IQTISODIYOT NAZARIYASI TEST
1. Iqtisodiy faoliyat deganda nimani tushunasiz?
A) Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo‘lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog‘liklikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlarning yaxlitligi, bir butunligidir,
B) ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonini tashkil etish, rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimidir.
C) cheklangan resurslar sharoitida insonlarning cheksiz ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar majmuidir.
D) cheklanmagan resurslar sharoitida insonlarning cheksiz ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuidir.
2. Iqtisodiy nazariya fanining predmeti nisbatan aniqroq keltirilgan qatorni belgilang.
A moddiy nye’matlarni ishlab chiqarish jarayonida kishilar o‘rtasida sodir bo‘ladigan munosabatlarni o‘rganishdan iborat
B Iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida moddiy nye’matlarni (xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xo‘jalikni samarali yuritish qonun-qoidalarini o‘rganishdan iborat,
C uy xo‘jaligini boshqarish qonunlari to‘g‘risidagi fan.
D kishilarning moddiy talablarini to‘laroq qondirish maqsadida cheklangan resurslardan samarali foydalanish muammolarini tahlil qilish, kishilarning iqtisodiy xulq-atvorini o‘rganishdan iborat.
3.Iqtisodiy islohot nima?
A iqtisodiyotda bozor munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar;
B Ijtimoiy o`zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar?
C Siyosiy o`zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar;
D Ma'naviy va maishiy o`zgarishlarga kiritilgan tadbirlar;
4. Bozor xo`jaligi sub'ektlarini ko`rsating:
A barcha javoblar to`g`ri;
B Uy xo`jaliklari;
C Ishlab chiqarish korxonalari;
D Xorijiy fuqarolar;
5.Jamiyat ehtiyojlarining miqdoran o`sib va tarkiban yangilanib borishiga ta'sir etuvchi omillarni ko`rsating:
A yuqoridagilarning barchasi;
B Aholi sonining o`sishi;
C Fan - texnika taraqqiyoti;
D Reklama va aloqa kommunikatsiyasining rivojlanishi;
6.Ishchi kuchi tushunchasining mazmunini aniqlang:
A insonning mehnat qilishga bo`lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlari yig`indisi;
B Moddiy ne'matlar yaratishda qatnashuvchi shaxs;
C Bilim va malakaga ega bo`lgan kishi;
D Ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi shaxs;
7.«Iqtisodiyot nazariyasi» fani fanlarning qanday guruhiga kiradi?
A iqtisodiy fanlar;
B Siyosiy fanlar;
C Ijtimoiy fanlar;
D Ijtimoiy-gummanitar fanlar;
8.Iqtisodiyot nazariyasi fani nimani urgatadi?
A kishilik jamiyati rivojlanishining iqtisodiy qonun va qonuniyatlarini;
B Ijtimoiy tuzumlarni;
C Ishlab chiqarish kuchlarini;
D Moddiy ne'matlar ishlab chiqarishni;
9.Iqtisodiyotning bosh va doimiy muammosi nima?
A ehtiyojlarning cheksizligi va iqtisodiy resurslarning cheklanganligi
B Aholi ehtiyojini qondirib borish;
C Aholining doimiy ish bilan ta'minlanishini yo`lga ko`yish;
D Unumdorlikni doimiy oshirib borish;
10.Tarixiy taraqqiyot darajasiga ko`ra iqtisodiyotning turlaridan birini ko`rsating?
A ma'muriy - buyruqbozlik iqtisodiyoti;
B Iste'molga asoslangan iqtisodiyot;
C Ishlab chiqarishga asoslangan iqtisodiyot;
D Natural xo`jalik iqtisodiyoti
Do'stlaringiz bilan baham: |