65
Ki, vayronlig‘larida
yuz xalaldur,
Agar qilsam madad voqe’ mahaldur.
Hunarni
asrabon netkumdur oxir,
Olib tufroqqamu ketgumdur oxir?
degan so‘zlarini aytib, maq sadlariga yetishtiradi.
Bu yerda u yurtni adolat bilan boshqarayotgan malika
Mehinbonu mehrini, uning jiyani Shirinning muhabbatini qo-
zonadi. Oshiq va ma’shuqaning ilk uchrashuvlari va suhbatini
muallif shunday tasvirlaydi:
Ki: “Ey nodir yigit ofoq ichinda,
Yagona charxi nili toq ichinda!
Ayon holingda ko‘p-ko‘p bul’ajabliq.
Ajabdin ham ajab ranj-u taabliq
1
.
Ne sen o‘xshab
jahonda bir kishiga,
Ne qilg‘an ishing o‘xshar el ishiga.
Bu ishkim, biz demay bunyod etibsen,
Bag‘oyat ko‘nglimizni shod etibsen.
Bo‘lur erduk husuli ichra ojiz,
Hunar ermas, qo‘lung ko‘rguzdi mo‘jiz.
Agar yuz qarn
2
uzroyin bo‘loli,
Netib bir kunchilik uzring qo‘loli.
Ishing uzrida yuz bizdek o‘tong‘ay,
Ne bizdin, tengridin ollingg‘a yong‘ay”.
Do'stlaringiz bilan baham: