me„moriy yodgorliklarning tiklanishi, Buxoro va Xiva kabi qadimiy shaharlarining 2500 yilligini nishonlanish tantanalari, “Buyuk ipak yo`li”ni tiklash borasidagi amaliy ishlar.
Mustaqillikning ilk kunlaridanoq dinga munosabat tubdan o`zgarib, davlat va diniy tashkilotlar o`rtasidagi aloqalarni to`g‟ri yo`lga qo`yishga alohida e’tibor qaratildi. O`zbekiston dunyoviy davlat, binobarin diniy tashkilotlar davlat va maktabdan ajratilgan. Din, shu jumladan islom dini ham xalqning dunyoqarashi va ma’naviy olamning mazmunini tashkil etadi. “Biz, - deydi I.A. Karimov, - millatimizni mana shu muqaddas dindan ayri holda aslo tasavvur qila olmaymiz. Diniy qadriyatlar, islomiy tushunchalar hayotimizga shu qadar singib ketganki, ularsiz biz o`zligimizni yo`kotamiz”. Diniy qadriyatlarning tiklanishi, eski machit va madrasalarning ta„mirlanishi yangilarning barpo etilishi, diniy adabiyotlarning nashr etilishi, musulmonlarning Xaj va Umra amallarini ado etishi uchun davlat tomonidan imkoniyatlarning yaratilishi va boshqa chora-tadbirlar respublikamizda vijdon erkinligini ta„minlamoqda. Qur’oni Karimning va Hadislar to`plamining o`zbek tiliga tarjima qilinishi va nashr qilinishi ham katta voqea bo`ldi. Islom ta’limoti va falsafasini keng o`rganish, o`zbek xalqining diniy va madaniy merosini chuqur tadqiq etish maqsadida 1995 yil Toshkentda Halqaro islom tadqiqot markazi tashkil etilib, unga ilmiy tekshirish instituti maqomi berildi. 1999 yilda dinshunoslik asoslari, yo`nalishlarini, ilmiy-tadqiqot tamoyillari, islom dini tarixi, falsafasi, ularning jamiyat hayotidagi o`rni bilan bog‟liq masalalarni hamda zamonaviy fanlarni o`zlashtirgan yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida Toshkent Islom Universiteti tashkil etildi.
Umuman olganda, hozir O`zbekistonda 20 ortiq diniy konfessiyalar majud bo`lib, turli dinlarga e„tiqod qiluvchilar o`zaro tinch-totuv yashamoqdalar. Buning zamirida davlat va din o`rtasidagi munosabatlarni belgilovchi tamoyillar katta ahamiyat kasb etadi. Ular quyidagilardan iborat:
1) dindorlarni diniy tuyg‟ularini ximoya qilish;
2) diniy e’tiqodlarni fuqorolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish;
3) diniy qarashlarga amal qiluvchilar va qilmaydiganlarning huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta„qib qilishga yo`l qo`ymaslik;
4) dindan bo`zg’unchilik maqsadlarida foydalanishga yo`l qo`yib bermasligini e’tirof etish;
5) diniy davlatlar bilan hokimiyat uchun ko`rashga siyosat, iqtisodiyot, qonunchilikka aralashishga yo`l qo`ymaslik;
6) ma’naviy tiklanish, umuminsoniy qadriyatlarni qaror toptirishda diniy uyushmalar bilan hamkorlik qilish.
Lekin shuni ham e’tirof etishimiz kerakki, so`nggi paytlardan dinimizdan g‟arazli maqsadlari uchun foydalanuvchilar paydo bo`la boshladi. Ular xorijdan yurtimizga kirib kelgan turli xil bo`zg‟unchi oqimlar, din niqobi ostida shaxsiy manfaatini ko`zlovchi kimsalardir. Bizning fuqorolarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz “haqiqiy” va “soxta” dindorlik nima ekanligini aniq tasavvur qilishlari lozim. o`zlarini chin musulmon, din uchun ko`rashuvchi deb hisoblaydigan vahhobiylar, xizbut tahrirchilar xalqimizga mudxish tasavvurlarnii qabul qilishni istaydigan terrorchilarni, jangarilarni vujudga keltirishga o`rinadilar. Ba’zi ekstremistik guruhlarning jinoiy harakatlarini yuqori ko`rinishi bo`lganligini - 1999 yil 16 fevralda Toshkentda ro`y bergan voqealar misolida ko`rish mumkin. Aqidaparastlarning tinch hayotimizga solishi mumkin bo`lgan tahdidlarni oldini olish uchun Mafkuraviy, madaniy, ma’rifiy tarbiyaviy ishlarni izchil ravishda olib borish zamon talabi bo`lmoqda. Din siyosat emas, balki imon, e’tiqod ekanligini unutmagan holda, diniy ahloqiy qadriyatlardan, islom dinida mavjud bo`lgan imkoniyatlardan mustaqilligimizni mustahkamlashda oqilona ijodiy foydalanish, turli madaniyatlarnig yonma-yon tinch yashash, ekstrimizm, fundamentalizm xavfini oldini olish uchun respublikamizda zarur tadbirlar amalga oshirilmoqda.
4. O`zbekiston mustaqillika erishgan kundan boshlab milliy g’oya, milliy istiqlol mafkurasi masalalarini haqiqiy ilmiy nazardan ishlash, tadqiq etish dolzarb masala bo`lib kelmoqda. Milliy mafkura yaratishni taqozo etuvchi sabablar - bu, bir tomondan, sho`ro zamonida totalitar to`zum manfaatlarini ximoya qiladigan kommunistik mafko`radan butunlay voz kechishi va sho`ro davridan meros qolgan bir qolipda fikrlash illatidan tezroq xalos bo`lish, odamlar tafakkur tarzi va dunyoqarashni kommunistik aqidalar kishanidan ozod qilish demokratik tamoyillar, qonunning ustuvorligiga xurmat tuyg‟usini kamol toptirish: Ikkinchi tomondan Mafkuraviy bo`shliqqa yo`l qo`ymaslik, millat sifatida o`zligimizni anglash, yakdil va hamjihatligimizni ta’minlash shuningdek, bu hamjihatlikka qarshi qaratilgan har qanday yot mafkuraviy tazyiqlarning oldini olish, ta’bir joiz bo`lsa, o`zigaxos Mafkuraviy immunitet tizimini shakllantirish. Uchinchi tomondan, mustaqilligimizning ahamiyati va mohiyati Mafkuraviy vositalar orqali xalqning ongiga yetkazish, oliy bir maqsad ulug‟vor g’oyalar sari xalqni yakdillika, fidoyilikka, yaratuvchilikka safarbar qilish.
Milliy mafko`ramizning mazmun-mohiyati, ufqlari, uning asosiy tamoyillari davlatimiz rahbari asarlarida mukammal ifoda etilgan. Dastlab 1993 yil aprel oyida Prezident I.A.Karimov bir guruhi adiblar bilan suhbat qilib, milliy istiqlol g’oyasini ishlab chiqish zaruriyatini asoslab berdi. o`tgan davr mobaynida milliy mafko`raning hayotimizdagi o`rnini belgilash, uning ilmiy-nazariy asoslarini yaratish, Mafkuraviy tarbiya yo`nalishlarini ishlab chikish, shu asosda jamiyatimizda ijtimoiy fikrni shakllantirishda bir qator tadbirlar amalga oshirildi. Biroq bu tadbirlarni amalga oshirish jarayonida mafkura yaratish masalasi naqadar keng qamrovli ekanligini ko`rsatdi. Darhaqiqatni, bu vazifa bir-ikki yillik emas, balki millat butun umri davrida hal qiluvchi, yangi zamonaviy talablarni inobatga olib, takomillashib va boyib borishni taqozo etuvchi jarayondir. Shu bois 2000 yil aprel oyida davlat rahbarimizning bir guruhi olim va adiblar bilan navbatdagi uchrashuvda va “Fidokor” gazetasi muxbirining savollariga javoblarida (2000 y, iyun) endi milliy mafko`raning asosiy kontseptsiyasini ishlab chiqarishga, nazariyadan amaliyotga o`tish kerakligiga alohida e„tibor berildi.
Milliy mafkura eng avvalo millatning yaqin va uzoq davriga mo`ljallangan maqsadini amalga oshirishda inson va jamiyatni harakatga keltiruvchi millatning yaratuvchilik salohiyatining g’oyaviy mazmuni bo`lgan, inson va jamiyat hayotining ahloqiy-falsafiy nizomini tartibga soluvchi, milliy turmush tarzi va davlatchilik negizlarini mustahkamlashga xizmat qiladigan g’oyaviy asoslardan iboratdir. Prezidentimiz milliy mafko`ramiz. ikki asosiga, birinchi navbatda, xalqimizning azaliy an„analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga, bir so`zbilan aytganda, milliy qadriyatlarimizga, xalqimizning dunyoqarashi va tafakkuriga asoslanib, shu bilan birga, zamonaviy, umumbashariy, umuminsoniy yuto`qlardan oziqlangan, ularni o`zigaqamrab olgan holda, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq manfaati va farovonligi yo`lidaxizmat qilmog‟i darkorligini ta„kidladi.
Milliy mafkura kishilarda milliy madaniyatning, milliy ongning, milliy g‟ururning o`sishi va rivojlanishga muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy mafkura faqat o`zbek millatiga tegishli emas, balki respublikamizda istiqomat qiluvchi barcha millat vakillarini mustaqillikni mustahkamlash, O`zbekistonni kelajakda buyuk davlatga aylantirish, inson haq-huquqlarini ximoya qilish, ijtimoiy adolatni, demokratiyani to`laqaror toptirish, jahon hamjamiyatida o`zimizga munosib obru-e„tibor topishimiz, maqsadlarga yo`naltirilgan yagona bayroq, yagona birlashtiruvchi kuch sifatida qaralmoqda. Ma’umki, bizning davlatimizda hech bir mafkura davlat mafkurasisifatida o`rnatilishi mumkin emas. Milliy mafkura jamiyatimizdagi qarashlar rang-barangligi, g’oyalar xilma-xilligini saqlagan holda, ularni bir-biri bilan ko`rashishga, baxslashuviga, har qanday partiya, harakat, har qaysi inson, fuqaroning fikrini erkin ifoda etish va uni ximoya qilishga ziyon va tazyiq ko`rsatmasligiga yo`naltirilgan. Albatta, hozirgi kunda milliy mafko`ramiz. yaratilishining boshlang‟ich davrini shohidi bo`lyapmiz, ammo, eng asosiysi, odamlarning fikri tafakkuri, dunyoqarashi o`zgarib, milliy iftixor tuyg‟usi shakllanmoqda. Binobarin, eng qiyin ish inson mafko`rasini o`zgartirish. Milliy mafkura yoki g’oya qudrati ishontirish bilan belgilanadi. Shu bois kun tartibiga milliy mafko`rani yaxlit ilmiy kontseptsiyaga solib, jamoatchilikka mos sodda, ommabop shaklda yetkazishdan iborat.
Mafkuraviy ishlarni amalda oshirishda ta’lim-tarbiya masaslalari, ommaviy axborot vositalari, “Mahalla”, “Yoshlar ittifoqi”, “Oila” kabi qator jamoatchilik tashkilotlarni ma’naviy-madaniy markazlarning ahamiyati juda katta. Ayniqsa, ta’lim muassasalari ishi va ularda qo`llaniladigan darsliklar, qo`llanmalar mazmun-mohiyati milliy g’oya ruhi bilan sug‟orilsa uning ta„sir doirasi kengayib boradi.
Istiqlolning dastlabki kunlaridanoq xalq ta’limi tizimini jadal isloh qilishga kirishildi. Bir qator o`quv yurtlarning maqomi, dasturlari va ta’lim uslublari butunlay o`zgartirildi. Zamonaviy, shu paytgacha bo`lmagan eng zarur ixtisosliklar bo`yicha alohida universitet va institutlar, jumladan, Mudofaa vazirligi qoshidagii harbiy akademiya, Ichki ishlar vazirligi qoshidagi Ichki ishlar akademiyasi, Bank moliya akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent aviatsiya instituti, Navoiy tog‟-konchilik instituti kabi o`nlab yangi o`quv muassasalari tashkil etildi. Abiturient va talabalarning bilim darajasini test va reyting asosida baholashning ilg‟or usullari joriy etildi. Ilg‟or mamlakatlarning tajribalari asosida yangi tipdagi litsey va gimnaziyalar ochildi. O`zbekistonda gimnaziyadan tortib akademiyagacha bo`lgan zamonaviy, yangi ta’lim tizimi vujudga keltirildi.
1997 yil ta’lim tizimida katta burilish yuz berdi. Oliy Majlisning IX sessiyasi “Ta’lim to`go’risida”gi qonun va u asosida “Kadrlar tayyorlash dasturi”ni qabul qildi. Bular mamlakatimiz ravnaqi va kelajagini belgilab beruvchi xujjatlar bo`lib, milliy tiklanishning ma’naviy asosini tashkil qiladi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga milliy g’oyaning bir qismi deb qaraladi. Chunonchi kadrlar tayorlash milliy modeliga asos solindi. Shaxs davlat va jamiyat, shuningdek fan va ishlab chiqarish o`rtasida uzviybog‟liklik bo`lishiga imkon tug‟ildi.
Bu xujjatlar asosida O`zbekistonda 9 yillik umum ta’limdan so`ng , 3 yillik akademik litsey yoki kasb-xunar kollejlarida ixtiyoriy-majburiy ta’lim joriy etildi. Ta’lim islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda:
1 bosqich - 1997-2000 yillarni ichiga olib, unda ta’limning huquqiy-me„yoriy, ilmiy-metodik, moddiy shart-sharoitlari yaratilmoqda. Hozirgi kunga kelib o`zluksiz ta’limning tamomila yangi huquqiy-me’yoriy negizi yaratildi, islohotlarning samaradorligini aniqlash maqsadida monitoring tizimi joriy qilindi, davlat ta’lim standartlari ishlab chiqildi, dastur va darsliklarning yangi avlodi ishlab chiqilmoqda, pedagogik kadrlarni,ta’lim muassasalarni atstattsiya va akkreditatsiyadan o`tkazish asoslari ishlab chiqildi va x k .
Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida ma’naviyat va madaniyatning yuksalishi, boyishi o`zligimizni anglab olishga, milliy qadriyatlarimizni umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg’unlantirishga yordam bermoqda. Boz ustiga, ma’naviy o`zgarishlar millatni yagona bayroq ostida birlashtirishga xizmat qilishi bilan bugun jahonda e’tirof etilayotgan “o`zbek modeli”ning haraktlantiruvchi kuchlardan biriga aylanmoqda. Chunki Islom Karimov asarlarida asoslangandek “o`zbek modeli”boshqa milliy modellardan farq qiladigan xususiyati va faqat iqtisodiyot rivojlanishni emas, balki keng ma’noda milliy tiklanishni, ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyotni ham ichiga oladi.
Qanday jamiyat taraqqiyoti, uning u yoki bu vakt va makondagi darajasi ko’p jixatdan fukarolar ma’naviyati, turmush tarzi, kishilarning ma’naviy-moddiy, ijtimoiy extiyojlari xamda ularning kay darajada kondirilishiga bog’likdir. Mustaqillik davrigacha va undan keyingi utgan tarixan kiska muddat ichida ruy bergan xolatlar, jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy-mafkuraviy soxasidagi o’zgarishlar bizga sho’rolar mustabid tuzumi xamda istiklol yillarida O’zbekistonning real xayotida xolisona javob izlashga va unga erishishga imkon beradi.
Uzok ming yilliklar tarixi shundan dalolat beradiki, uzbek milliy davlatchilik tarixi eng avvalo ma’naviyat-ma’rifatning jamiyat xayotida muxim urin egallaganligi bilan chambarchas bog’likdir. Ushbu azaliy an’anaga mustaqillik yillarida xam aloxida e’tibor berilishi juda axamiyatli bo’ldi. Kaid etish lozimki, istiqlolning dastlabki davrlarida nomadaniyatning metodologiyasi o’zgardi.Agarda, sho’rolar mustabid tuzimi davrida madaniyatning asosiy vazifasi jamiyat a’zolarining kommunistik mafkura va soxta g’oyaga e’tikodini mustaxkamlashga safarbar etish bo’lsa, istiklol davrida uning maqsadi tamomila o’zgardi.
Xo’sh, bular nimalarda ko’rindi. Xususan, eng avvalo, mamlakat xukumati, Prezidentning ma’naviy-ma’rifiy omillarga nisbatan munosabati shakllandi. Jumladan, ma’naviy-ma’rifiy isloxatlar davlat siyosatining asosiy ustivor yunalishi, deb xisoblandi. Joylarda ma’naviyat bilan bog’liq shularning amalga oshirilishi uchun butun mas’uliyatning xokimlar, vazirliklar, idoralar, tashkilotlarning birinchi raxbarlari zimmalariga yuklatilishi juda katta ijtimoiy axamiyat kasb etdi.
Ikkinchidan ma’naviyati yuksak millat va davlatnigina kelajagi buyuk bo’lishi mumkin ekanligi to’g’risidagi ijtimoiy fikr shakllana boshlandi. Darxaqiqat iqtisodiy-siyosiy omillarning xar kanday davlat, xayotidagi o’rni va roli kattadir. Birok ma’naviy omillargina jamiyatda sodir bo’lgan barcha muammolarni xal etishga qodir omil ekanligi endi xaqiqatdir.
Uchinchidan ma’naviyat va ma’rifat jamiyatni poklantiruvchi kuch ekanligi e’tirof etilmokda, zero sho’rolar mustabid tizimi davridan qolgan yaramas “ma’naviy” merosdan poklanmasdan turib istiklolga xizmat kiladigan, fukarolar kalbi va ongini yangilashga kodir ma’naviyatni shakllantirish mumkin emas.
To’rtinchidan istiqlol davri "O’zbekiston jamiyati ma’naviyatining eng mukaddas maqsadlaridan biri - o’tmish tarixiy-madaniy, ilmiy, axlokiy-mafkuraviy, ijtimoiy-siyosiy qadriyatlariga sho’ro davrida tarkib topgan munosabat kabi «illat» sifatida emas, aksincha, jamiyatni poklantiruvchi va kelajakni ma’naviy jixatdan mustaxkamlovchi omil asosida karashdan iborat jamoatchilik fikri shakllandi.
Beshinchidan. istiqlol davrida ma’naviyatning xar qanday siyosiy xukmron mafkuralardan xoliligi, muximi, shakllanayotgan milliy mafkuraning ma’naviyat bilan ta’minlandi. Mamlakat Prezidenti Islom Karimov kayd ettanidek mustaqillik davrida bajarilishi lozim bo’lgan eng ustivor vazifa «xalqimiz orasida katta ma’rifiy-amaliy ishlarni olib borib, milliy mafkuramizga kuch-kuvvat beradigan, uni yangi-yangi marralar sari safarbar etadigan, keng ommaga ta’sir o’tkazishga, xalqni o’ziga tarafdor etishga xizmat kiladigan siyosiy, ijtimoiy, iktisodiy, ma’naviy manbalarni to’g’ri belgilab olishdir.
Xaqiqatdan xam, mustaqillik yillarida ma’naviyat va ma’rifatning ijtimoiy maqsadi aniqlab olindi, uning bajarishi lozim bo’lgan vazifalari belgilandi. Ana shunday sharoitda jamiyat fukarolari tomonidan bildirilgan ijtimoiy extiyoj ma’naviy-ma’rifiy soxalarda yangi asr va umuman, uchinchi ming yillikdagi bosh g’oya qanday bo’lishi aniqdandi.
Xo’sh, xozirgi va yangi asrda ma’naviyat soxasidagi bosh g’oyamiz nimalardan iborat? Mazkur savolga javob bera turib, I. Karimov kuyidagilarni yozadi: «Modomiki biz xuquqiy demokratik davlat, erkin fukorolik jamiyati kurayottan ekanmiz, ma’naviyat soxasidagi yigirma birinchi asrga mo’ljallangan xarakat dasturimiz xam ana shundan kelib chikmog’i darkor.Ya’ni erkin fukaro-ongli yashaydigan, mustaqil fikrgya ega bulgan shaxs ma’naviyatini kamol toptirish bizning bosh milliy royamiz bo’lishi zarur.
Darxakikat, mustaqil O’zbekistonda istiqlol ma’naviyat soxasida mavjud bo’lgan vazifalar ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy barqarorlik sharoitida muttasil raviщda bajarilib kelinmokda. Chunonchi, agar istiklolning dastlabki yillarida jamiyat ma’naviy xayotida turgan eng bosh vazifa fukarolarda shurolar davriga xos tafakkurni eskicha fikrlash sarqidlarini bartaraf etish edi. Mazkur masalada qator yutuklarga erishildi. Birok bu borada xali talay ishlarni bajarish lozim.
Ikkinchi, eng muxim vazifalardan yana biri erkin fukarolik jamiyatining ma’naviyatini shakllantiriщdir, zero «ozod, uz xak-xukuklarini yaxshi taniydigan, boqimandalikning xar qanday ko’rinishlarini uzi uchun or deb biladigan, uz kuchi va akliga ishonib yashaydigan, ayni zamonda o’z shaxsiy manfaatlarini xalq Vatan manfaatlari bilan uyg’un xolda ko’radigan komil insonlarni tarbiyalashdan iboratdir.
Istiklol yillarida Uzbekiston madaniyati xususida fikrlash asosida aloxida kayd etilish lozim bo’lgan masalalardan yana biri — ma’naviyat soxasidagi davlat siyosatining tobora konkretlashib borishi, vazifalarni xal etish yullarining oydinlashuvidir.
Ma’naviyat jamiyat a’zolarini ruxan poklantiruvchi, qalban ulg’aytiruvchi, inson ichki dunyosiga, irodasiga kuch-quvvat beruvchi, milliy vijdonini uyg’otuvchi va doimiy xarakatdagi konkret kuchdir. Shunday ekan, ma’naviyatga umumiy tarzda munosabatda bo’lish xatodir, zero xar bir fukaroning ma’naviy-mafkuraviy, komillik darajasi bir xil bulmagani kabi, ularning bunday sifatlarini uygunlashtirib turuvchi ko’rinishlari xam konkretdir.
Xususan, yangi asr busag’asida eng asosiy vazifamiz nimadan iborat? Mamlakat Prezidentining ta’kidlashicha, ma’naviyat soxasidagi strategik maqsadimiz - «milliy kadriyatlarimizni tiklash, uzligimizni anglash, milliy g’oya va mafkurani shakllantirish, mukaddas dinimizning ma’naviy xayotimizdagi urnini va xurmatini tiklash kabi mustakallik yillarida boshlangan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, ularni yangi bosqichga kutarish va ta’sirchanligini kuchaytirishdir”.
Yuqorida bildirilgan fikrdan tabiiy raviщda kelib chikayotgan xulosa shundan iboratki, istiklolning xozirgi bosqichida ma’naviy-ma’rifiy soxadagi ishlarning tashkil etilishidan, endi, bunday ishlarning samaradorligiga erishish muxim axamiyat kasb etmokda. Xush, ma’naviyat soxasidagi ishlarning samaradorligini oshirish deganda nimani tushunish mumkin? Umuman, madaniy-mafkuraviy soxasidagi ishlarimiz jamiyatni ma’naviy yuksaltirishga kodirmi?
Shu urinda kurilayotgan demokratik xuquqiy insonparvar jamiyat yuksak ma’naviy va axlokiy kadriyatlarga tayanishini bu jarayon esa milliy g’oya va milliy mafkuraga, yosh avlodni vatanparvarlik ruxida tarbiyalashga asoslanishini aloxida kayd etish juda muximdir.
Agar, istiqlolning dastlabki yillarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardan kuzlangan maqsad shuro mustabid tizimi asoratlaridan kutulish, jamiyatda ma’naviy yaqqillik yaratishdan iborat bulgan bulsa, endi esa, ijtimoiy xamkorlik komil insonni tarbiyalash ustivor tavsifga ega bulmokda. Ma’naviyatning mamlakatda demokratik xuquqiy, kudratli davlat kurish yulidagi muxim omil ekanligi endi xech kimga sir emas.
O’zbekistonning xozirgi taraqqiyot bosqichida ma’naviy omillar xamda millatlararo munosabatlar masalasiga karash xam tubdan uzgardi. Chunonchi, istiklolning dastlabki davrlarida «soxta baynalminallik» oldida yurak oldirib kuygan Xamda xadiksirash kasalidan xoli bulmagan xolda xar kanday milliylikni ulug’lash va xar kanday «baynalminallik» dan kochish xissiyoti yuzaga kelgan edi. Bunday jiddiy va kat’iy kutblilik tabiiyki, jamiyat ijtimoiy tarakkiyotiga, ayniksa, millatlararo munosabatlar masalasiga jiddiy salbiy ta’sir kursatishi mumkin edi.
Shuning uchun xam O’zbekiston xukumati madaniyatdagi milliylik va baynalmilallik nisbatini saklashga muxim vazifa sifatida munosabatda bula boshladi. Ayni paytda 130 ga millat va elat yashayotgan Uzbekistonda xar bir millat uning barkaror taraqqiyoti, xavfsizligi va yashash kafolotlariga xar kanday taxdidlarning oldini olish, u yoki bu millatga mansub kishilar guruxining xudbinlik kayfiyatlarini mukarrar tarzda boshka millat, xalq imkoniyatlarini zuravonlik va zug’um bilan chegaralab kuyadigan davlat siyosatining ishlab chikilishi bu boradagi amaliy ishlarning samarasini oshirdi.
O’zbekistonda istiqomat kilayotgan kup millatli xalqlarning madaniy taraqqiyoti, ularning uzliklarini anglash jarayonlariga bulgan intilishlarini konuniy-xuquqiy asosda kondirish masalalari xam mamlakat xukumati oldidagi eng muxim vazifalardan biri buldi. Shu urinda 1989 yili madaniyat vazirligi xuzurida respublika millatlararo madaniy markazning tashkil etilishini aloxida ta’kidlash lozimdir. Agarda 90-yillarning boshlarida O’zbekistonda 12 ta milliy-madaniy markaz faoliyat kursatgan bulsa, xozirgi kunga kelib ularning soni 80 dan ortdi. Mustakillik yillarila milliy-madaniy markazlar faoliyagi ustidan muvofiklashtiruvchi ishlarning ko’lami xam ortdi va 1992 yil yanvar oyida xukumat karori bilan Respublika Baynalmilal Madaniy markazi tashkil etildi.
Ushbu markazning bosh vazifasi kilib esa milliy madaniy markazlarga amaliy va uslubiy yordam kursatish, ular faoliyatini muvofiklashtirish, milliy an’ana, urf-odatlarni kaytadan tiklash, MDX va xorij davlatlaridagi baynalmilal madaniy markazlar bilan xamkorlik alokalarini kuchaytirish, Uzbekistonda millatlararo alokalarni yaxshilash, ijtimoiy barkarorlikni ta’minlash kabi muxim masalalar kiritildi.
Istiqlol yillarida ma’naviyat-ma’rifat masalasiga jiddiy e’tibor xukumat tomonidan bu borada mukammal tarzda ishlab chikalgan dastur asosida ish olib borishni taklif etdi. Shu asnoda 1994 yil 23 aprelda mamlakatimiz ma’naviy xayotida muxim vokea yuz berdi: Prezident Islom Karimov farmoni bilan Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat jamoatchilik markazi tashkil etildi.
Ma’lumki, sobik ittifok tugatilishi bilan birga uning kommunistik mafkurasi xam barxam topdi. Bu munofik yakkaxokim mafkuraning achchik saboklaridan achchik saboklaridan xulosa chikarib mamlakatimizning Asosiy Konunida «Xech kaysi mafkura davlat mafkurasi bulishiga yul kuyilmaydi», deb yozib kuyildi. Shu asnoda, jamiyatimiz xech kachon mafkura yakkaxokimligi ro’y bermasligi uchun zarur bulgan xuquqiy poydevor yaratilgan. Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazi ayni shu maqsadni kuzda tutib tashkil etildi.
Qaid etish lozimki, ma’naviyat-ma’rifat markazi qiska davr ichida xalqimizning boy ma’naviy merosini urganish, milliy va umuminsoniy kadriyatlar asosida mamlakat va millat kelajagini belgilaydigan ilg’or g’oyalarni yuzaga chikarish buyicha yirik ishlarni bajardi. Shu bilan birga, ma’naviyat va ma’rifat masalalarini bevosita jamoatchilik yuli bilan rivojlantirishga aloxida e’tibor berilishi uz samarasini bermokda.
Ushbu yunalishdagi faoliyatni yanada rivojlantirish maqsadida 1996 yil 9 sentyabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish tugrisidagi farmoni jamiyatni ma’naviy
barkarorlashtirishda muxim axamiyat kasb etadi. Undan mazkur masalada jiddiy ijobiy uzgarishlar bilan bir katorda ayrim xollarda ma’naviyatning moxiyatini, uning siljishimish, farovon jamiyatga tezrok yetishimizdagi kimmatini chukur idrok etmaslik xolllari mavjudligi, bu ishga daxldor raxbardarda mas’ullik xislari past ekanligiga e’tibor karatildi jamoatchilik markazi qoshida «Oltin meros» xalqaro xayriya jamgarmasi ta’sis etildi.
Bu boradagi ishlarni tartibga keltirish, faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida Uzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov 1999 yil 3 sentyabrda «Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashini kullab-kuvvatlash tugrisida»gi farmonga imzo chekdi. Ushbu farmon ma’naviyat va ma’rifat davlat siyosatining ustivor yunalishi ekanligi tug’risidagi royani yanada mustaxkamladi va yanada unga kuch berdi.
Xukumat tomonidan ko’rilgan tadbirlar samarasi natijasida ma’naviyat va ma’rifat jamiyatda ruxiy poklanishga, shaxc ulugvorligini oshirishga, demokratik xuquqiy, insonparvarlik davlat qurishga mustaxkam poydevor yaratdi.
Fоydalanilgan adabiyotlar:
1.“2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi”. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni.
2. “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O`zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo`llab-quvvatlash to`g`risida”. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106 sonli Farmoni.
3.Mirziyoev Sh.M. “Bilimli avlod – buyuk kelajakning, tadbirkor xalq – farovon hayotning, do`stona hamkorlik esa taraqqiyotning kafolatidir” mavzusidagi O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi.// “Xalq so`zi” gazetasi 2018 yil 8 dekabr.
4.O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi “Oliy o`quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to`g`risida” gi PF-4958 sonli Farmoni.
5. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-2909-sonli Qarori.
Do'stlaringiz bilan baham: |