1.2 O`zbekiston milliy arboblari, ma`rifatparvar, yozuvchi va shoirlarning qatag`on qilishi.
Ilg`or fikrli yozuvchi va shoirlarning qatag`on qilinishi. XX asrning 20-40 yillarda Cho`lpon, Fitrat, Botu, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir, Otajon Hoshim, Abdulla Alvoniy, Elbek, Rafiq Mo`min singari bir-biridan iste`dodli adiblar ma`rifat targ`ibotchilarini ham qatag`on to`lqini o`ziga tortdi. Shuningdek, o`zbek romanchilarining otasi Abdulla Qodiriy, talantli yozuvchi Oybek, Shuhrat, Mirzakalon Ismoiliy, Sayid Ahmad, Shukurullo «Xalq dushmani» deb e`lon qilindi. Ularning asarlari man qilinib o`zlari qamoqqa olinib stalincha lagerlarga jo`natildi.
Bundan tashqari chet elda bo`lib kelgan bir qancha ziyolilarimiz Sattor Jabbor, Solih Muhammad, Maryam Sultonmurodova, Xayriniso Majidxonova va boshqalar ham asossiz qatag`on siyosatining qurboni bo`ldilar. Ularning ko`plari shu siyosatdan bezib, chet ellarda Vatandan yiroqda qolib ketdilar.O`zbekistonda qatag`on siyosati minglab ziyolilarimizni o`z domiga torgan edi. Shundaylardan yana biri Munavvarqori Abdurashidxonovdir. U nafaqat Toshkent jadidlari, balki Turkiston va Rossiya musulmonlari orasida ham obro` qozonadi. U fevral inqilobidan keyin siyosiy hayotda faol ishtirok etish bilan birga «Najot», «Kengash» ro`znomalarini tashkil etib ularga muharrirlik qiladi. Oktabr to`ntarishidan keyin esa Munavvarqori yangi maxsus va oliy ta`lim asoschilaridan biri sifatida faoliyat ko`rsatadi.
Munavvarqori ToshDUni tashkil etishda jonbozlik ko`rsatadi. U qisqa muddat xalq maorifi bo`limida faoliyat ko`rsatadi. U ham stalincha qatag`on siyosatining qurboni bo`ladi. 1929 yili qamoqqa olinadi va uchlik hukm bilan otib o`ldiriladi.Birin-ketin qatag`on to`lqini ko`zga ko`ringan o`zbek ziyolilarini ham yo`q qila boshladi. Shulardan biri shoir Usmon Nosir edi.U Namangan shahrida dunyoga keladi. Usmon Nosirni hibsga olishga sabab bo`lgan bahona haqidagi so`nggi vaqtda matbuotda turli-tuman fikr bayon qilindi. Chunonchi, shoir jiyani Nodira Rashidova bir maqolasida bu haqda quyidagi so`zlarni aytgan: "1937 yilning may oyida Moskvada O`zbekiston adabiyoti va san`ati dekadasi bo`lib o`tadi. Delegasiya sostavida Usmon Nosir ham bo`lgan. Toshkentga bir to`p yozuvchilar poyezdda qaytishadi". Usmon Nosir: "Mana Stalinni ham o`z ko`zimiz bilan ko`rdik, hammamiz qatori oddiy odam ekan. U menga bir kerosin sotadigan do`stimni eslatdi", - deb aytdi. Holbuki, bu faqat bir joyda qayd etilmagan.
Tergov materiallari shundan dalolat beradiki, Usmon Nosirni qora kursiga o`tkazgan kishilardan biri Aleksandr Grigoryevich Lavrentyev degan rus yozuvchisidir. A.S.Pushkin vafotining 100 yiligi munosabati bilan 1937 fevralida o`tkazilgan SSSR yozuvchilar uyushmasining tantanali tadbirida bu ikki Qo`qonlik (U .Nosir va A.G.Lavrentyev) "do`st" ham ishtirok etishgan. Usmon Nosir mehmonxonada Lavrentyev bilan turgan. Mehmonxonadagi Lavrentyev bilan qilgan suhbati chog`ida she`riyat mundarajasi pissimistlik dunyoqarashiga tayangan va shoir mavjud tuzumga oppozisiyada bo`lgan taqdirdagina haqiqiy san`at asari maydonga kelishini aytgan. Yana shu suhbat mobaynida O`zbekiston sosializm barpo etish uchun albatta SSSR tarkibida bo`lishi shart emas, turkiy xalqlar o`zaro birlashib ham sosializmga borishi mumkin, degan, "aksilinqilobiy" mulohazani bildirgan. Moskva safaridan qaytish ham Usmon Nosir uchun beiz ketmadi.U poyezdagi ozgina mayxo`rlikdan so`ng Lavrentyev bilan aytishib qolib, uni "Velikorus" deb xaqorat qilgan. Oradan 4 oy o`tgach, Lavrentyev Usmon Nosir ustidan ariza yozib, shoirni millatchi, aksiinqilobchi sifatida aybladi.1937 yilning 12 iyunida O`zbekiston yozuvchilar uyushmasida Usmon Nosirni shaxsiy ishiga bag`ishlangan yig`ilish shoir uchun fojeali yakunlandi. O`sha kunni ertasiga DXQ 4-bo`limini Klenov va Xayruddinov familiyali xodimlari kelib Usmon Nosir uyida tintuv o`tkazadilar va uni olib ketadilar.
Usmon Nosir chirkin qamoqxonalarda ham yorug`, hur kunlar kelishiga umid bilan boqib yashaydi. Yashashga bo`lgan ilinji shoirni ijod qilishga undadi. Bugungi kunda: "Shoir o`sha kezda Stalinni sevmasdi, uni og`ir qismati uchun tinmay la`natlardi", - deyish juda ham to`g`ri bo`lmasa kerak. Uning "Xalqlar dohiysi"ga hurmati baland bo`lgan. Aniqrog`i uni ardoqlar va itoat etardi. Shu bois, u nomining bot — bot tilga olardi.Yoki ro`y berayotgan bedodliklardan Stalinni mutlaqo bexabar, deb anglaydi. Agarda shunday deb o`ylamaganda, unga shaxsan xat bilan murojaat etmagan bo`larmidi?! Zero, bu bilan o`zi uchun ma`lum bo`lgan xaqiqatni oydinlashtirmoqchi edi, xolos. Baxtga qarshi uning qalb nidosi qumga oqqan suv misoli izsiz yo`q bo`lib ketgan.
Sevimli shoirimiz E.Vohidov Usmon Nosir ijodiga shunday ta`rif bergan: "Kalbi keng, ko`ngli ochiq, to`g`ri so`z va jangovar shoir yigitni ko`p jihatdan Yeseninga o`xshash ko`raman". Usmon Nosir huddi ulkan rus shoiri kabi olovli, isyonkor qalb egasi, she`riyat ufqida nogohon balqigan yorug` yulduz edi.U ham yorug` dunyoni juda erta va bevaqt tark etdi. Yesenin kabi murakkab davr girdobida halok bo`ldi.
Usmon Nosirni olib ketishgach, undan uzoq vaqt hech qanday darak bo`lmadi, oila a`zolari undan xabar olish maqsadida kimga murojaat qilishni bilmay, boshlari qotgandi. Bir vaqtlar minglab she`riyat muxlisi tan olgan g`ark etgandek, guyo undan hamma birdan yuz o`chirgandek edi. Nihoyat, Usmon Nosir Toshkent qamoqxonalaridan birida ekanligi aniq bo`ladi. Bir kuni shoirdan qamoqxonadan xat chiqarishga imkon tug`iladi. Unda: "Singlim Rohatxon! Uyg`unnikiga borib, mening narsalarimi yig`ishtirib ol. Madamin, Davronnikida paltoyim bor.. Kerakli narsalarni to`plab, Ibrohim Nazirnikida etigim bor. Shularni olib kelib, menga kirgizib yubor, uzoqlarga ketadiganga o`xshayman", — deyilgan edi. Xatda aytilganlarga hammasi shoir buyurganlarini, berishadi, lekin Ibrohim Nazir: "Men "Xalq dushmani" singlisi bilan gaplashmayman", - deb etikni otib yuboradi. Kechagina do`stman, deb yurganlar shunday qilmishgacha yetib borgan bo`lsalar. Lekin shoirdan tonmagan tanishlari ham yo`q emas edi.1944 yilning boshida eski tanishim toshkentlik jurnalist Farruh Ahmadiy kelib, qo`rqa-pisa Usmon Nosirdan kelgan xatni tutqazadi. Xatda: "Singlim Rohatxon, sening O`tkir Rashidga turmushga chiqqanini eshitib bag`oyat hursand bo`ldim. Sizlarga atab she`r ham yozdim. Turmushlaring yaxshi bo`lsin. Bu xatni olib borgan odamdan yomonlik kutmang, nahotki mening O`zbekistonda do`stlarim yo`q bo`lsa? Toshkent qamoqxonalarida umrbod yotishga ham roziman.Faqat, meni bu yerdan olib ketishmasin.Yozuvchilar uyushmasiga borib murojaat qilgin.Xatni o`qigach, uni yo`qotinglar".
Qatag’on qurbonlaridan yana biri Abdulla Qodiriy edi. Abdulla Qodiriyning 44 yillik umri, 20 yillik ijtimoiy va ijodiy faoliyat davri keskin kurashlar, ta’qibu tahdidlar ichida o’tdi. Rostgo’y adib sho‘ro davri haqidagi badiiy asarlarida, publitsistikasida sho’ro voqeligiga xos ziddiyatlarni, siyosatdagi xato va kamchiliklarni xolis turib ko’rsatishga jazm etdi. Ammo uning bu urinishlari birin-ketin zarbaga uchray boshladi. 1926-yil „Mushtum“da bosilgan „Yig’indi gaplar“ hajviyasidagi tanqidiy mulohazalari uchun „aksilinqilobiy harakat qilganlik“da ayblanib qamoqqa olinadi, turli bo’xtonlar bilan sudlanadi. Sudda u mardona turib o’z sha’nini himoya qiladi. „Obid ketmon“ qissasi ham sho’ro mafkurachilariga ma’qul kelmaydi, keskin tanqidga uchraydi; „ideologik buzuqliklar va xatolar“ga to’la, „siyosiy tutruqsiz“ asar sifatida baholanadi. Yozuvchining tarixiy romanlarining esa asosiy mavzusi – millat taqdiri, birligi, el-yurt qayg’usi, mustaqilligi, shaxs erki, ijtimoiy adolat uchun kurash g’oyalari bilan yo’g’rilganligi tufayli ham hukmron mafkuraga zid asarlar bo’lib chiqdi.Millat ruhini yorqin aks ettirgan, xalqning, o’zga millat kitobxonlarining sevimli asarlariga aylangan bu romanlar sho’ro davri siyosati uchun zararli kitoblar sifatida bot-bot qoralandi.30-yillar o’rtalariga kelib, bu mash’um kampaniya avjiga chiqdi.G’ofir G’ulom, Abdulla Qahhor, Uyg’un kabi shogirdlarining "donos"lari ortidan Abdulla Qodiriy 1937-yil 31-dekabr kuni xibsga olindi.9 oylik qamoqdagi so’roq-tergov, qiynoq, xo’rlikdan so’ng Cho’lpon, Fitrat kabi maslakdoshlari bilan birga qatl etildi. Qodiriy xibsga olingach, asarlari „zararli“ sanalib o’tda yoqildi, kutubxonalardan yo’qotildi, ularni o’qish ta’qiqlandi.
Ming afsuslar bo`lsinkim, yozuvchilar uyushmasiga borib qilingan iltimosni ham bir chaqali foydasi bo`lmadi. Kora kunlar tushib, undan omon qaytishiga muyassar bo`lgan Tojixon Shodiyovaning xikoya qilib berishicha, shoir uzoq ayozli Magadanlarda bo`lganida oyog`ini sovuqqa oldirib qo`yibdi. So`ng uni Kemerovaga jo`natishibdi. So`ngi kunlarda shoir bedodlikka qarshi hatto ochlik ham e`lon qilgan.Og`ir xastalik bilan u qamoqxonada ko`z yumibdi.
Eng so‘nggi ma’lumotlar, tarixiy hujjatlarni har tomonlama o‘rganish, tahlil qilishlar, surishtirishlar bunday tashkilotlarning respublikada umuman bo‘lmaganini to‘Ia tasdiqlamoqda. Demak, bunday aksilinqilobiy tashkilotlar qatag‘on tuzumi buyurtmasi asosida Markaz va uning jazo organlari tomonidan atayin to‘qib chiqarilgan va hayotga izchil tatbiq etilgan. Buning orqasida ming-minglab begunoh insonlar shafqatsiz jazolangan, umrlari xazon bo‘lgan. XX asr boshidan 40-yillargacha 450 ming vatandoshlarimizga nisbatan “jinoiy ish” ochilgani, ularning hayoti ostin-ustun bo‘Iib ketgani faktdir.
Faqat 1937–1939- yillarda O‘zbekistonda hammasi bo‘Iib 43 mingdan ziyod kishi qamoqqa olingan. Ulardan olti ming 920 nafari otib tashlangan. 37 ming nafari esa turli muddatga qamoq va surgunlarga hukm etilgan. XX asrning 20–40-yillarida Cho‘lpon, Fitrat, Botu, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir, Otajon Hoshim, Abdulla Alvoniy, Munavvar Qori, Elbek, Rafiq Mo‘min singari bir-biridan iste’dodli adiblar ma’rifat targ‘ibotchilarini ham qatag‘on to‘lqini o‘ziga tortdi. Shuningdek, o‘zbek romanchilarining otasi Abdulla Qodiriy, talantli yozuvchi Oybek, Shuhrat, Mirzakalon Ismoiliy, Said Ahmad, Shukurullo “Xalq dushmani” deb e’lon qilindi. Ularning asarlari man qilinib, o‘zlari qamoqqa olinib, stalincha lagerlarga jo‘natildi. Qatag`on davrini qonli qatag`onlari natijasida o`zbek xalqi o`zining ming - minglab dono, mustaqil fikrli, ko`zi ochiq, taffakuri tiniq, insoniy qadr - qimmatlarini bilgan kishilarni yo`qotdi. Natijada, xalqimizni kelajagi markazga bo`ysinuvchi kishilar qo`lida qolish bilan birga, bu holat sobiq imperiya «dohiy»lari uchun O`zbekistonni boshqarishda ancha qulayliklar tug`dirdi.
XX asrning buyuk burilishlar davrida o`zbek xalqi oldida bir necha asrlik inqirozdan chiqish imkoniyatlari paydo bo`ldi. Bu bevosita jadidlar faoliyati bilan bog`liq edi.Sovet zamonasida ham milliy taraqqiyparvarlarimiz o`lka xalqlari mustaqilligi uchun goh oshkora, goh yashirin faoliyat yuritdilar.Biroq, mustabid tuzumning mash`um qatag`onlik siyosati XX asrning 30-yillarida Vatan va millat istiqboli uchun kurashuvchi barcha fidoyi insonlarni deyarli qatag`on qildi. Ularni «Vatan xoini», «Xalq dushmani», «Panturkist», «Panislomist», «Angliya josusi» kabi o`ylab topilgan sohta nomlar bilan badnom qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |