Qаvаt bаlаndligi
“Nq” bilan qаvаtning sаthidаn yuqоrida joy-lashgan qаvаt pоlining sаthigаchа bo’lgаn mаsоfа (balandlik) оlinаdi:
c) ko’p qavatli binolarda
d) kam qavatli binolarda
|
|
Bino elementlarining o’zaro joylashishini aniqlash uchun uning yuk ko’taradigan konstruksiyalari reja o’qlar (4.5 -rasm)ning to’ridan foydalaniladi. Reja o’qlari shtrix-’unktir chiziq bilan chiziladi va markasi diametri 8 mmli doiraning ichida qo’yiladi. Reja o’qlarini markalashda arab raqamlaridan foydalaniladi
O’qlar cha’dan o’ngga va ‘astdan yuqoriga qarab markalanadi. O’qlar markasi odatda, bino ‘lanining cha’ va ostki tomoni bo’yicha joylashtiriladi.
Yuk ko’taradigan bo’ylama va ko’nydalang devorli binolarda tashqi va ichki devorlar reja o’qiga (4.6-rasm) quyidagicha bog’lanadi:
- tashqi devorning ichki tomoni reja o’qidan ichki devor qalinligining yarmiga teng masofaga joylashtiriladi; tashqi devorning ichki tomonini reja o’qi bilan qo’shib ko’rsatish ham mumkin:
- ichki devorlarda devorning simmetriya geometrik o’qi reja o’q bilan to’g’ri kelishi lozim, zina va kataklari devori va kanali bo’lgan devorlarda bu qoidadan chetga chiqish mumkin.
N azorat savollari
1. Bo’ylama va ko’ndalang reja o’qlari deb nimaga aytiladi?
2. Reja o’qlari nima uchun ishlatiladi va qayday chiziq bilan chiziladi?
3.Qadam deb nimaga aytiladi?
4.5.Modul tushunchasi
O’qlar orasidagi masofa 100 mm ga karrali qilib modul tushunchasi kiritiladi. Modul butun, yarim va chorak qismlarga bo’linib, foydalanilishi mumkin. Yiriklashtirilgan modullar quyidagi: 200, 300, 600, 1200, 1500, 3000, 6000 mm o’lchamlari ularga mos belgilari 2M, 3M, 6M, 12M, 15M, 30M, 60M shaklida, kasr modullar esa 1G’2M, 1G’5M, 1G’10M va xokazo shaklida belgilanadi. L0 - nominal o’lcham, L – konstruktiv o’lcham, L0 x M – modul o’lchamidir.
Karkasli binolarda rejao’qlari ichki qator ustunlari kesimlarining geometrik markazlari orqali o’tadi. Karkasli binolarning tashqi qatorlari ustunlarini joylashtirishda quyidagi qoidalarga amal qilish zarur, agar balka, rigel yoki ferma kolonnalarni to’sib tursa, u holda ustunning tashqi tomoni reja o’qi bilan qo’shiladi. (4.7-rasm).
Agar rigellar kolonnaning konsoliga tayangan bo’lsa, u holda kolonnaning ichki tomoni reja o’qida ichki kolonna qalinligi v ning yarimiga teng masofada joylashtiriladi (4.7-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |