Ekspert – auditorlar, ularning vazifalari va muayyan talablari. Sertifikatlashtirish bilan bog’lik bulgan faoliyatda faol qatnashuvchi shaxs bu ekspert – auditordir. U odatda sifat tizimlarini, ishlab chiqarishni va maxsulotni sertifikatlashtirishda sinov laboratoriyalarini akkreditlashda va boshka ishlarda katnashish mumkin.
Ekspert- auditor – deb, sertifikatlashtirish soxasida muassasa va korxonalar faoliyatini baxolash va xazorat kilish xukukiga ega bulgan attestatlangan shaxsga aytiladi.
Ekspert – auditor sifatida Uzdavstandart tomonidan belgilangan tartibda attestatlangan fan, sanoat , maishiy xizmat, institutlar va boshka tashkilotlarning vakillari xamda belgilangan xujjatlar bilan ishlashda etarli chukur bilimga ega bulgan xususiy shaxs xam bulishi mumkin.
Ekspert – auditor kuyidagi vazifalarni bajaradi:
maxsulot jarayon , xizmatlarni , Sifat tizimlarni va ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish ;
Sertifikatlashtirilgan maxsulot jarayon va xizmatlarning tavsiflarini xamda sertifikatlashtirilgan Sifat tizimini va ishlab chiqarishning turgunligini nazorat kiladi ;
Sertifikatlashtirish buyicha akkreditlash idoralari, sinov laboratoriyalarini va ularning faoliyatini nazorat kilish ;
Sertifikatlashtirishda tavsiflar berish ;
Ekspert – auditor uz faoliyatini sertifikatlashtirish milliy idorasi, bir turdagi maxsulotni sertifikatlashtirish idoralari, Sifat tizimlarini va ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish doirasida amalga oshiriladi.
Ekspert – auditor muayyan talablarga javob berish lozim :
tulik oliy ma’lumotli va sertifikatlashtirish soxasida etarli bilimga ega bulib, faoliyati sertifikatlashtirishning ma’lum turi buyicha attestatlangan bulishi kerak;
Oliy ukuv yurtini tamomlagandan sung kamilda 5 yillik amaliy stajga ega bulishi, shundan kamida 3 yil standartlashtirish, metrologiya, sinovlar, sifatni boshkarish va ta’minlash soxalarida ishlagan bulishi kerak;
Eksper – auditor chukur bilimli tadbirkor bulmogi lozim. U kuyidagi soxalar buyicha bilimlarni mukammal egallagan bulishi shart :
Respublika sertifikatlashtirish milliy tizimining koida va tartiblari ;