1.5-rasm. Qatlamli tabiiy rezervuar:
1 - gillar; 2 - qumtoshlar.
1.6-rasm. Massiv tabiiy rezervuar:
1 - qumtoshlar; 2 - gillar; 3 - ohaktoshlar; 4 - tuz.
1.7-rasm. Litologik chegaralangan tabiiy rezervuarlar:
bо‘ladi yoki ulardagi g‘ovak muhitni atmosfera ya’ni infiltratsion suvlar egallaydi. Neft va gaz suvga nisbatan keyinroq hosil bо‘lgan deb hisoblanadi.
Neft va gaz hosil qiluvchi jinslarda hosil bо‘lgan uglevodorodlar migratsiyalanish yо‘li bilan kollektor qatlamigacha yetib keladi. Suv bilan tо‘lgan tabiiy rezervuarda erkin holatdagi neft va gaz kollektor qatlamning eng yuqori qismini egallashga harakat qiladi. Ular gravitatsion effekt ta’sirida toki kollektor qatlamning ustki yuzasigacha kо‘tariladi. Sо‘ngra kollektor qatlamning ustki yuzasi bо‘ylab yuqoriga qarab о‘zining harakatida davom etadi. Bu harakat toki ularning yо‘lida biron bir tо‘siq uchragunga qadar davom etadi. Bunday tо‘siqlar о‘tkazuvchan jinslarni о‘tkazmas jinslar bilan almashinuvi ya’ni litologik ekran, qatlamning qiyaligi teskari tomonga о‘zgarishi, tektonik buzilishlar yuzalari bо‘lishi mumkin. Agar ular о‘zining yо‘lida tо‘siqlarga duch kelsa, tabiiy rezervuarning о‘sha qismida neft va gaz tо‘plami hosil bо‘ladi (1.8-rasm).
1.8-rasm. Tabiiy rezervuarda neft va gaz tо‘plamining hosil bо‘lishi:
a - litologik ekran bо‘lganda; b - antiklinal buklangan qatlamda.
1.I.2. Neft va gaz konlarini tasniflari
Neft va gazning asosiy tarkibiy qismini uglevodorodlar tashkil qilib, ular qatlam sharoitida suyuqlik gaz yoki aralashma holatida uchirish mumkin. Bu hol qatlamdagi boshlangich bosim va haroratga, chinidek karbonsuv ishlarning fizik-kimyoviy xossalariga bog’liq. Odatda qatlamning yuqori qismida, ya’ni gumbazi va gumbaz atrofida, gaz holatidagi eng yengil uglevodorodlar joylashadi, qatlamning o’rta qismida esa gaz va kondensat aralashma holatda jaylashadi, qatlamning pastki qismida ogir karbonsuachillar: ya’ni neft joylashadi. Ko’p hollarda karbonsuvchil konlarining qatlam chekkalari va ostini suv egallagan bo‘ladi.
Uglevodorodlarning qatlamda joylashishi har doim bir xil bo’lavermaydi. Masalan, qatlam bosimi juda katta bo’lsa gaz holatidagi uglevodorodlar suyuq holatidagi uglevodorodlar tarkibida to’liq erigan holda uchrashi mumkin. Umuman olganda uglevodorodlarning qatlam ichida joylashishi ularning zichligiga, fizik holatlariga, qatlam bosimi va haroratiga bog’liq bo‘lib, turli holda uchrashi mumkin.
Uglevodorodlarning qatlamda joylashishiga qarab tuzilgan tasniflari juda ko’p bo‘lib, har bir kelitrilgan tasnifi o’z yutuqlari va kamchiliklari mavjud. Uglevodorodlarning qatlamda qanday holatda joylashishiga qarab berilgan birinchi tasnifi I.O.Brod tomonidan 1941 yilda e’lon qilingan. Shundan keyin to hozirgi vaqtgacha ko’plab olimlar uglevodorod konlarining har turdagi tasnifini ishlab chiqdilar. Ana shunday tasniflar ichida keng qo’llaniladigan V.N.Samarsevning uglevodorod uyumlari tasnifidir. Unga ko’ra uglevodorod uyumlarini gaz va suyuqlik holatidagi egallangan hajmlari nisbati bilan tasniflangan eng maqbul deb topilgan. Bu tasnif bo’yicha hajmlar nisbati quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
Vo=Vg / (Vg + Vn) , (1.1)
Bunda: Vg - gaz holatdagi uglevodorodlar egallagan hajm;
Vn - suyuq, holatdagi uglevodorodlar egallagan hajm.
V.N.Samarsev bo’yicha uglevodorodlar konlarining tasnifi quyidagicha:
1) sof gaz konlari. Bunday konlarning qatlamlarida faqat gaz holatdagi uglevodorodlar to’planadi , ya’ni
Vo=1.0, (1.2)
Do'stlaringiz bilan baham: |