Qul Ubaydiy tuyuqlari taxlili



Download 29,39 Kb.
bet3/3
Sana06.04.2022
Hajmi29,39 Kb.
#531541
1   2   3
Bog'liq
Qul Ubaydiy tuyuqlari taxlili

RUBOIYLAR


Do’stning uzrini qabul etmak
Do’stluqning ulug’ nishoni erur.
Kimki qilmas qabul uzri aning,
Bilkim ul do’stning yomoni erur.
* * *
Gar urush tushsa iki hamdam aro,
Bot aning tadbirini etmak kerak.
Biridin ayb o’lsa zohir, ul biri
Uzr aytib aybini yopmoq kerak.
* * *
Hijron g’amidin ko’ngul ichi to’ldi yana,
Ko’nglum uyi qayg’u maskani bo’ldi yana.
Hajr o’ldi visol o’rnig’a tole yo’qdin,
Naylayki davo dardg’a yuruldi yana.
* * *
Yorin kishi, ey yor, sog’inmasmu bo’lur,
Mahjurini dildor sog’inmasmu bo’lur.
Ko’zu qoshidin musofir o’lg’on yorin,
Ey sho’xi sitamgar sog’inmasmu bo’lur?
* * *
Majnun ishidin ul kishikim ogohdur,
Ushshoq orasinda Ubaydullohdur.
Payvasta junun ahli erur hamroh anga,
Ul rahbar erur alarg’ayu, ham shohdur.

Xulosa
Ubaydiy she’riyatida oʻziga xoslikka, originallikka intilish ustun. Shoir she’riy uslubida soddalikka moyillik, oʻz fikrini mumkin qadar xalq tili bilan bayon etishga urinish muhim ijobiy holdir.

Ubaydiy hukmron sulola vakili boʻlsa ham, uning hayot yoʻlini silliq, faqat zafarlardan iborat deb tasavvur etish toʻgʻri emas. Gʻazallariping birida:
Bir lahza koʻngul oʻlmadi begʻam zamonadin:
Toʻydi zamona mendinu men ham zamonadin,—

deb tortgan nolasining oʻziyeq zamonasi dardu gʻami, nizoyu fitnasidan ozor topganligini koʻrsatib turibdi.

Shuning uchun biz Ubaydiyning oʻsha murakkabliklar va ziddiyatlarga toʻla davrdagi faoliyatida amaldorlik pa hukmdorlikka intilishga nisbatan ma’naviy kamolotga intilish, she’riyat va ijodga intilish ustun boʻlgan deb xulosa chiqarsak xato boʻlmaydi.

Ubaydiy ijodini oʻrganish adabiy merosga bir yoqlama sinfiy munosabatsda boʻlishning qurboni boʻlib keldi. Bundan buyon biz Ubaydiy adabiy merosini jiddiy oʻrganish uchun birinchi yaavbatda uning asarlarining matn xususiyatlariga alohida ahamiyat bermogʻimiz kerak. Bizning tushunishlarimiz shuni koʻrsatadiki, Ubaydiyning oʻzbekcha devoni yagona va chala boʻlishi bilan birga ayrim matniy nuqsonlarga ham ega.



Lekin, nima boʻlganda ham, biz bu noyob iste’dod egasining uch tildagi asarlarini atroflicha va ixlos bilan oʻrganishga, chargʻib etishga kirishmogʻimiz zarur. Shu oʻrinda biz Ubaydiy she’riyatidan kichik bir guldastani kitobxonlar diqqatiga havola etar ekanmiz, bu shoir she’rlarini nashrga tayyorlashda ilk tajribalardan biridir.
Download 29,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish