Quduq burg‘ilashning zamonaviy usullari va tasnifi


- rasm. a) ikki tavrli, b) tishli, d) zubilo



Download 1,43 Mb.
bet3/9
Sana30.06.2022
Hajmi1,43 Mb.
#720242
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8-ma'ruza. Neft va gaz quduqlarini burg’ilash usullari (2)

2.3- rasm. a) ikki tavrli, b) tishli, d) zubilo
1-parrak; 2-bо‘yin; 3-rezbali boshcha; 4-lezva; 5-rezba.
Jins yemiruvchi elementlar yuklanish ta’sirida jins ichiga kiradi va aylantirish momenti ta’sirida qadaladi, maydalaydi va qiradi (kesadi).
Ikki xil turdagi: rotorli va quduq tub dvigateli yordamida burg‘ilanadi.
Rotorli burg‘ilashda birikmalar rotor dvigateli va arqon yordamida harakatga keltiriladi. Rotor о‘z о‘rnida burg‘ilash birikmasini ya’ni, yetakchi quvurni harakatga keltiradi. Yetakchi quvur burg‘ilash quvuri va burg‘iga biriktiriladi.
Tub dvigateli yordamida quduq burg‘ilanganda tub dvigateli vali burg‘ini aylantiradi. Bunda burg‘ilash tizmasi va tub dvigatelining korpusi qо‘zgalmas bо‘ladi.
Aylantirib burg‘ilash usulining xususiyatli tomonlari shundaki, quduq tubidagi burg‘ilangan tog‘ jinslari suv bilan yoki maxsus tayyorlangan eritma bilan yuviladi.
Buning uchun burg‘ilash nasosi dvigatel yordamida harakatga keltiriladi, yuvuvchi eritma quvur orqali haydaladi. Ushbu quvurlar minoraga о‘rnatiladi. Egiluvchi shlang va vertlyug ham minoraga о‘rnatiladi, tarnovdagi va tozalash mexanizmlaridagi burg‘ilangan jinslar tozalanadi, keyin qabul punktiga yig‘iladi va yana nasos yordamida quduqqa haydaladi.
Quduq chuqurlashib borishi davomida tal blok, ilgak va tal arqonlari yordamida–burg‘ilash birikmasi pastga quduq ichiga uzatiladi.

2.3. Gorizontal quduqlarni burg‘ilash tarixi
Neft qazib olish va kondan neftni tо‘liqroq olishni jadallashtirishning eng samarali usullaridan biri gorizontal quduqlardan (GQ) foydalanib konlarni ishlatish hisoblanadi.
Gorizontal quduqlarni burg‘ilash birinchi marta Rossiyaning Boshqirdiston Respublikasida boshlangan. Krasnokom konida 1947 yilda quduqni tik ustunidan ikkita gorizontal 30 m va 35 m li ustunlar qatlamga burg‘ilangan.
Samara viloyatidagi Yablonovskiy konida 1957 yili gorizontal ustunining uzunligi 145 metr bо‘lgan № 617 quduq burg‘ilangan.
Ma’lumki, boshqa turdagi quduqlar kabi gorizontal quduqlarni sanoatda qо‘llash keng tus olgan. Shu bilan bir vaqtda AQSH, Kanada va G‘arbiy Yevropada gorizontal quduqlarni burg‘ilash ishlari keng о‘zlashtirilgan, mukammallashtirilgan va hozirgi kunda о‘zining о‘rnini topgan. 2000 yil holati bо‘yicha jahonda 20000 dan ortiq gorizontal va yon gorizontal ustunli quduqlar burg‘ilangan.
О‘zbekistonda 2000 yildan boshlab hozirgi kunga qadar 10 lab gorizontal quduqlar burg‘ilangan. Hozirgi kunda Janubiy Kemachi, Shimoliy О‘rtabuloq, Kruk va Kо‘kdumaloq konlarida gorizontal quduqlar ishlab turibdi.
GQ va GYOS (gorizontal yon stvolli) quduqlar yordamida murakkab geologik tuzilmali sо‘nggi bosqichidagi konlarni ishlatish hamda yuqori qovushqoqli neftli konlarini ishlatish muhim ahamiyatga egadir. Jumladan, Surxondaryoning SHо‘rchi tumanining Mirshodi №43-№44 konlarida burg‘ilangan qiya yо‘naltirilgan quduqlar bunga misol bо‘la oladi.
Har xil jinsli kollektorlarda har xil sabablarga kо‘ra qatlamchalar yaxlit, bir butun va boshqa sohalari ishlanmasdan qoladi.
Kon va geofizik tadqiqotlar ma’lumotlari shuni kо‘rsatadiki, kо‘pgina qazib olinuvchi va haydovchi quduqlar yordamida qatlam ishlatilganda tog‘ jinsi qatlamlarda har xil jinsli bо‘lganligi uchun ishlatish murakkab jarayonda olib boriladi. Shuning uchun yuqori о‘tkazuvchan qatlamlar qazib olish jarayonida yaxshi ishlanadi.
Quduq qirqimi mahsuldor qatlam qismining 60 foizi va undan ham yuqoriroq qismini ishlatishni qamraydi. Suv neft tutashuvi (SNT) va gaz neft tutashuvi (GNT) bir-biriga yaqinligi sababli, mahsuldor qatlamlar ochilmaydi, ya’ni bu qatlamlarni odatdagi usullar bilan ishlatishga qо‘shib bо‘lmaydi. Agarda mahsuldor qatlam SNT chegarasida ochilsa, suvning tezlik bilan quduqqa yorib kirishi va gaz qatlamidan neftli qatlamga gazning oqib kirishi sodir bо‘ladi.
MDH, chet el davlatlaridagi va Respublikamizdagi gorizontal neft va gaz quduqlarini ishlatish tajribalaridan foydalanish ma’lumotlaridan quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:
1. Sizilish maydonining kattaligi hamda neft va gaz oqimining jadallashuvi hisobiga neftberaoluvchanlikning oshishi, qatlamga ta’sir etish samaradorligining kuchayishi.
2. Sizilish maydonining kengayishi hisobiga tik quduqlarga nisbatan neft va gaz olish debitining katta qiymatda yuqoriligi.
3. Neft quduqlaridagi suvsiz yoki kam suvli davrlardan о‘tish.
4.Neft konlarining sо‘nish bosqichida mahsuldorligini tiklash.
5. Harakatda bо‘lmagan va kon debitini kо‘paytirish imkoniyati.
6. Yer osti gaz omborlarini yaratish va ishlatish samaradorligini kо‘tarish.
7. Neft va gaz konlarini ishlatishda burg‘ilash ishlari hajmini kamaytirish.
8. Botqoq va о‘rmonli joylarda kapital sarf-xarajatlarning hajmini kamaytirish imkoniyatini beradi.
Hozirgi paytda chet davlatlarda neft va gaz konlarini ishlatishda asosan gorizontal quduqlar qо‘llanilmoqda. Masalan, Rossiyada gorizontal quduqlarni burg‘ilash yordamida mahsuldor qatlam qalinligi 6 metr bо‘lgan va zaxirasi 4 mlrd. tonna neft–gaz va neft konlarida quduqlar qazish ishlari rejalashtirilgan. Buning natijasida 2,5 mlrd tonna og‘ir neft, 2,3 mlrd tonna–suv bosgan neft konlaridan neft zaxiralarini qazib olish kutilmoqda.
1970 yildan boshlab Rossiya davlatida kо‘proq qiya–yо‘naltirilgan quduqlarni burg‘ilash ishlari qabul qilina boshlangan.
AQSH va Kanada davlatlarida 2005 yilgi ma’lumotlarga asosanlanadigan bо‘lsak 334 ta konlar gorizontal quduqlar yordamida ishlatilmoqda.
Tabiiy egrilantirish deb mahsuldor qatlamning belgilangan nuqtasiga yetib borish uchun quduq stvolini rejalashtirilgan holda burilishiga aytiladi. Tabiiy holda quduq ustunining egrilantirish-qiya, gorizontal-tarmoqli, kо‘p tо‘pli kо‘rinishlarda olib boriladi.
Bunday quduqlarni kо‘proq quyidagi sharoitlarda qо‘llash mumkin.
- okean, dengiz, kо‘l, daryo va yirik suv havzalari tagida joylashgan neft konlarini ishlatishda;
- mahalliy relyefning (tog‘lar, jarliklar) kuchli kesishgan joylarida quduqlarni burg‘ilashda;
- neft va gazlarning ochiq otilmasida yong‘inni bartaraf qilishda;
- haydaladigan yerlarni saqlab qolish, konni burg‘ilashda va obodonlashtirishda kapital sarflanadigan xizmat xarajatlarini kamaytirish uchun;
- tuzli qatlamlar tagidagi uyumlarni burg‘ilashda va shu kabilar.
Qiya yо‘naltirilgan va gorizontal quduqlarni burg‘ilashda tub dvigateli sifatida turboburlar, vintli va elektr-dvigatellar qо‘llaniladi. Quduq yon devor ustunini burg‘ilashda og‘diruvchi qurilmalar sifatida og‘dirgichlardan foydalaniladi.
Og‘diruvchi qurilma burg‘iga og‘diruvchi kuch beradi. Gorizontal quduqlarni tub dvigatel bilan burg‘ilashda og‘dirgich qurilmasi sifatida turbinli og‘dirgichlar, vintli tub dvigatel bazasidagi og‘dirgichlar, egrilantirish mexanizmlari, qoplamali og‘dirgichlar, ekssentrik nipelli tub dvigatellari qо‘llaniladi.
Rotorli burg‘ilashda og‘diruvchi pona (klin)lar, sharnirli og‘dirgichlardan foydalaniladi.
Rotorli usulda va tub dvigateli bilan yо‘naltirilgan burg‘ilashda quduqning azimut burchagi doimiy bо‘lganda zenit burchagini о‘zgartirish uchun og‘diruvchi qurilma sifatida burg‘ilash tizmasini pastki qismini tо‘g‘ri chiziqli jamlanmasi qismiga muvozanatlashtirgich va parametrli kalibratorlardan foydalaniladi.
Egri yuritmadan foydalanilganda, ustunning egilish jadalligi egiltiruvchi jamlanmaning geometrik о‘lchamlariga, qattiqligiga va tub dvigatelining og‘irligiga va uning ustiga о‘rnatiladigan OBQga, quduqning diametriga (d), burg‘ilash rejimiga, yon tarafni qirquvchi burg‘ining qobiliyatiga va burg‘ilanadigan tog‘ jinsining fizik-mexanik xossalariga bog‘liq bо‘ladi.
Bir seksiyali turboburli egri yuritma 40°-45° gacha zenit burchakni olish imkonini beradi, qisqartirilgan turbobur yordamida 50°-55° gacha, kalta turbobur yordamida 90° gacha va undan katta zenit burchaklarni olish mumkin.
Quduq ustunini har 10 metrga 1-2°, 4-5° va 5-6° gacha og‘dirish mumkin. Egri og‘dirgich R-1 ikkitalik og‘dirgichlar birlashtiruvchi rezbalari yordamida biriktiriladi. Bunda egri og‘dirgich OBQ bо‘lakchasini birlashtiruvchi rezbaning о‘qi bitta tekislikka nisbatan ham va uning о‘qiga nisbatan ham qiyshiq holatda bir yо‘nalishda joylashtiriladi. Quvur о‘qi va pastki biriktiruvchi quvurning о‘qi bilan 2°-3° burchak hosil qiladi. Quvur о‘qi va yuqori biriktiruvchi rezbaning о‘zaro tashkil etgan burchaklari 2-2,5° bо‘ladi. Bu og‘dirgichning uzunligi esa 4-8 metrni tashkil etadi.
Qoplamali og‘dirgich–yuritma va turbobur yoki qoplamali, vintli tub dvigatelning birgalikdagi jamlanmasidir. Bunday og‘dirgichdan bir seksiyali turbobur bilan birgalikda katta zenit burchakni egallash mumkin. Qoplama turboburga biriktirilib, burg‘i esa turboburdan bir qancha oraliqda pastroqqa о‘rnatiladi, tubobur ustiga egri yuritma va burg‘ilash quvurlari о‘rnatiladi. Qoplamaning balandligi h burg‘ining gabarit о‘lchamlaridan katta bо‘lmasligi kerak.
Og‘diruvchi moslamalar kо‘rinishiga о‘xshash bо‘lgan turbinali og‘dirgichlar, shpindelli og‘dirgichlar-elastik og‘dirgichlar ham qо‘llaniladi. Rotorli burg‘ilash usulida og‘diruvchi moslamalardan quduq ustuniga kerakli yо‘nalishni berishda foydalaniladi. Og‘diruvchi moslamalar burg‘ini qiya yо‘naltirish uchun ponali shakldagi qurilmadir.
Yaxlit bо‘lmagan kо‘p qatlamli neft uyumlar ishlanganda uyumlarning bir qismi ishlatilish zonasi bо‘yicha egallanmasdan qoladi. Amaliyotda bunday qatlamlar soni 20 ta va undan ham ortiq bо‘lishi mumkin. Bunday qatlamlar har xil о‘tkazuvchanlikka va g‘ovaklikka ega bо‘ladi, uyum esa yaxlit bо‘lmaganligi uchun qatlamdagi zaxirani ishlash notekis holda sodir bо‘ladi.
Suvneft va gazneft tutash chegaralarning bir-biriga yaqinligi sababli, mahsuldor qatlamlar butunlay ochilmaydi, shuning uchun ularga amaldagi usullar yordamida ishlov beriladi. Bunday kо‘p qatlamli uyumlarning neftberaoluvchanligi juda past bо‘ladi.
Yon gorizontal ustunlarni burg‘ilash usulini qо‘llashdan asosiy maqsad kо‘p qatlamli yaxlit bо‘lmagan uyumlarni egallab olish natijasida neftberaoluvchanlikni oshirish hamda harakatsiz, tо‘xtab qolgan, past mahsuldor, samarasiz va kuchli suvlangan quduqlarni tо‘liq qamrab olish va ishlatish hisoblanadi. Qо‘yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi umumiy jarayonlar amalga oshiriladi:
- kech bosqichda ishlashga beriladigan uyum tо‘xtatiladi, oldin perforatsiya qilingan quduqlardan bittasi bosim bilan sementlanadi va yangi ustunning ostki qismida sement kо‘prigi barpo qilinadi;
- sementlash jarayoni yuqori bosimda amalga oshiriladi, ustun zonasida suv yoki flyuid paydo bо‘lishiga yо‘l qо‘yilmaydi;
- ishlatish tizmasi germetiklikka sinaladi, kо‘p qatlamli neft uyumining yuqori qismidan yangi ishlatish tizmasi burg‘ilanadi va yangi qiya yо‘naltirilgan ustun ochiladi;
- yangi ustunni burg‘ilash va oldingi ochilgan ustunni tо‘xtatish hisobiga paydo bо‘ladigan oqimlarning oldi olinadi;
- gorizontal va qiya ustun, ishlanmagan qatlamda yoki kollektorli qismda ochiladi.
Neft uyumlari gorizontal quduqlar bilan ishlanganda kam miqdordagi quduqlar bilan kо‘p miqdordagi neft qazib olish mumkin. Gorizontal quduqlarning sizilish maydonini kо‘p marta kо‘payganligi sababli, neft qazib olish 8-10 marta va undan kо‘proq bо‘lishi mumkin.

Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish