1.2 - rasm. Rifogen uyumlari:
a-yakka rif massivlariga joylashgan; b-bir guruh rif massivlariga joylashgan.
Sinklinal tuzilma uyumlari aksari sinklinalning qanotlarida suvsiz kollektorlarda hosil bо‘ladi. Ular juda kam uchraydi (AQSh va Hindistonda mavjud).
Litologik ekranlangan uyumlar qatlamning qiyiqlanishi yoki о‘tkazuvchi jinsning о‘tkazmaydigan jins bilan almashinuvi tufayli hosil bо‘ladi. Bu turga asfalt yoki bitum hosil bо‘lishi natijasida qatlam bir tomonidan tо‘silib qolgan uyumlar ham kiradi. Litologik chegaralangan uyumlar qadimgi daryolar о‘zagida (yengsimon uyumlar), dengizlarning qirg‘oq qismida valsimon yotqiziqlarning bir qismida yoki atrofi gillar bilan о‘ralib qolgan qum linzalarda hosil bо‘lishi mumkin. Bunday uyumlar Farg‘ona vodiysidagi neogen yotqiziqlarida kо‘plab uchraydi. Ularning tasnifi va holatlarini Z.M.Mashrabov va boshqalar tahlil qilgan (1.4 - rasm).
1.3 - rasm. Gumbazli uyumlar:
a -buzilmagan; b -buzilgan; d -murakkablashgan kriptodiapir yoki vulqon hosilasidagi tuzilma; g -tuz gumbazli tuzilma;
1-kesmada neft; 2-rejada neft; 3-mahsuldor qatlam yuzasi bо‘yicha stratoizogipslar; 4-buzilishlar; 5-ohaktoshlar; 6-vulqon hosilasi; 7-tuz qubbasi; 8-qumlar; 9-gillar; 10–neftlilik konturi.
1.4 - rasm. Litologik chegaralangan uyumlar:
a-qazilma daryo о‘zanlarining qumli hosilalariga joylashgan uyumlar; b-devorsimon tо‘plangan qumtoshlarga joylashgan uyumlar; v-uyasimon yotqizilgan qumtoshlar kollektorlarida joylashgan uyumlar.
Stratigrafik turdagi uyumlar aksariyat kollektor qatlamlar tuzilmasining yuvilib ketishi va uning ustiga yosh tog‘ jinslarini stratigrafik normuvofiqlar bilan yotishi natijasida hosil bо‘ladi. Stratigrafik sinfdagi uyumlar antiklinal, gumbazsimon va monoklinal tuzilmalarda ham kuzatiladi.
Neft va gaz uyumlari va ularning tavsiflar
Yer qobig‘ida neft, gaz va suvlarni о‘z bag‘rida saqlash uchun о‘tkazmas jinslar bilan berkilgan (qoplangan) kollektor jinslar xizmat qiladi. I.O. Brod ularni tabiiy rezervuarlar deb atashni taklif qildi. Bu neft, gaz va suvlarni tabiiy saqlovchi degan ma’noni bildiradi. Tabiiy rezervuarlar uchta asosiy turga bо‘linadi:
qatlamli tabiiy rezervuarlar;
massiv tabiiy rezervuarlar;
litologik chegaralangan tabiiy rezervuarlar.
Tabiiy rezervuarlarning neft va gazni tutib qolishi mumkin bо‘lgan va ularning tо‘plami hosil bо‘ladigan qismi tutqichlar deb ataladi.
Qatlamli va massiv rezervuarlarda qatlamlarni qavariq bukilmalari yoki gumbazsimon shakldagi rif massivlari neft va gaz uchun tutqich hisoblanadi.
Litologik chegaralangan (linzasimon) tabiiy rezervuarlarning о‘zi neft va gaz tutqichlari bо‘lib xizmat qiladi.
Qatlamli tabiiy rezervuarlar keng maydonlarni egallab yotgan ustki va ostki yuzalari tomonidan yomon о‘tkazuvchan jinslar bilan chegaralangan kollektordan iborat. Bunda kollektorning umumiy qatlamlilik tavsifi u yoki bu kichik maydonlarda saqlanib qoladi yoki kollektorning tarqalish chegaralari bо‘ylab qalinligini о‘zgarishini kuzatish mumkin. Qatlamli rezervuarlardagi kollektorlarning litologik tarkibi odatda bir xil, lekin juda murakkab tuzilishga ega bо‘lishi mumkin. Kо‘pchilik hollarda bunday qatlamlar oralig‘ida о‘tkazmas jinslar linzalari uchraydi (1.7 - rasm).
Massiv tabiiy rezervuarlar har xil yoki bir xil litologik tarkibli katta qalinlikka (bir necha yuz metr) ega bо‘lgan kollektor qatlamlardan iborat. Bundagi barcha о‘tkazuvchan jinslar qatlamlari о‘zaro aloqada bо‘lib, bitta tabiiy rezervuarni tashkil qiladi (1.5, 1.6, 1.7 - rasmlar). Aksariyat massiv rezervuarlarni tashkil etuvchi jinslarning yoshi har xil bо‘ladi. Qazilma riflar ham massiv rezervuarlarga kiradi.
Litologik chegaralangan tabiiy rezervuarlar hamma tomonidan о‘zgarmas jinslar bilan о‘ralgan (chegaralangan) bо‘ladi. Bunday tabiiy rezervuarlarga gil qatlamidagi qum linzalarini misol qilib kо‘rsatish mumkin (1.7 - rasm).
Tabiiy rezervuarlarning katta qismi suv bilan tо‘lgan bо‘ladi. Bunga sabab, tabiiy rezervuar jinslari yoki birlamchi elizion («elizio» -siqilish) suvlarga tо‘yingan
Do'stlaringiz bilan baham: |