112
IV bob
HALQUM KASALLIKLARI
Halqum anatomiyasi
Halqum (
pxarynx) – ovqat hazm qilish yo‘lining boshlan-
g‘ich qismi. Shu bilan birga u yuqori nafas yo‘llarining
bir qismi, burun bo‘shligini hiqildoq bilan bog‘lab turadi.
Halqum mu shak nayi bo‘lib, kalla asosidan boshlanib I–II
bo‘yin umurtqasi gacha davom etadi.
Past qismida halqum
qizilo‘ngachga o‘tadi.
Halqum 3 qismdan iborat: yuqori – burun qismi yoki
burun-halqum; o‘rta – ogiz qismi yoki ogiz-halqum; pastki
– hiqildoq qismi yoki hiqildoq-halqum.
Halqumning burun qismi –
xoanalar yordamida burun
bo‘shligi bilan bog‘lanadi. Uning yon devorlarida eshitish
(Yevstaxiy) naylarining halqum teshiklari ochiladi. Bu te-
shiklar burun-halqumni chap va o‘ng nog‘ora bo‘shliqlari
bilan bog‘lab turadi. Halqumning yuqori va yon devorla-
rida limfoid to‘qimaning yig‘indisi joy olgan.
Ular halqum
(III, retronazal bodomcha bez, Lyushke bezi) va paylar-
ning (V va VI) bodomcha bezlarini hosil qiladi.
Halqumning og‘iz qismi oldidan og‘iz bo‘shlig‘iga ochi-
ladi, orqa devori III bo‘yin umurtqasi bilan chegaradosh,
pastda esa halqumning hiqildoq qismiga o‘tib ketadi. Og‘iz
bo‘shlig‘i yuqorida yumshoq tanglay va tilcha, pastda – til
ildizi, yonlarida – old va orqa tanglay
yoylari bilan che-
garalangan. Tanglay yoylari orasidagi chuqurchada ikki to-
mondan I va II tanglay bodomcha bezlari joylashgan. Ular-
da 16–18 ta chuqur egilgan va shoxlangan lakunalar tavofut
qilinadi (kriрtalar). Halqumning hiqildoq qismi bo‘yinning
113
IV, V va VI umurtqalari sohasida joylashgan. Halqum old
devori ning til ildizi bilan hosil bo‘lgan past qismida til (IV)
bodomcha bezi joylashgan. Halqumning limfoid to‘qimasi
– tanglay, nay, halqum, til,
bodomcha bezlari va mayda
limfadenoid to‘qimaning yig‘indilari halqumning limfatik
halqasini hosil qiladi (Pirogov-Valdeyer halqasi). Bodom-
cha bezlari ning asosiy vazifasi organizmni infeksiyalardan
himoya qi lishdir (48-rasm). Halqum devori 4
qavat par-
dadan iborat: shilliq, fibroz, mushakli va biriktiruvchi.
48-rasm.
Og‘iz-halqum.
1 – til ildizi;
2 – oldingi tanglay
yoychasi;
3 – lakuna teshikchasi;
4 – orqa tanglay yoychasi;
5 – yum -
shoq tanglay;
6 – og‘iz-halqumning
orqa devori; 7
– og‘iz-halqumning
orqa devorlarida limfoid to‘qima
granulalari.
5
4
3
2
1
7
6
Halqumning qon bilan ta’minlanishi tashqi uyqu ar-
teriyasidan
amalga oshiriladi, pastki qismi esa qon bilan
yuqori qalqonsimon arteriyadan ta’minlanadi. Innervatsiya
til-halqum va adashgan nerv tomonidan amalga oshiriladi.
Shuningdek, halqumning innervatsiyasida simpatik poya-
ning yuqori bo‘yin tugunlarining
shoxchalari ham qatna-
shadi. Ular halqum nerv o‘ramlari bilan birgalikda harakat
va sezgirlik innervatsiyasini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: