Jahon sivilizatsiyasining asrlar davomida rivojlanishi, dunyodagi turli mamlakatlar ijtimoiy - iqtisodiy hayot tarziga turlicha ta'sir ko'rsatdi. Shu nuqtai nazardan XGX asrni torn ma'noda g'arb sivilizatsiyasining oltin asri yoki klassik oltin standard hukmronligi asri deyishimiz mumkin. Bu davrda muomalada oltin bilan birga kumush ham to'lov vositasini bajargan, lekin mamlakatlar o'rtasidagi hisob - kitoblar oltinda amalga oshirilar va jahon mamlakatlari iqtisodiyoti oltin standard ostida birlashgan edi.
Bretton Vuds va yangi oltin deviz standarti (1945 -1968 y.)
Ikkinchi jahon urushi tugagandan keyin AQSh tomonidan yangi pul tizimi taklif etildi. Uning qoidalari 1944 yilda Nyu - Xemshir shtatining Bretton-Vuds shahrida bo'lib o'tgan xalqaro konferentsiyada kelishildi va 1945 yilning iyul oyida AQSh Kongressi tomonidan ratifikatsiya qilindi.
1950 yillar boshida dollar inflyatsiyasi natijasida xalqaro savdo oqimi o'z yo'nalishini o'zgartirdi. AQShda pul taklifi va kredit hajmi ortib borishi natijasida, aksariyat Yevropa mamlakatlari (G'arbiy Germaniya, Shveytsariya, Fransiya, Italiya)ning valyutalari yanada mustahkamlandi. Inflyatsiya darajasi yuqori bo'lgan Buyuk Britaniyada esa mamlakatdan dollarni chiqishini oldini olish maqsadida funtni 2,40 dollargacha devalvatsiya qilindi. Yevropa va Yaponiyada ishlab chiqarishning barqaror rivojlanishi AQSh to'lov balansida kamomadni yuzaga kelishiga sabab bo'ldi. Inflyatsiyani cheklashda oltin tanga standartining klassik yondashuvchanligi o'zining xususi- yatini butunlay to'xtatishi bilan birga, Bretton - Vuds tizimining qoidalari G'arb davlatlariga doimiy dollar zaxiralarini ko'paytirishni va buning asosida milliy valyuta taklifi va kredit hajmini oshirishni talab etgan.