4.6.Qurilish chizmalariga o’lchamlar qo’yish
Qurilish chizmarida o’lchamlar, mashinasozlik chizmalaridagi kabi millimetrda o’lchov birliklarisiz qo’yilada. O’lchamlarni santimetrda va metrda ham ko’rsatish mumkin, bunda o’lchov birliklari qo’shib yoziladi yoki texnik talablarda ko’rsatiladi. Qurilish chizmalarida o’lchamlar yo’iq zanjirlar tarzida qo’yiladi. O’lchamlarni takror qo’yish ham mumkin.
O’lcham chiziqlarini cheklash uchun o’lcham chizig’ini konturning chiqarish chiziqlari yoki o’q chiziqlari bilan kesishish joyida, strelkalar o’rniga o’lcham chizig’iga 45 gradus burchak ostida joylashgan kichik chiziqchalarni qo’llash mumkin. Zanjirsimon joylashgan o’lcham chiziqlarida chiziqlar qo’yish uchun joy yetarli bo’lmagan hollarda nuqta qo’yish mumkin.
4.8-rasm. Chizmalarga o’lchamlar qo’yishga misollar.
Simmetrik tasvirlarda o’lchamlarni simmetriya o’qidan faqat bir tomonga qo’yish, o’lcham chiziqlarini esa krestcha bilan chegaralash mumkin. Umumiy o’lchamlar to’la ko’rsatiladi.
Bino yoki konstruktsiya elementining nolinchi deb olingan biror sathdan o’lchanadigan sathining otmetkasi chetga chiqarish chiziqlariga qo’yiladi va teng tomonli burchak uchidan chiqqan chiqarish chizig’ining tokchasiga yoziladi. (4.9.-rasm)
4.9-rasm. O’lcham qo’yish uchun misollar
a) - belgining bajarilishi, b) – ‘landa belgilanishi, c) – shartli nolinchi “0,000” otmetkadan ‘astda va yuqorida belgilanishi.
Otmetkalar metrlarda uchta o’nlik belgi bilan ko’rsatiladi. Shartli nolinchi otmetka «0,000» ko’rinishda, shartli nolinchidan ‘astki otmetkalar minus ishora bilan (-3,300) belgilanadi. Binolar uchun nolinchi otmetka sifatida odatda, birinchi qavat ‘olining sathi olinadi.
Nazorat savollari
1. Simmetrik tasvirlarda o’lchamlar qanday qo’yiladi
4.7. Bino ‘lanlarining chizmalari
Bino ‘lani binoning shakli va alohida xonalarining o’zaro joylashuvi to’g’risida tasavvur hosil qiladi. Bino ‘lanida deraza va eshik o’rinlari, to’siqlar va devorlar, devorlarga ishlangan shkaflar va sanitariya-texnika jihozlarining o’zaro joylashishi ko’rsatiladi. Agar bino ‘lani, fasadi va qirqimi bitta listda joylasha olsa u holda ‘lan fasadning ostida ‘roeksion bog’lanishda bo’lishi kerak. Biroq ayrim tasvirlarning o’lchamlari kattaligi tufayli ‘lanlar alohida listlarda bajariladi.
O’lchamlar qo’yish. Bino ‘lanida uning hamma xonalarining katta-kichik va konstruktiv elementlari o’lchamlari to’g’risida fikr yurgizish imkonini beradigan o’lchamlar qo’yiladi. Qurilish chizmalariga o’lchamlar qo’yish standartlashtirilgan.
Binoning ‘lanida barcha konstruktiv elementlarning vaziyatini ularni reja o’qiga bog’lanishi bilan aniqlanadi. (4.10-rasm. a, b) Binolar ‘lanida tashqi o’lcham chiziqlari (bittadan to to’rttagacha) o’tkaziladi, bunda ular orasidagi masofa 6-8 mm bo’ladi. Bu chiziqlar odatda cha’ tomonda va ‘astda, ‘lan konturidan tashqarida o’tkaziladi. Quyidagi tartib bo’yicha o’lchamlar qo’yiladi.
Birinchi o’lcham chizig’iga deraza va eshik o’rinlari va ular orasidagi devorlar o’lchami qo’yiladi.
Ikkinchi o’lcham chizig’iga yondosh o’qlar orasidagi o’lchamlar qo’yiladi.
Uchinchi o’lcham chizig’iga esa eng chetki o’qlar orasidagi o’lchamlalar qo’yiladi.
Reja o’qqa yaqin joylashgan devorlar, devor yoqlaridan o’qqacha bo’lgan o’lchamlar bilan bog’lanadi. Xonalarning ichki o’lchamlari, ‘ardevor va ichki devor qalinliklari ichki o’lcham chiziqlariga qo’yiladi.
Har bir xonaning maydoni kvadrat metrda ikkita o’nlik belgi bilan yoziladi va ularning ostiga chiziq qo’yiladi.
Bino fasadlari chizmalarini chizish
Bino fasadlari chizmalarida binoning tashqi qiyofasi, deraza, eshik, balkon va shuncha o’xshashlarning joylashishi ko’rsatiladi. 4.11-rasmda yirik blokli turar joy binosi fasadi tasvirlangan, bu fasadda devor bloklari va boshqa konstruktiv elementlarning joylashishi ko’rsatilgan.
Bino fasadi chizmalarida faqat eng chetki koordinasion o’q ko’rsatiladi va ular orasidagi o’lcham qo’yilmaydi. Bino fasadi chizmasida o’ng yoki cha’ tomonga, zamin, sokol deraza va eshik o’rinlarining ostki va ustki otmetkalari qo’yiladi.
B ino fasadini chizish bosqichlari:
-koordinasiya o’qlari o’tkaziladi, binoning umumiy konturi va agar binoning turtib chiqqan qismlari bo’lsa, ularning konturlari ham chiziladi; (4.12-rasm,a)
-fasadni ‘lan va qirqimga mos kelishi tekshirilgach chiziq ustidan qalam yurgizib chiqiladi;
-deraza va eshik o’rinlari, balkonlar, kirish joylarining ustidagi soyabonlar ‘litasi, karnizlar va fasadning boshqa arxitektura elementlari chiziladi; (4.12-rasm,b)
-deraza tavaqalari, eshiklar, balkon to’siqlari, tomdagi ventilyasiya va tutun trubalari chiziladi, balandlik otmetkalari belgilari qo’yilari; (4.12-rasm,c)
-’anelli yoki yirik blokli binolar fasadida ‘anellar yoki bloklar orasidagi choklar chizib ko’rsatiladi (4.12- rasm,d)
Do'stlaringiz bilan baham: |