Keywords:
oil, viscosity, density, paraffin, acid, efficiency, aggregate, rock.
KIRISH
Neft beruvchanlikning qatlamdagi ko’rsatkichini oshirish muammosi juda
murakkab bo’lib, unga turli omillarning ta’sirini puxta o’rganish va ularni alohida tahlil
qilish taqozo qilinadi. Buning uchun geologik – kon ma’lumotlarini alohida tahlil qilish
metodikasi joriy qilish va shuning natijasida ularni har tomonlama o’rganish taqozo
qilinadi. Bu ish jarayonida tahlilning yangi majmuasini ijod qilish va nazoratning
mukammal usullarini yaratish kerak. Undan tashqari nazorat qiluvchi asbob –
uskunalarning yangi va aniqlaridan foydalanish lozim bo’ladi.
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 2 ǀ 2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 409
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Yuqori neft beruvchanlik ko’rsatkichiga erishmoqlik qazib chiqarishning
faqatgina oqilona nusxalari asosida ish yuritilgandagina erishmoq mumkin. Ushbu
ishlarni qazib chiqarishning har bir davrida, jumladan qazib chiqarishning oxirgi
davrida ham alohida e’tibor bilan olib borilishi lozim. Qazib chiqarishning oxirgi davri
eng uzoq muddat davom etadigan bo’lganligi ham ahamiyatga molik. Bu davrda
olinadigan neft miqdori ham, suyuqlik miqdori ham uning yuqori darajadagi
suvlanganligi tufayli ko’p bo’lishi odatiy holatdir. Bu davrdagi qazib chiqarish
jarayoniga qatlamdan jadallashgan holda suyuqlik chiqarish masalalariga afsuski
aksariyat yetarli ahamiyat berilmay kelinadi, qazib chiqarish loyihalarida bu masala
yetarli darajada to’liq hal qilinmay qoladi. Loyiha ishlab chiqarishxodimlarining usha
davr texnikasi va texnologiyasiga yetarlicha e’tibor qaratishlari lozim.
Quduq tubiga ta’sir etishning kimyoviy usullari asosan kislotali ishlov berish bilan
bog’liq. Bu usul xlorid kislotaning karbonat tog’ jinslarini eritishiga asoslangan bo’lib,
masalan, ohaktosh uchun quyidagi reaksiya bajariladi:
CaCO
3
+ 2HCl = CaC1
2
+ H
2
O + CO
2
Reaksiya mahsulotlari suvda yaxshi eriydi va qatlamdan quduqqa olinib yer
yuzasiga ko’taralishn mumkin.
Kislota ishlov berish jarayonida ham quduq devori bilan, ham g’ovakli kanallar
bilan reaksiyaga kirishadi. Reaksiya natijasida g’ovakli muhit kengayishi va uning loyqa
karbonat jinslardan tozalanishi tufayli quduq mahsuloti anchaga oshadi.
MUHOKAMA
Ishlov berishda kislota konsentratsiyasi va uning sarflanish miqdoriga alohida
ahamiyat berish kerak.
Qatlam sharoitlariga ko’ra ishlov berishda odatda 8-15% HCl kislotasi qo’llaniladi.
Shuningdek har bir metr qatlam qalinligi uchun 0,6-1,2 m eritma sarflanadi.
Kislotali eritmaga bir qator reagentlar ham qo’shiladi. Bu reagentlar umumiy tarzda
«ingibitorlar», «stabilizatorlar» va «intensifikatorlar» deb ataladi.
Ingibitorlar kislotaning metall bilan reaksiyasi natijasida zanglashdan muhofaza
qilish maqsadida ishlatiladi.
Reaksiya natijasida temir oksidi chiqindisi hosil qilinishining oldini olish maqsadida
stabilizatorlar deb ataluvchi bir qator reagentlar qo’shiladi.
Kislota bilan tog’ jinsi orasidagi reaksiya natijasida hosil bo‘lgan mahsulotlarni
quduqdan yer yuzasiga ko’tarishda ko’maklashuvchi reagentlar «intensifikatorlar» deb
ataladi.
Umuman, quduqqa kislotali ishlov berishning quyidagi turlari mavjud:
1.
kislotali vanna;
2.
oddiy usulda kislotali ishlov berish;
Do'stlaringiz bilan baham: |