MAVZU; COVID-19 Pandemiyasining global iqtisodiyotga ta’siri.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI BINO VA INSHOOTLAR QURILISHI FAKULTETI IQTISODIYOT VA KO’CHMAS MULKNI BOSHQARISH KAFEDRASI XORIJIY INVESTITSIYA FANIDAN 12-16-GURUH BAJARDI: Ismoilov A. TEKSHIRDI: O’rinboyev S .
1.2. Pandemiyaning global iqtisodiyotdagi ahamiyati.
1.3. Salbiy oqibatlarga qarshi kurashlar.
II BOB.Hozirgi vaziyat va istiqboldagi choralar. Eksportlar fikri
XULOS:
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
KIRISH
Bugungi kunga kelib, butun dunyoda koronavirus bilan zararlangan aholi soni 500 mingdan oshdi, ularning to‘rtdan bir qismi sog‘aygan bemorlar qatorida, 23 mingdan ortiq o‘lim holatlari qayd etilgan. So‘nggi bir hafta-o‘n kun davomida jahonda ushbu virusga chalinganlar soni kuniga 30-50 ming nafar kishiga oshmoqda. Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida favqulodda vaziyat va karantin tartibi joriy qilingan, ularning soni kun sayin o‘sib bormoqda.
Davlatlararo fuqarolar harakatlanishini cheklanishi, ta’lim, savdo va umumiy ovqatlanish sohalarida karantin holatining joriy qilinishi hamda iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida ham korxonalarning qisman karantin holatida faoliyat yuritishi koronavirusning jahon iqtisodiyotiga ta’sirini kuchaytirmoqda.
Kuni kecha dunyoning yetakchi tahliliy kompaniyalaridan biri FocusEconomics koronavirusning jahon iqtisodiyotiga ta’siri va uning moliyaviy oqibatlari bo‘yicha ekspertlar orasida o‘tkazilgan navbatdagi so‘rov natijalarini e’lon qildi. Mazkur so‘rovnomada butun dunyo bo‘ylab 71 ta yetakchi iqtisodchi va moliyaviy tahlilchilar ishtirok etgan. Bu so‘rovnoma joriy yilning 25 fevralidan boshlab o‘tkazib kelinmoqda. 25 mart kuni e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, avvalgi so‘rov natijalariga nisbatan, iqtisodchilar global iqtisodiy prognozlarini yanada pasaytirishgan va jahon iqtisodiyoti tiklanishini sekin sur’atlarda bo‘lishini kutmoqdalar:
ekspertlar COVID-19 pandemiyasining global iqtisodiyotga ta’siri bundan bir hafta oldin taxmin qilinganidan ham og‘irroq bo‘lishini ta’kidlashgan. 71 ta ekspertning 58 foizi 2020 yilda global YaIMning o‘sishini 2 foizli punkt va undan ko‘proq miqdorda kamayishini, ularning to‘rtdan bir qismi esa bu ko‘rsatkichni 3 foizli punktdan ko‘proq miqdorda kamayishini prognoz qilishmoqda.
Pandemiyaning iqtisodiyotga ta’siri haqida o’tqazilgan so‘rovda ishtirok etgan iqtisodchilarning yarmidan ko‘pi (56%) koronavirusning jahon iqtisodiyotiga 2020 yildan keyin ham ta’siri bo‘lishi taxmin qilishmoqda. So‘rovda qatnashgan ekspertlarning barchasi kelgusi 12 oy ichida jahon iqtisodiyotida retsessiyani deyarli muqarrar deb baholadi. Ularning fikriga ko‘ra, retsessiya kamida 2 chorak davom etadi.
Ko‘pchilik iqtisodchilar bugungi kunda koronavirusning salbiy iqtisodiy oqibatlarini bartaraf etishda joriy qilinayotgan chora-tadbirlar va moliyaviy stimullarni yetarli emas deb hisoblaydilar.
O‘zbekiston o‘zining mustaqil taraqqiyoti davrida qisqa muddatli spekulyativ kreditlardan voz kechib, chet el investitsiyalarini uzoq muddatli va imtiyozli foiz stavkalari bo‘yicha jalb etish tamoyiliga doimo amal qilib kelmoqda.
Shuni ham qayd etishni istardimki, qarzni o‘z vaqtida qaytara olishga qat’iy ishonchimiz va kafolatimiz bo‘lmagan paytlarda muayyan loyihalarni kreditlash bo‘yicha ayrim takliflardan voz kechgan holatlarimiz ham bo‘ldi.
Tijorat banklarimizning tashqi majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlarining holati va hajmi masalasi bo‘yicha so‘z yuritganda hech qanday xavotirga o‘rin yo‘q. Bu ham respublikamiz bank tizimi jahon moliyaviy inqirozining salbiy ta’siri va oqibatlaridan ishonchli tarzda himoyalanganini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston o‘zining ishonchli va to‘lov qobiliyatiga ega hamkor ekanini, mamlakatimizda chet el sarmoyasini jalb etish bo‘yicha har tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratilganini amalda isbotlamoqda.
Jahon iqtisodiyotida kutilayotgan retsessiya global iqtisodiy inqirozga olib keladimi yoki yo‘q, degan masalada ekspertlar fikri ikkiga bo‘lindi: ularning bir qismi dunyo bo‘ylab misli ko‘rilmagan ko‘lamda korxonalar faoliyatining vaqtincha to‘xtatilishi va yuqori darajadagi qarzlar miqdori moliyaviy inqirozga sezilarli turtki bo‘lishini taxmin qilishsa, boshqalari faol joriy qilinayotgan chora-tadbirlar va moliyaviy stimullar bunday global inqirozning oldini olishini ta’kidlashgan.
AQShda, oxirgi 4 hafta ichida, 14.47% ishi bor odamlar ishsiz qolishdi.
Aksariyat ekspertlarning fikriga ko‘ra, bu masalada joriy qilinayotgan iqtisodiy stimullarning samaradorligi va pandemiyaning davomiyligi asosiy omillar bo‘lib qoladi.
XULOSA
Ўз навбатида қишлоқ хўжалиги, хизмат кўрсатиш, қурилиш соҳасига инвестицияларнинг киритилиши истиқболдаги иқтисодий ўсиш сабабчиси бўлиши мумкин.
Ҳар биримиз вазиятнинг мураккаб эканини англаган ҳолда, карантиннинг чекловчи чораларини олиб ташланишини тезлаштиришимиз, иқтисодиёт ва ҳаётнинг барча соҳаларини нормал изга тушиб кетишига кўмак беришимиз мумкин. Бунинг учун шифокорларнинг тавсияларига амал қилишимиз шарт. Бу чоралар бошқа мамлакатларда ижобий самара берди ва Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилоти (ЖССТ) томонидан тавсия қилинган.