Qul Ubaydiy tuyuqlari taxlili



Download 29,39 Kb.
bet1/3
Sana06.04.2022
Hajmi29,39 Kb.
#531541
  1   2   3
Bog'liq
Qul Ubaydiy tuyuqlari taxlili


Qul Ubaydiy tuyuqlari taxlili



Reja:


  1. Qul Ubaydiy hayoti

  2. Qul Ubaydiyning asarlaridan anmunalar

  3. Qul Ubaydiy tuyuqlari taxlili


Ubaydullaxon, Ubaydulla Sulton, Ubaydiy (to‘liq ismi: Abulg‘oziy Ubaydulloh Bahodirxon ibn Mahmud Sulton ibn Shoh Budog‘ Sulton ibn Abulxayrxon) (1486, Xorazmning Vazir shahri yaqinidagi Tirsak mavzesi — 1540.17.3, Buxoro) — Buxoro xoni (1533—40), shoir. Shayboniylar sulolasidan. Muhammad Shayboniyxonning jiyani, Mahmud Sultonning o‘g‘li. Otasining iltimosiga ko’ra, unga Xoja Ubaydulloh Ahror o‘z ismini bergan. Tasavvuf bo‘yicha dastlabki saboqni otasining piri Mavlono Muhammad Qozidan olgan. Ubaydullaxonga o‘z davrining mashhur ulamolari Fazlulloh ibn Ro‘zbehon, Maxdumi A’zam, Mavlono Muhammad Azizon, Mavlono Xoja Muhammad Sadr va boshqalar ustozlik qilgan. Xususan, unga davlat arbobi va sarkarda amir Abdulla Yamaniy (Buxoroda Mir Arab nomi bilan mashhur bo‘lgan) harbiy san’atdan saboq bergan va o‘ziga murid qilib olgan.
Xorazm va Buxoro hokimi bo‘lgan otasi Mahmud Sulton Qunduzda vafot etgach (1504), unga O‘rusbek Do‘rmon (1512 yil Ko‘li Malikda bo‘lgan jangda o‘ldirilgan) otaliq qilib tayinlangan. Ubaydullaxon amakisi Shayboniyxonning Xorazm (1505), Balx (1506), Hirot va Mashhad (1507)ga qilgan harbiy yurishlarida qatnashgan. Dastlab safaviylar qo‘shinining Movarounnahr ichkarisiga bostirib kirishidan cho‘chigan Ubaydullaxon va Muhammad Temur Sulton (Shayboniyxonning o‘g‘li) shoh Ismoil I bilan elchilar almashib, sulh tuzishga uringanlar. Shayboniylar sulolasining xoni Ko‘chkunchixonikng asosiy noibi (1510 yildan) va Buxoro hokimi (1504 yildan) sifatida Ubaydullaxon dushmanga qarshi kurashga otlangan. 1511 yilda bo‘lgan jangda yengilgan Ubaydullaxon va Ko‘chkunchixon, Samarqand hokimi Suyunchxo‘jaxon, shuningdek, Muhammad Temur Sulton va Jonibek Sulton o‘z yaqinlari bilan Turkiston shahriga chekinadilar.
1512 yil 28 aprelda Ko‘li Malik jangida Ubaydullaxon g‘alaba qozonib, Buxoro va Samarqandni egallaydi. 1512 yili bahorida Ubaydullaxonning shijoati natijasida Movarounnahr yana shayboniylar qo’liga o‘tdi. Biroq Ismoil I yuborgan Najmi Soniy boshchiligidagi 60 ming kishilik safaviylar qo‘shiniga suyangan Bobur 1512 yil kuzida G‘uzor va Qarshini egallaydi. Najmi Soniy qo‘shini G‘ijduvonni qamal qilishga kirishdi. Ubaydullaxon va Jonibek Sulton Karmanaga; Kuchkunchixon va Temur Sulton Miyonkolga chekinib, hal qiluvchi jangga tayyorgarlik kurishadi. 1512 yil 24 noyabrdagi G‘ijduvon jangida Ubaydullaxon boshchiligidagi qo‘shin g‘alaba qozongan.
1513 yil yanvarda Ubaydullaxon boshchiligidagi qo‘shin Xurosonga harbiy yurishlar qilib, safaviylarga kuchli zarbalar berdi. 1513 yil 11 martda Ubaydullaxon Marvni egallaydi. Bu orada Ubaydullaxon Xorazmni ham egallab, o‘g‘li Abdulazizxonni hokim qilib tayinlaydi. Uzoq davom etgan harbiy to‘qnashuvlardan so‘ng Mashhad, Hirot (1529) va b. shaharlar egallandi. Ubaydullaxon Hirotdagi murakkab vaziyatni tartibga solish (bu yerda shialarning ta’siri kuchayib ketgan edi) va uning Buxoro bilan aloqalarini mustahkamlashga katta e’tibor qaratgan. Kuchkunchixon vafot etgach, uning o‘g‘li Abu Saidxon davrida ham Ubaydullaxon noiblik vazifasida qolgan.
1533 yilda Abu Saidxon vafotidan so‘ng, turkiy an’anaga binoan sultonlar ichida eng yoshi ulug‘i Ubaydullaxon Buxoroda shayboniylar sulolasining xoni qilib ko‘tarilgan. Poytaxt ham Samarqanddan Buxoroga ko‘chirilib, davlatning nomi rasmiy ravishda Buxoro xonligi deb atalgan. Ubaydullaxon hukmronligi davrida Buxoroning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markaz sifatidagi mavkei kuchaydi. Buxoroda Mir Arab madrasasi, Mirak Sayd G‘iyos bog‘i, Ko‘hak (Zarafshon) daryosi ustida Mehtar Qosim ko‘prigi va boshqalar inshootlar qurildi.
Ubaydullaxon yassaviya va naqshbandiya tariqatlariga e’tiqod qilib, shayx sifatida muridlar ham tarbiyalagan. Ubaydullaxon «Ubaydiy», «Qul Ubaydiy», «Ubaydulloh» taxalluslari bilan uzbek, fors va arab tillarida ijod qilgan. Uning uchala tildagi devonlarini o‘z ichiga olgan kulliyoti keyinchalik Mir Husayn al-Husayniy tomonidan ko‘chirilgan (1583). Ubaydullaxonning turkiy devonida 310 g‘azal, 430 ruboiy, 11 tuyuq, 18 masnaviy, 7 muammo, 2 yor-yor mavjud. Shuningdek, devondan diniy-tasavvufiy va axloqiy-didaktik ruhdagi «Omonatnoma», «Shavqnoma», «G‘ayratnoma», «Sabrnoma» manzumalari o’rin olgan. Forsiy devonida esa 163 g‘azal, 418 ruboiy, 7 qit’a, 1 fard, 1 masnaviy, 1 tarje’band va 3 muammo bor. Arab tilidagi merosi 35 ga yaqin g‘azal, qit’a va fardlardan iborat. Ubaydullaxon Ahmad Yassaviy asos solgan hikmatnavislik an’anasini rivojlantirgan. Undan 1786 baytdan iborat 220 dan ortiq hikmat yetib kelgan. Ubaydullaxon ijodida diniy-tasavvufiy g‘oyalar yetakchilik qiladi.
Ubaydullaxon o‘zbek va fors adabiyotidagi yirik ruboiynavislardan hisoblanadi. Uning bu 2 tildagi ruboiylari 850 ga yaqin. Xususan, o‘zbek adabiyotida ruboiyning Boburdan keyingi taraqqiyoti Ubaydullaxon nomi bilan bog‘liq. Shoir she’rlarida o‘zbek tilining boy imkoniyatlaridan, uziga xos xususiyatlaridan mahorat bilan foydalangan.
Ubaydullaxon Buxoro yaqinida joylashgan Bahouddin majmuasidagi Daxmai shohon (Shoxlar daxmasi)dagi shayboniylar xilxonasida dafn etilgan. Ubaydullaxon kulliyoti yagona nusxada O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutining qulyozmalar fondida (inv. ?8931), «Devoni Ubaydulloxon» qo‘lyozmasi Turkiyaning Nuri Usmoniya kutubxonasida (inv. ?4904), «Masoil us-salot» nomli terma bayozi Ko‘niyodagi Izzatquyun xususiy kutubxonasida saqlanadi.
Мумтоз адабиётимизнинг улуғ сиймоларидан бўлмиш Убайдий ҳали ҳануз ўзининг бутун салоҳияти билан бизга равшан бўлмай қолаётган шоирлардан биридир. Биз ҳамон унинг қаламининг кучи-ю адабиётимизда тутган муносиб мавқеъидан бехабар қолмоқдамиз. Она тилимиз шиддати ва қудрати унинг асарларида нечоғлик намоён бўлганининг ўзигина Убайдийнинг тенгсиз ижодкор эканини англатади.
Дашти Қипчоқдаги ўзбеклар давлатининг асосчиси Абулхайрхоннинг эвараси, Бухоро ҳокими Маҳмуд Султоннинг ўғли Убайдулло Баҳодирхон XVI аср Мовароуннаҳр адабий-маданий ҳаётида катта ўрин тутган машҳур ижодкорлардан биридир. Хожа Убайдуллоҳ Аҳрор Валийдек буюк пир бу ўғлонга ўзининг муборак исмини берган, хожанинг шогирди — Мир Араб номи билан машҳур бўлган Амир Абдулла Яманий муршидлик қилган. Убайдийнинг ўзи ҳам сўфий шайх — нақшбандий эди. Айни пайтда, у Аҳмад Яссавийга эргашиб, ҳикматлар ёзган. Ҳофиз Таниш Бухорийнинг «Абдулланома» асарида ёзганидек: «Унинг даври ва халофати замонида Мовароуннаҳр, хусусан, Бухоро вилояти гуллаб-яшнади».
Убайдуллохон донишманд давлат арбоби ва жасур саркарда бўлибгина қолмай, замонасининг «барча фазилатлар билан безанган» (Мирзо Ҳайдар) ҳар жиҳатдан етук кишиси эди. У «шеър илмларида соҳиби фан» (Ҳасанхожа Нисорий) бўлиб, ўзбек, форс-тожик ва араб тилларида қалам тебратган истеъдодли зуллисонайн шоир, Қуръон мутолаасини осонлаштириш учун туркий тилда «Ат-тажвид» рисоласини яратган илоҳиёт олими, шариат қонунлари бўйича махсус китоб битган фақиҳ, етти хил ҳуснихатда ёза оладиган, хусусан, насталиқни жуда гўзал кўчирадиган хаттот, Қуръонни тажвид билан қироат қиладиган ҳофизи Қуръон, мусиқа илмида ва ашулада моҳир санъаткор ҳам эди.
Убайдий нафақат туркий, балки форсий адабиётда ҳам забардаст рубоийнавислардан ҳисобланади. Бу рубоийларда ислом ва иймон улуғланиб, тасаввуф ва футувват ғоялари тарғиб қилинади, илоҳий ва дунёвий ишқ тараннум этилиб, Олам ва Одам тўғрисидаги фалсафий мулоҳазалар ифодаланади. Улар орасида замонадан, чарху фалакдан шикоят, панд-насиҳат руҳидаги, таржимаи ҳол характеридаги рубоийлар ҳам анчагина. Убайдий рубоийлари дунёнинг барча пасту баландини кўрган, ҳаётнинг бутун аччиқ-чучугини тотган, инсон феълининг турфа тусланишларини обдан ўрганган, илми зоҳир ва илми ботинни ўзида мужассам этган олим ва ориф инсоннинг қалбидан қайнаб чиққан ҳикматлардир.

Download 29,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish