Konikotomiya – elastik konus sohasida hiqildoqni ke-
sib ochish – traxeostomiya o‘tkazishning iloji bo‘lmasa,
duch kelgan o‘tkir kesuvchi asbob yordamida zudlik bilan
amalga oshirilishi mumkin (pichoq, o‘tkir tig‘li narsalar va
hokazo).
Traxeostomiya – hiqildoqni kesib ochish va uning ichi-
ga maxsus naylarni kiritish. Ambulatoriya va shifoxonalar-
da traxeostomiya o‘tkazish uchun kerakli asbob-anjom-
lar yig‘masi doimo tayyor bo‘lishi kerak (63, 64-rasmlar).
63-rasm. Traxeostomiya qilishda ishlatiladigan asboblar yig‘masi.
1 – skalpel; 2 – qaychi; 3 – pinsetlar; 4 – shpris va ignalar; 5 – o‘t kir
ilmoqlar; 6 – to‘mtoq ilmoqlar; 7 – qisqichlar; 8 – igna tutgich;
9 – tra xeostomik kengaytirgich; 10 – so‘rib olish uchun shlang.
167
Traxeostomiya operatsiyasini faqat shifokor bajarishi kerak.
Lekin ayrim hollarda mazkur operatsiya shoshilinch tarzda
o‘tkaziladi va feldsher yoki hamshira shifokorning yordam-
chisi bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ular ham operatsi-
yaning borishini bilishlari shart (65, 66, 67-rasmlar).
1
2
3
65-rasm. Tomoqni kesish
turlari.
1 – konikotomiya; 2 – yuqori
traxeostomiya;
3 – pastki traxeostomiya.
64-rasm. Traxeostomik naychalarning turlari.
1 – teflondan; 2 – zanglamaydigan po‘latdan;
3 – manjetka o‘rnatilgan termolabil plastmassadan yasalgan nay.
2
1
3
168
Buning uchun bemor chal qancha yotqiziladi. Ku raklari
tagiga (bo‘yin tagiga emas) yostqiq qo‘yiladi. Ope ratsiya
may doni tozalanib, 0,5% li novokain bilan ma halliy anes-
teziya qilinadi. Agar bemor ning ahvoli juda og‘ir bo‘lsa,
or ga nizmda karbo nat angidrid me’yoridan ortib ketsa, og‘-
riqqa sezgirlik pa sayishi sa bab li anesteziya o‘t kazilmasligi
mumkin.
a
b
66-rasm. Traxeostomiya bosqichlari.
a – traxeyani kesishdan oldin; b – traxeostomik naychani kiritish.
169
Traxeostomiya quyidagi bosqishlardan iborat:
– teri, teri osti kletchatkasini kesish, kesilgan jarohat
chetlarini yirish, qonni to‘x ta tish;
– ko‘krak-til osti mushaklarining birlashgan oq chizig‘i
ochi ladi;
– ikkita pinset bilan oq chiziq to‘qimalari markazdan
ko‘ tarilib, Kupfer to‘mtoq qaychisi yordamida ko‘ndalang
kesiladi;
– tarnovsimon zond oq chiziq ostiga oldin yuqoriga,
keyin pastga tiqilib, u bo‘ylab to‘qimalar kesiladi;
– qalqonsimon bo‘yincha ochiladi va pastga tortiladi;
– shunday qilib traxeyaning oldingi devori ko‘riladi,
skalpel bilan traxeyaning ikkinchi va uchinchi yarim halqa-
si kesiladi;
– traxeya devori kesilgandan keyin unga Trusso turidagi
kengaytirgichlar yordamida traxeostomik kanyula kiritiladi;
– agar kanyula orqali bemor nafasi tiklansa, kanyula
atrofidagi teriga chok qo‘yiladi;
– traxeyaga kiritilgan nay bemor bo‘yniga dokali
bog‘lam bilan mustahkamlanadi.
67-rasm. Traxeostomik kanyulani kiritish.
170
Do'stlaringiz bilan baham: |